Yigirma bir kunlik ijodiy ish

Yigirma bir kunlik ijodiy ish

Maftuna Umrzoqova

Birinchi kun: "Gunoh—birinchi isming, ayol" (1-qism) https://telegra.ph/Gunoh-birinchi-isming-ayol-04-09

Ikkinchi kun: "Gunoh—birinchi isming, ayol" (2-qism) https://telegra.ph/Gunoh-birinchi-ismingayol-04-11

Uchinchi kun: "Yahudiy qizi" https://telegra.ph/YA%D2%B3udij-%D2%9Bizi-04-12

To'rtinchi kun: "Gunoh—birinchi isming, ayol" (3-qism) https://telegra.ph/Gunohbirinchi-isming-ayol-04-13

Beshinchi kun: "Hech narsa" (1-qism) https://telegra.ph/%D2%B2ech-narsa-04-14-2

Oltinchi kun: "Gunoh—birinchi isming, ayol" (4-qism) https://telegra.ph/Gunoh-birinchi-isming-ayol-04-15

Yettinchi kun: "Gunoh—birinchi isming, ayol" (yakun) https://telegra.ph/Gunohbirinchi-isming-ayol-04-16

Sakkizinchi kun: "Hech narsa" (2-qism) https://telegra.ph/%D2%B2ech-narsa-04-17

To'qqizinchi kun: "Kichkina" https://telegra.ph/Kichkina-04-18-2

O'ninchi kun: " Tush"

https://telegra.ph/Tush-04-19

O'n birinchi kun: "Oqilona qaror" https://telegra.ph/O%D2%9Bilona-%D2%9Baror-04-20

O'n ikkinchi kun:

Эрк, минг йилки сени кўрмадим.

Улар баландда, мен пастда эдим,

Ҳаммадан пастда яшадим.

Нафақат яшадим, кўриб турардим:

Баланддагилар илдизи чиришин.


Эрк, бош қўяман бунда елканга,

Биз кўришдик минг йил деганда.

Чарлоқ қушдек,

Толган қанотим йиғиб,

Тиззанга узанай ўзни бўш қўйиб,

Нозик либос ичида яширин

Кучли елкамни силаб,

Шамол эпкинига,

Сувнинг шитирига,

Жўр бўлиб, аллала мени.


Йўқ. Минг йиллик уйқу бездирди.

Эрк, яхшиси, қанот бер менга.

Шамолда чайқалган баҳордек,

Поёнсиз кенгликлар аро,

Гул битмас бу маъвода,

Сув сатҳи бўйлаб,

Ҳали куйланмаган навода,

Учқур оҳанг қанотида,

Парвоз қилай чархин ҳавода.

Чарлоқ бўлолмасам, денгизнинг ўзи бўламан.

Қўлларингни тут мавжимга менинг,

Ҳарир пардадай товланиб турай,

Токи ифлос қўлларила тегинмас ҳеч ким.

Шундай бўй таратай, боши айлансин.

Эрк, фақат тарк этма.

Умр бўйи қизилда бўлдим.

Мовий бўлай, суқланиб ўтсин.

Минг йилдирки, эзиб ўтарлар.

Энди қутириб, тошиб турай,

Назар ташлашга-да қўрқиб ўтсинлар.

Умр бўйи кишанда бўлдим,

Оёқларим билан тўлқин яратай.

Минг йил олдингидай,

Ожизага бўйсунишсинлар!


O'n uchinchi kun:

                Ehtimol

                 (Dialog)

—Nega o'zingni osmoqchisan? Axir bu gunoh!

—Xudo meni kechirar,

Va buni dalil yo'qligi uchungina qilar.

Men yomon emasman,

Baxtsizdirman, ehtimol

—...

—Jimsan?

—Sen shunchaki aqldan ozganlar orasida aqldan ozding.

—Qo'yaver, ruhim abadiy yashashini bilishmas, ehtimol

—Qulog'imga nimadur eshtilyabti?

—Bu mening ovozi yo'q qichqiriqlarim

O'lishni sog'indim,

Shartta bo'g'zimdan so'yishsa,

Odatda tunlari yig'lardim, keyin kunduzlari ham...

Ehtimol, bu mening ibodatimdir?

Ko'ngilxushliklardan yig'lay boshladim.

—Yana Jahannamdan zavqlanasan.

—Bilasanmi,

Xudo g'alaba qozonmaydi.

Unga buning keragi ham yo'q.

—Unga ishonmaysanmi?

—Ishonch —ishonchsizlik.

O'zingda ishonch yo'qligi ma'lum bo'ldi.

Bir kuni Xudo seni kechirar,

Buni dalil yo'qligi uchungina qilar, ehtimol.

—Kel, Xudo haqida gaplashamiz.

— Ko'zga ko'rinmaydigan Xudo

Va ko'rinadigan itlar haqidami?

—Ehtimol, o'zini yashirishni yaxshi ko'rar U.

—Xudo bizni inson bo'lib tug'ulganimizga qanchalik pushmon qilsa,

Itlarni hayvon bo'lganligiga shunchalik pushmon qilamiz.

—Xudoga Xudo, insonga inson va itga itga bo'ladigan munosabat qilishimiz uqtirilgan.

—O'zini o'zi ozuqlantiradigan yolg'onlar bu.

Xudo bizga qanchalik hukmron bo'lsa,

Odamzod ham itlar ustidan shunchalik hukmron.

—Demak, inson ko'rinmas Xudo va ko'rinadigan it o'rtasidagi vositadan boshqasi emas.

Ko'tarib turaman,arqonga bo'yningni sol,

Keyin, qo'yib yuboraman.

Ehtimol, endiyam U bizni kechirar.

Va buni dalil yo'qligi uchungina qilar, ehtimol...


O'n to'rtinchi kun: "Merlin Monro bilan vidolashuv" (esse, 1-qism)

https://telegra.ph/Merlin-Monro-bilan-vidolashuv-04-23

O'n beshinchi kun: Merlin Monro bilan vidolashuv" (esse,2-qism)

https://telegra.ph/Merlin-Monro-bilan-vidolashuv-04-24

O'n oltinchi kun: "Merlin Monro bilan vidolashuv" (esse,3-qism)

https://telegra.ph/Merlin-Monro-bilan-vidolashuv-04-25

O'n yettinchi kun: "Yana tush" "https://telegra.ph/Yana-tush-04-26

O'n sakkizinchi kun:

O'n yetti kun. Bugun o'n sakkiz.

Mendan bugun nima kutdingiz?

Dunyoni buzuvchi g'oyalar?

Yo yupanch, yolg'onlar?

O'ylamang, kutmang,

Yangilik yo'q menda.

Zotan, o'qiyotgan kitobim — o'qilgan.

O'ylayotgan o'ylar —o'ylangan.

Yozmoqchi,

Aytmoqchi bo'lgan so'zlar...

Boshqalar tomonidan aytilgan.

Aytib bo'lingan, allaqachonlar.


Men yurayotgan yo'l

Sharq, Shimol... to'rt tomon

Yurib o'tilgan.

Yangilik yo'q bunda

Tutumlar, udumlar hammasi eski.

Xuddi qotib qolgan qununiyatdek,

Eskidan eski, soxtadan soxta!

Muayyan qolip, chegaralar

Qon-qoningizga bo'lgan umixta.

Axir eskilikdan chiqolmaysiz,

Lekin yangilik kutasiz doim.

Yangilik kerakmi, eskilar?

Faqat bitta yangilik bor menda:

Ichimda qancha ko'p "men"lar bo'lsa,

Shuncha ko'p boshqalar bor menda.


O'n to'qqizinchi kun:


Sarobni quchgandek shamolni quchib,

Sukutga botgan so'qmoqlar bo'ylab,

Jonsiz va tim qora sochlarim o'ynab,

Odimlab borarman mangu yo'qlikka.

Azizim, sen o'sha silamay qo'ygan

Uzun sochim og'riydi bot-bot.


Butalar orasi yoki jarlikdan

Shovqin kelar allaqayerdan.

Bilaman, qurbonlik chorlovdir bu.

Og'rinma, o'z vaqtida yetib boraman.

Azizim, qabilam deb o'zni qurbon qilaman.

Chunki men ayolman sochlari uzun.


Manzilga yetdim.

Hamma narsa shay,

Sochlarimni terim bilan  shilib olgani.

Seningcha, sochimda sehr yashirin,

Qo'rqasanki, ishlataman joning olgani.

Aslidachi, matriarxatning alami qolgan.

Qo'rqma. O'lik sochlar raqsga tushmagay*

Azizim, qabilam deb o'zni qurbon qilaman,

Chunki men ayolman sochlari uzun.


Esimda, avval qo'g'irchoqlarim

Zo'rlik bilan olib qo'yishdi.

Inday olmadim.

Keyin baxtimni, vaqtimni

Sochlarim va umrimni olishdi ular.

Tushundimki,  qo'g'irchoq bilan

Xohishlarimni berib yubordim.

Azizim, qabilam deb o'zni qurbon qilaman,

Chunki men ayolman sochlari uzun.


Sochlarimni daraxt shoxlariga bog'layman,

Qavmimdagilar qismatin unutmasin deb.

Men million yilki qotilimni tug'ub kelyabman,

Qurbonliklar to'xtamasin deb.

Azizim, qabilam deb o'zni qurbon qilaman,

Chunki men ayolman sochlari uzun.


*Halina Posvyatovsky satri


Yigirmanchi kun: "Maktub"

https://telegra.ph/Maktub-04-29-13

Yigirma birinchi kun: "Muhtaram Muttahamlar" https://telegra.ph/Muhtaram-Muttahamlar-04-30

Yoqimli mutolaa!


Report Page