Gunoh—birinchi isming, ayol!

Gunoh—birinchi isming, ayol!

Maftuna Umrzoqova

Odam Yeva bilan Adan darvozasidan chiqarkan, yelkasi uzra ortiga boqdi.

—Qanday go'zal, qanday maftunkor lahzalarni o'tkazmadim bu mahobatli olamda! Ha, nafaqat shonli hukmronlik, yetarlicha cheklovlarni ham boshimdan o'tkazdim. Birgiga sen uchun, — deb Havoga yuzlandi, —menga qadrli bo'lgan bir talay xotiralarni tashlab ketyabman.

Shom payti Shimoliy o'rmonda barcha narsalar miskin qizil ranga bo'yalganday ko'rinardi. Odam va Havo u yer bu yerda qad ko'targan yo'llarni ortda qoldirib, tor ilon izi yo'lidan ketib borishardi. Nihoyat, ular yerdagi so'lim go'shalardan birida qo'nim topdi.

Bundan xabar topgan Lilit ularning Adandan quvulishida Samoilning qo'li borligini sezdi. 

— Xo'sh, iblis, axiri niyatinga erishdingmi? Buni qanday uddalading? 

—Nimani nazarda tutayotganingni bilmayabman, — dedi Samoil o'smoqchilanib,— ochiqroq gapir.

— Ular yerda, —dedi Lilit iblisga yaqinlashib.

— Ha, bu mening sharofatim bilan amalga oshdi. Ilon qiyofasiga kirib,o'zimni sen deb tanishtirdim. Xurmo mevasidan yeyishga uni men undadim.— Bu gaplarni eshitgan Lilit Samoilning yuziga tarsaki tortib, Odamni qidirgani ketdi.

Odam va Havo birgalashib tegirmon qurishgan va ularning allaqachon shirin farzandi dunyoga kelgandi. 

Tegirmon charxlari orasida tun izg'irdi. Go'yo tim qora zulmat, oppoq un zarrachalari raqqosa chivinlar-u, bir-biriga suyanib, to‘p bo‘lib turgan qop uyumlari yirtqich ajdar misol yutib yuborganday. 

Lilit manzilga yetganida yarim tun bo'lgan, oy to'lgan, son-sanoqsiz xira, yorqin yulduzlar esa, jam bo'lib osmon yuzini qoplagandi. U ichkariga kirishga qaror qildi. Tegirmoning eshik tutqichi nam. Undagi shudring tomchilari Lilitning qo‘liga ko‘chdi. Tegirmon eshigi qulflab qo‘yilgan ekan. Shunda Lilit bir sakrab ilonga evrildi va kichik tirqishdan ichkariga sudraldi. Burchakdagi xonadan chaqaloq yig'isi eshitildi. Lilit o'ylab o'tirmay o'sha xonaga yo'naldi. Bola qattiq yig'lasa ham, undan sal narida yotgan Havo ha deganda uyg'onavermadi. Eshikka behol suyanib turgan Lilit belanchak yoniga bordi. Bolani qo'liga olib, yuz-ko'zidan o'pdi. Chaqaloq birpasda ko'ndi, xatto Lilitga tabassum ham hadiya qildi. 

Havo uyqudan sarxush yumuq ko‘zlarini ochib esnarkan, bolasining yonida noma'lum ayolni ko'rdi-yu, ilon chaqqanday o'rnidan sapchib turdi.

Havo oqish-sarg'ish sochi yelkasiga yoyilib tushgan, balad bo'yli, qotma, yelkalari keng, baquvvat gavdali ayol. Ovozi kuchli, dadil. Talaffuzi Lilitnikidan farq qilardi.

—Kimsan? Bolamga nima qilding? — Qo'rquvdan bo'lsa kerak baqirib yubordi Havo. Uning ovozidan Odam ham uyg'onib, yuzini bir ishqalab, ne ko'z bilan ko'rsinki, qarshisida Lilit turardi.

—Niyatim yomon emas. Men sizlardan kechirim so'rashga keldim. O'sha kun Adanda..,—biroz o'ylanib qolib,—ha mayli, endi buning ahamiyati yo'q. Bolangiz ajoyib, u menga kuldi. Ishongim kelmaydi. 

Odam ham, Havo ham Lilit Yaratgan tomonidan qanday la'natlanganiligini yaxshi bilardi, shuning uchun uning shu lahzadagi jijja quvonchini tortib olishmadi. Shunchaki jim tinglashdi.

— Odam, Havo, ancha oldin farishtalarga insoning farzandlariga ziyon yetkazmayman, homiladir ayollarga homiylik qilaman deb Alloh nomi bilan qasam ichganman. Xovotir bo'lmang,—dedi-yu, yana bir sakrab ilonga evrildi va o'sha tirqishdan chiqib ketdi.

Shundan beri Lilit har oy to'lganda bolalar yotgan xonalariga tashrif buyuradi. Maqsadi esa, kundoshining bolalariga zarar etkazish emas, balki chaqaloqlarni quchoqlashdir. Onalik quvonchidan mahrum bo'lgan bu ma'suma ko'kragidan sut chiqmasa-da, bolalar og'ziga solib ko'radi, ular bilan uyqusida o'ynaydi. Agar bola yangi oy kechasida jilmayib qo'ysa, bu Lilit u bilan o'ynayotganining belgisi bo'ladi.

                              *  * * * *

Oyoq-qo'lim shalvirab uyga kirmoqchi bo'lganimda eshik tagida qandaydir qog'oz yotardi. Oradan ko'p o'tmay o'tmishdagi xotiralarning davomidek erimdan xat kelgandi. Kimdir cho'ntagida uzoq vaqt olib yurgandek xatjild g'ijimlanib ketgandi. Ha, meni rasmiy erim bor edi. Lekin anchadan beri birga yashamasdik. Ajralishimizga sabab — u eng yaqin dugonam bilan yashirin ishqiy aloqa o'rnatib olganligi edi. Men uni ortiqcha oh-vohlarsiz tushundim va o'zimdan shunchaki qo'yib yubordim. 

Xatni ochganimda xatda shunday yozilgandi: " Ayb o'zingda edi. Mayli, men seni kechirdim. Kel, barchasini qayta boshlaymiz" 

Bir tukim o'zarmay xatni stolga qo'ydim. Joyimga yotib, chiroqni o'chirganimda ziyo zulmat bag'rida erib ketdi...

Tamom!

To'liq o'qish uchun qismlar havolasi pastda.

1-qusm: https://telegra.ph/Gunoh-birinchi-isming-ayol-04-09

2-qism: https://telegra.ph/Gunoh-birinchi-ismingayol-04-11

3-qism: https://telegra.ph/Gunohbirinchi-isming-ayol-04-13

4-qism: https://telegra.ph/Gunoh-birinchi-isming-ayol-04-15

5-qism: yuqorida.

Report Page