Gunoh—birinchi isming, ayol!

Gunoh—birinchi isming, ayol!

Maftuna Umrzoqova

Ko'zyoshlarimni artgani sumkamdan ro'molcha qidirayotib, kechagi topshirilmay qolgan xatni topib oldim. Yo'l boshida bosh hisobchimizning yoniga kirdim. Majlisdan qaytmagan ekan, xonasida kutib turdim. Uning stoli ustida bevat olamdan o'tgan yoshgina qizchasi surati. O'tgan yili o'lgandi. Uning o'limidan so'ng onasi yig'lamadi, ortiqcha tushkunlikga tushmadi. O'lim haqiqatini fan olib, hayotda davom etdi. Ko'pchilik bundan achchiqlandi, ota bo'lsa ham mayli, ona shunchalik beparvk bo'lishi mumkinmi deb g'iybat qila boshlashdi. Shunday bo'lsa-da, men uchun u risoladagidek ayol, yaxshi insonligicha qoldi. Risoladagidek so'zini siz qanday tushunasiz? Masalan,men bu so'z shunchaki "meyor"ni ifodalaydi deb bilaman. Biroz o'tib u kirib keldi.

—Ikkimiz uchun ham afsusdaman, — dedi yelkamni qoqib qo'yib.

—Nega ikkimiz uchun?

—Meni ham ishdan olishdi. Jamiatdagi ishsizlar soni rasman ikitaga ko'paydi.—Hamma narsani tabiiy qabul qiladigan ayol bu safar ham og'ir-bosiq bo'lib vaziyatga baho berardi.

—Bizning aybimiz nima? Sidqisildan ishlaganimizmi? Yoki yoqimtoy derektorni ko'nglini olmaganimdami?

—Aybimiz mag'rurligimizda. Azaldan ayollar shu vajdan ko'p qiyinchiliklarga duchor bo'lgan. Hamma narsaga ko'nuvchan,hokisor ayollar qiynalmaganmi deyishing mumkin.Ular ham qiynalishgan,kerak bo'lsa bizlardan ming chandon qiynalishgan. Lekin ular mozayxistlar, mana shu azoblardan rohat topishadi. Farzandimdan ayrilganda siqilmadim deb o'ylashadi. Lekin dafn kuni mening oh-vohim qizimga aloqodor bo'lmaganlar shovqini bilan aralashib ketdi. Bu daqiqalar men uchun juda qiyin kechdi: meni o'z kuchsizligimdan azob chekishga majbur qilishdi.

Uyimdagi to'rt devorning beshinchisi bo'lishni hoxlaganim uchun uygamas, to'g'ri sportzalga bordim. Bu alamimdan chiqishni yo'liday tuyuldi, yo'qsa kimnidir "g'ijimlab" qo'yishim mumkin. Boks qopini shu darajada tezlik bilan urardim. Og‘zim qurib ketdi, badanimdagi barcha suyuqlik achchiq ter bo'lib quyulardi. Sharbat olish uchun oshxonaga borganimda o'sha "porm" o'tirardi.La'nati,taqdir deganidan to'rt oyoqlab qochsang ham qutulolmas ekansan.

                          * * * * *

Lilit Adan darvozasidan shahdam qadamlar bilan manglikga yo'l oldi. Ortiga bir dam ogirilmadi, to'xtamadi. Xatatarli yo'llardan o'tdi, havo salqinlash. Ortidan kimdir ra'qib qilayotganday bo'lganida yurak urushi tezlashib ketardi. Tumanli yo'ldan o'tib, nihoyat, o'zgacha yurtga yetdi. Tong oqargan osmonni qizil rangga bo'yab uyg'ondi. Adandagidan uncha farq qilmaydigan gullardan yoqimli hidlar to'kilardi. U keng cho'zilgan yaylovlar, baland tog'larni ko'rdi. Uzoq-ozoqlarda nuqtadek orollarni, barglari noma'lum baland daraxtlar ko'z yugurtib chiqdi. Endi Lilit dengiz tomon yo'l oldi, yetganida esa qumli qirg'og'larga tovonini birin ketin botirib to'lqinlarga yaqinkashdi-yu bor ovozi bilan qichqirdi: 

—Nihoyat, ozodman! —U qirg'oqda raqsga tushdi, noyob chig'anoqlar va qimmatbaho toshlarni terib yurganida uchta farishta paydo bo'ldi. Ulardan biri:

—Yaratguvchi seni kechirdi. Adanga Odamning yoniga qaytishing buyurildi.

—Odam nega kelmadi? —Dedim gina bilan.

—Adandagi hukmronligini davom ettirish uchun.

—Unda davom ettiraversin, men hech qayerga ketmayman.

 Ulardan yana biri meni qo'limdan ushlab, sheriklariga qarata,

 —Kelinglar, agar u biz bilan kelitga rozi bo'lsa, dengizni cho'ktiramiz , —dedi. Uchinchi farishda esa, 

—Yaratguvchi Lilitni kechirdi, Adanga qaytishga ruxsat berdi. Biz kim bo'libmiz unga ozor yetkazsak? —Dedi-da sherigining qo'llarini mendan olishni buyurdi. So'zida davom etib: —Lilit, sen bormasang, Odamga yangi ayol yaratiladi. Ularning zuriyodlari bo'ladi. Sen bir narsaga va'da berishing kerak. Tug'ulajak bolalarga ziyon yetkazmaysan. Homilador ayolga homiylik qilasan. Buni qanday qabul qilsang shu manoga ega bo'ladi, hox qarg'ish, hox in'om. Lilit buning unga qizig'i yo'qligini aytdi. Lekin farishtalar Xudoning nomiga qasam ichishini talab qilishdi. Lilit qasam ichdi. Farishdalar Adanga ko'tarilib ketishdi.

Oradan oylar o'tdi. Bu vaqt oralig'ida yerdagi jamiyki narsalar bilan tanishdi. Rohat olish mumkin bo'lgan barcha narsani sinab ko'rdi. Lekin u bir narsa: insoni mayda bo'laklarga bo'lib yuborishga qodir bo'lgan yolg'izlikdan azob cheka boshladi.Bu azoblar bora-bora tog'dek yuksalib ketaverdi. Shunday rangsiz kunlarning birida Odamning chap qovurg'asidan Yeva yaralganligini eshitdi-yu, ko'zlari yoshlangancha yuqoriga qarab yig'lab yubordi. 

—Mana, Lilit, sen yerning buyuk qirolichasiga aylanding! Qara, tojing naqadar go'zal! Ammo sening yolg'izliging hatto murdalarning xasadini keltiradigan darajaga yetdi! — Deb yig'ida davom etdi. Uning ko'zlari ich-ichiga botib ketgan, so'nayotga cho'qqa o'xshardi.

Davomi bor...

Report Page