Gunoh— birinchi isming,ayol!

Gunoh— birinchi isming,ayol!

MMaftuna Umrzoqova

Uyga qaytishda oziq-ovqat do'koniga borishni unutibman. G'alati-a, ishda mendan talab qilinadigan hamma narsani eslayman, lekin non, sut sotib olish kabi asosiy narsalarni unutaman. Yana kiyinib, baland binoning zinalaridan tushishib, tunu-kun ishlaydigan supermarketga borgim kelmasdi. Shunday qilib, Xudo bergan narsalar bilan qorin to'yg'azishdan boshqa ilojim qolmadi. Muzlatgichda bir parcha pishloq, muddati o'tgan qatiq turardi. 

Men tongni yaxshi ko'raman. Ehtimol, boshqalar tong birinchi raqamli dushman deb bilar, lekin menga emas. Men saharhezman, erta turaman va bu men uchun oson va muammosiz odat. Har tong "hammom-oshxona-hammom-yotoqxona" marosimini bajaraman. Choynagim choy ichish vaqti keldi deb hushtak chaldi. 

Bugun majlisda bo'limlarda jamoa almashinuviga rejasi ko'rib chiqiladi. Lekin mening do'stlarimdan hech qaysi uning soat nechida bo'lishini bilishmaydi. Kotiba ham qo'ng'iroq qilmadi, qiziq.

Sumkamdan telefonimni topa olmadim. Rosa qidirganimdan keyin uni ish stolimning tortmasida qoldirganimni angladim, odatda uni ish vaqtida ishlatardim. Ha, men uni yo'qligini bilmagunimcha unga bo'lgan ehtiyojni ham sezmagandim, lekin men o'ylaganim hamonoq darhol kerakday bo'laveradi. 

 Nima uchun avvalgi jamoalarni sochib, o'zgartirish kerakligini tushunmayabman. Menimcha, rahbariyat hodimlar ikki qutubga bo'linib, ishdan ko'ra o'z pozitsiyalarni himoyasiga berilib ketishidan tashvishda. Aslida esa korxona budjetidan ma'lum miqdordagi pulni o'zlashtirib olgani haqida idora atrofida mish-mishlar tarqalganida edi. Lekin bizning davrimizda kim o'g'irlamaydi? Agar qarasangiz, hamma o'g'irlayabdi. Masalan,yonimdagi xodima uyiga ishxonadagi choy paketlari, shisha mineral suv va bo'sh qog'ozlarni ham olib ketadi. Yosh bolachaning berkinmachoq o'ynashini kuzatganmisiz?Shunchaki ko'zini berkitadi va shu bilan ko'rinmauabman deb o'ylaydi. O'g'irlovchilar ham ularga o'xshashadi.

Shu kayfiyatda ishga bordim. Ofis suv quygandek jim-jit. Ha Lilit, ishga hammadan bir soat oldin kelsang shovqin qayerdan ham kelardi. Stolim ustida bir dona atrgul turardi. 

                             * * * * *

Lilit Jannatning janubiy davrozasiga yetgannda uning yonida farishta chiqdi. Ular bu yerda Adanning chegaralarini qo'riqlab turardi. Farishtadan mayin ifor ufurib turar, Lilit esa uning shunchalik musaffo chehrasiga qarashgada jur'at eta olmadi. Ayol ketayotganligi uchun uning ko'zlari g'amgin, so'zlari tanbeh ohangida edi. 

—Lilit, bu yerdan ketma. Toki bu darvozalar sen uchun abadiy to'sib qo'yilmasin. G'azab va mag'rurlik bilan qaror qabul qilma. Odam bilan qol. Hammasi Robbimiz tomonidan oldindan belgilab qo'yilgan. Bu baland tog'lar ortida seni nimalar kutayotganini, orzular ortida og'riqlar yashiringanini bilmaysan. Sevgi esa inson hayotining eng muqaddas toji. 

—Tunda, togning narigi tomonida bir kuyni eshitdim. Shunday shirin, shundayin tengsiz edi. U yerda ozod, quvnoq qushlar baland notalarda erk haqida kuylashardi, —deb darvozaning nargi tomoniga ishora qildi. — Dengiz bo'yida tun bo'yi yig'ladim. Odam alaihissalom meni tushunmaydi. Ey, tiniq ovozi shafqatsiz jaranglayotgan gunohsiz jon, loqal siz tushunyabsizmi?

— Tish-sh-sh! Tingla. Lilit, ro'yoga ergashyabsan. Senda ilohiy imtiyoz bor. Tashqaridagi bo'ron yoki g'alayonlar haqida o'ylamayabsan. Ayt, yana qaysi mavjudodtning zaboni bor? Qaysi mavjudotda senga berilgan ong bor? Oh, Lilit, o'zinga berilgan in'omlaringni emas, berilmaganlari haqida ko'proq o'ylayabsan,—Farishta hamon bu erkga bo'lgan sevgi emas, qarzga olingan kiyimdagi "tejamkorlik" ayolni aldayotganini tushuntirolmay xunob edi. Farishta ayolning yelkalaridan tutib, davom etdi: —Sevgi ochiq qo'l bilan tekin ne'mat beradi va berganini darhol unutadi. Devorlar ortida bu erda yashamaydigan baxt yashaydi deb o'ylaysanmi? Yolg'on dunyoga o'z baxting va tinchligingni ayrboshlayotganingni unutma. Tashqi dunyo senga hech qanday mukofot bermaydi. Ko'k fazoda porlayotgan har bir shar o'z orbitasi — o'ziga belgilangan joyda turibdi. Agar ulardan bittasi gʻoyib boʻlsa muvozanat buzuladi.

Shunga qaramay Lilit fikridan qaytmadi.

— Avvaliga hammasi yaxshiday edi. Lekin Odam Ato borgan sari sovuq va qo'pol bo'la boshladi. Meni kunlarcha yolg'iz qoldiradigan bo'ldi. Adanda mendan boshqa ayol bormi? Xudoning bizga ajratgan bog'ida oyog'im tikonga to'lib yolg'iz ishladim. — Shunga qaramay, — deb davom qildi Lilit, — hammasiga sabr qildim. Bu yerda birgalikda hukmronlik qilishimiz va boshqalarga ham teng munosabatda bo'lshimiz buyurilgan edi. Lekin Odam erman deb o'ziga bino qo'ydi. Men hech yolg'iz hukmronlikga intildimmi?Yo'q, bu kelishuvni buzuvchi Odam Atodir. Shunday ekan, yo'limni to'smang, —shunday dedi-yu, uzoq-uzoqlarga qarab xo'rsinib qo'ydi. 

—Lilit, davrlar o'tadi, eski sayyoralar so'nib, yangilari yaraladi. Hamma narsa aylanib takrorlanaveradi. Lekin sen Adan bog'iga hech qachon qaytmaysan. Bu yerni istamagan hech bir jon majburan ushlab turilmaydi, —deb qo'llarini yam-yashil darvozaga "ochil" ishorasi bilan sekin silkitdi. Shunday qilib Lilit jannatni abadiy tark etdi.

                              * * * * *

Ichimdan sevinib ketdim. Lekin emotsiamni yashirishga urunib atrofda odam bor-yo'qligiga ishonch hosil qilish uchun o'girildim. Oyoq tovushlari eshitildi. Tezda gulni joyiga qo'ydim. Muyulishdan qo'lida ikki qahva ko'targanchs bosh derektor ko'rindi. 

—Bu jihoz o'rnatilganiga ancha bo'lganmi?—Deb qahvalardan birini uzatdi. —Yo'q, yaqinda qo'yishgandi. Ammo juda muammosi ko'p texnika ekan, —qayvadan ho'plab, —Undan faqat birinchi kuni qahva ololdim. Qolgan vaqtlar mashina pulni olib, qahvani bermadi, yoki stakansiz kofe quyib yubordi. Shundan beri bu jin urgurdan foydalanmayman. 

—U yaxshi ishlayabdi, shunchaki keraksiz joylarini buraganingiz uchun jahlini ko'rsatmoqchi bo'lgan, — deb jilmayib qo'ydi. Bir qo'lda stolga suyanib, ikkinchi qo'lini cho'ntagiga solib turardi. 

—Kechagi kuni unuting. Men behosdan... 

—Nega unutar ekanman. Sizni kechirishim uchun taklifimni qabul qilishingiz kerak.—U nima istayotganini tushunish uchun imo-ishora qilib, —bugun birga tushlik qilsak? 

Yonimda ishlaydigan hamkasb dugonam kelib qoldi. Bugun ham eridan kaltak yegani ishga erta kelganidan ma'lum edi. Derektor yaqinda almashgani uchun yonimdagi odamni hali tanimasdi. Boshliq esa,

—Unda tushlikda ko'rishamiz. 

—Yo'q, ko'rishmaymiz— keskin javob qaytardim. U esa achiqlandi shekilli lom-lum demay yuqoriga —xonasiga qarab ketdi.

— Kim bu porim?— Dedi dugonam zaharli ovozda. Bu qo'rslik xasaddanmi yoki uyidagi asabbuzarlikdanmi ochig'i tushunmadim.

— Yangi derektor.

—Nima? Ko'zlarimga ishonmayman, kelganiga uch kun bo'lmay "aylantirib" oldingmi?

Atrofimdagi odamkarning yolg'on va yaramaslik,betamizlik va tutruqsizliklariga e'tibor beravermaslikga o'rganganim uchun uning ham gaplarini eshitmaganlikga oldim.

O'nda majlislar zaliga yig'ildik. Maslisdan maqsad yangi derektor bilan tanishish va yuqorida aytg'nimdek kimlarnidir kompaniyadan "chopish". 

Hamma yig'ilgan. Kattalarni kutib o'tirardik.Eshik ochilib xonaga yorug'lik va toza havo yugurdi. Boshliq g'urbatzada qiyofada kirib keldi. Ishdan haydaladigan odamlar ro'yxati o'qildi.Ularning birinchisida men turardim.

O'sha vaqtda meni ahvolimni tasavur qilib bo'lmasdi. Axir bu ish meni bor-yo'g'im edi. 

O'zimni tutib oldim va hamkasblarim oldida yanada ko'proq kulgiga aylanib qolmaslik uchun arizani majlisni o'zida yozib berdim. Ehtimol shuning uchun mag'rur odamlar aqliy og'ishga moil bo'lishar. Iloji boricha zaldagi boshqa ishchilarni yuzimni berkitgancha aylanib o'tdim. Liftga kirdim. Eshik yopildi va men endi bemalol yig'lab olishim mumkin.

Davomi bor...

Report Page