Merlin Monro bilan vidolashuv

Merlin Monro bilan vidolashuv

Maftuna Umrzoqova

Norma Jean xotirasiga bag'ishlanadi.

(Esse)


Shu qadar o'z xayollarimga bеrilib kеtibmanki, yo'lda borayotib, bеixtiyor ro'paramdan kеlayotgan bir o'tkinchi bilan to'qnashib kеtdim. Undan uzr so'rarkanman, atrofimga yana kimnidir turtib yubormay deb ziyrakroq nigoh tashladim. Kutilmaganda "Sienna" deb yozib qo'yilgan bino(allaqanday kafemi, studiomi bilmadim) vitrenasida mening kumirim bo'lmish Merlin Monro surati turardi. Uning xipcha bellari, qirmizi rangda yonib turadigan lablari, ko'ylagidan toshib chiqaman deb turgan tarang ko'kraklari har qanday odamni o'z qarshisida bir muddat mixlab qo'yardi. Bu bino nima yoki kimga qarashliligini ahamiyati yo'q, mening bilganim ichkarida unga tegishli nimadir bor edi. Shuning o'zoyoq oyoqlarimni ichkariga odimlashga, qo'llarim iloji boricha tutqichni tezroq ushlashga shoshilardi.

Eshikni ochganimda oq bo'shliqdan boshqasi ko'rinmas, men bu bulutga o'xshash bo'shliqni to ro'paramdan yovvoyi atrgulllarga burkangan mo'jazgina eshik chiqmaguncha bosib o'tdim. Eshikning o'ng tomoniga qoqilgan taxtachadagi yozuvni qizg'ish atrgullar bekitib turardi. Tikonga extiyot bo'lib, bir chetga surdim-da, baland ovozda o'qidim: " Helena Drive ko'chasi, 12305. Missis Merlin Monro uyi." Avvaliga hayratdan dong qotdim, keyin bu shunchaki tushim bo'lsa kerak dedimda, o'ylab o'tirmay ichkariga kirdim.

Merlin yashaydigan uy sirtdan oddiy, dеvorlari oppoq, kamtarona ko'rinishda edi. "L" harfi shaklidagi bir qavatli uy hovlisini kirgandan ko'zga tashlanadigan moviy bassein, manzarali daraxtlar va turli gullar bezab turardi. Uyning ichida esa qimmatbaho yog'ochdan yasalgan stol-stullar, shift ham ularga monand ravishda yog'ochdan edi. Xonalarni did bilan tanlangan antiqa narsalar to'ldirib turardi. Yotoqxona dеvorda esa hajm jihatdan unchalik katta bo'lmagan surat osig'liq turardi. Bu Normaning bolalikdagi surati edi. U bir vaqtlar rejissori o'ziga tanlab bergan va mashxurlikka olib chiqqan Merlin Monro ismidan ko'ra, o'zining asl ismida —Norma Jean deb murojaat qilishlarini yoqtirardi. Yotoqxonaga kiraverishdagi xonaning stoli ustida bеtartib yotgan kitoblar va Merlinning jozibali surati bosh sahifani egallagan turli jurnallar qog'ozlardan sochilib yotardi. U Dostayevskyni sevib o'qishidan tashqari, xona devorida yaxshigina ishlangan Enshteyn portreti ham bor edi. Xonadon sohibasining turmush tarzi-yu, ichki dunyosini shularning o'zidan ham bilib olsa bo'lardi.

Har bir xonani sinchkovlik bilan ko'zdan kechirayotgandim. Kutulmaganda Merlin Monro xonimning o'zlari oshxonadan qo'lida viski ko'tarib chiqib qoldi. Uyga so'ramay kirganimdan o'zimni noqulay sezdim.

— Kechirasiz, eshik ochiq ekan, —deb o'ng'aysizlandim. Ichimda "kechirim so'rashga so'radim, lekin bularning bari tush bo'lsachi?" o'ylardim men.

— Hechqisi yo'q. Kelib xursand qildingiz. Anchadan beri mehmon kutmagandim, —deb "xa-xa" lab kulib yubordi.

Shu vaqtgacha faqat kinolarda ko'rgan suyukli Merlinimning boshqalarnikiga o'xshamaydigan, o'ziga xos kulgulari yodimga tushdi. Uning kulgusida baxt va qayg'u baravar aks etar va bu lahzada uning kayfiyati aslida qandayligini ham bilib bo'lmasdi. 

—Viski yoki vino? —Qo'lidagi viskini yuqoriga bir ko'tarib, —uzr, oshxonamda spirtsiz ichimlik qolmagan. 

— Nailoj, — jilmaydim va qo'shib qo'ydim, —unda viski bo'la qolsin. Xonada o'tiribmiz. Meni idishimga viskini oxirgisini solib, qo'qqisdan, baland ovozda “kimdir viski olib kelsin”, dеb qoldi. Keyin bir dam o'ylanib turib, 

—Aytgancha, yetti oydan beri yolg'iz yashayotganim esimdan chiqibti. Aybga buyurmang, bu hamisha takrorlanib turadigan odatiy hollardan biri.

U nimalardandir gapirgan kishi bo'ldi, gaplari qandaydir tartibsiz, bir-biriga ulanmagan. Buning sababi esa, u yaqindagina bir muddat onasining yonida—ruhiy kasallar shifoxonasida bo'lib qaytgandi. Shunga qaramay xonada o'zaro ishonch va samimiylik hukmron edi. Bunda mеn sira ham hazm qila olmaydigan soxta mulozamatlardan asar ham yo'q edi. Biz uning shu kunlarda suratga olinayotgan “Jentelmenlar sarg'ishlarni afzal ko'radi" filmi xususida suhbatlashayapmiz. Mеning ilk marotaba san'at olamiga qanday kirib kelganligi, rollarni bu darajada qanday mahorat bilan ijro etishi, ularning aktrisa ruhiyatiga ta'siri, rеpеtisiyalardagi qiyinchiliklar haqidagi savollarimga Merlin javob ham bеrmadi. To'satdan, g'aladondan o'zining birinchi albomi aks etgan bir dasta fotosuratlarni chiqarib, go'yo ularni endi ko'rib turganday, bir boshdan sinchiklab qarab chiqdi-da, menga murojaat qildi: 

—Siz mana bu qomatga bir qarang... Yalang'och suratlar. Meni shular mashxur qildi. — Ularni mеnga uzatar ekan, —siz ham bir ko'rib chiqing. Sizningcha, yulduz bo'lishimga shularning o'zi yetardimi? —dеb so'zini tugatdi.

Shu soniyalardan oramizda do'stona rishtalar paydo bo'lganini his etgan holda, uni qaytadan kashf qila boshladim. 

Kutubxonadan o'tib yotoqxonasiga kirdik. Uning yumshoq par to'shagida shiftga qarab yotarkanman, gap boshladim: 

—Sizga o'xshashni istardim: jozibali, millionlab insonlaryuragidan joy olishni istardim. — Pardoz oynasiga qarab o'tirgan Merlin, menga shaxt bilan buruldi. 

—Bilasizmi, — ko'ziga tushib turgan bir tutam sarg'ish sochini ortga tashlab, — Gallivud bu — bir o'pichingiz uchun millionlab dollar beradigan, qalbingiz uchun bir sentni ham qizg'onadigan joy. Siz shunday hayotni tanlagan bo'larmidingiz: uch marta turmishga chiqib, uch marta ishim sabab ajrashdim. Yagona sevgim ham meni tashlab ketdi. —Dedi-yu, yonidagi oynaga qarab, uzoq sukut saqladi. Kim haqida o'ylayotganini yaxshi bilardim. Artur Miller o'z davrining taniqli yozuvchisi Merlining uchunchi va oxirgi eri edi. Merlin uni o'zi quvib solgan bo'lsa ham, Arturni yagona muhabbati deb tan olardi. Vaholanki, Merlining atrofida son-sanoqsiz erkaklar parvona bo'lishardi. —Ikki marotaba ichimdagi go'dakdan voz kechdim, —davom etdi u. —Mana shu go'zallik meni prizident Jon Kenide yotog'igacha olib bordi. —Ko'zlarida jiqqa yosh bilan, —siz shunday qilolasizmi?

Uning ushbu daqiqalardagi fojeali ahvolini tariflab bo'lmasdi. 

Davomi bor...


Report Page