Chang bosgan kitob topib olgan qizcha uni nonushta vaqtida o'qiy boshladi: -"Tollarning ko'm-ko'k popuklari qizlarning mayda o'rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi". Cho'lpon... Ukasi qiziqdi: -Popuk nima, dada? Qizcha ukasi nutqini bo'lib qo'yganidan qoshini bir chimirdi: -Ey, jim tur... - Kokil nima, dada?
Farzandlarining g'alati savollaridan ona toqatsizlandi: -Chalg'imay, ovqatlaninglar, tez! Cho'lpon kim, dadasi?