UCHRASHUV

UCHRASHUV

Adam JEKSON

Yigit mashinasiga yaqinlashgan chog'ida uning yonida qandaydir odam turganini ko'rdi. Bu oq kombinezon va sariq beysbol kepka kiygan keksa xitoylik edi. U past bo'yli, ajin qoplagan yuzi istarali, silliq oq sochli kishi edi; lekin birinchi navbatda yigitning e'tiborini cholning ko'zlari tortdi. Uning chuqur botgan qo'y ko'zlari quvnoq chaqnardi. - Xo'sh, bu yerda nima ro'y berdi? - so'radi u. - Nimani nazarda tutyapsiz? Menga aytishlaricha, kimdir kelishi uchun bir soatcha kutishimga to'g'ri kelarkan, - javob berdi yigit. - Hayot kutilmagan ajoyibotlarga to'la, - dedi tabassum bilan chol. - Xo'sh, qanday tashvishingiz bor? Nima bo'lganini bilmayman, - tushuntirdi yigit. - Yo'lda ketayotganimda to'satdan kapot tagidan dud chiqib, motor o'chib qoldi. - Bo'pti, qani: ko'raylik-chi, - deya chol yenglarini shimarganicha kapotga yaqinlashdi va motorni ko'ra boshladi. Bir necha daqiqadan so'ng u boshini ko'tardi-da, yigitcha tomon o'girilib, yana jilmaydi. - Tashvishlanishning hojati yo'q. Motorni kavlashtirishda davom etib, chol qandaydir kuyni xirgoyi qilardi. - Ko'rinishdan, sizning kuningiz ywshi o'tganga o'xshaydi, - dedi yigit. - Albatta. Mening yoshimga yetganingizda, - dedi qariya, - yer yuzida o'tkazayotgan har bir kun yaxshi bo'ladi. - U boshini yigit tomonga o'girdi. - Agar sizni mening fikrim qiziqtirayotgan bo'lsa, hayot juda qisqa va g'oyat qadrli, uni yoqimsiz hislar uchun sovurish yaramaydi. Insonning o'rtacha umri 76 yilligini bilasizmi? Bu axir bor yo'g'i 3952 hafta! Uning 13 17 haftasi uyquda o'tkaziladi. Bu degani umr kechirish uchun atigi 2635 hafta yoki 63240 soat qoladi! Yoshingiz nechada? - so'radi chol. - O'ttiz uchda. - Demak, basharti omadingiz kelib, o'rtacha umr ko'rsangiz, bu bor-yo'g'i 11 14 haftalik umringiz qolibdi degani! - Qanchalik hayotbaxsh fikr! - dedi yigit istehzosini yashirolmay. - Men shunchaki sizga fursat g'animatligini, uni baxtsizligingizga sarflab zoye o'tkazish kerakmasligini ko'rsatyapman. Hayot yashash uchun mo'ljallangan va har bir kun kurash emas, quvonch keltirishi zarur. U tinimsiz bo'rondagi jangga emas, oftob charaqlagan daladagi sayrga o'xshashi kerak. Yigitning badanidan chumoli o'rmalagandek, sochlari esa tikkaygandek bo'ldi. Bu cholga uning nimalarni his qilayotgani qaydan ma'lum? Eu shunchaki tasodifligiga o'zini ishontirmoqchi bo'ldi. Axir chol uning fikrlarini uqib ololmaydi-ku. 

- Ko'pchlik kishilar baxtsiz bo'lishni afzal kolrishlari meni doimo taajjubga soladi, - dedi chol mashina motori ustida ishini davom ettirarkan. Yigit mashina tomiga suyanib oldi. - Nimani nazarda tutyapsiz? - so'radi u. - Odamlar baxtsizlikni afzal ko'rmaydilar. Hammasi vaziyatlardan kelib chiqadi. Inson bilan nimaiki ro'y bersa, uni baxtli yoki baxtsiz qiladi. - Albatta, ehtimol haqdirsiz. Lekin baxt vaziyatlar bilan belgilansa, nima uchun siz boshingizdan kechirgan tashvish-y quvonchlarga boshqa inson butunlay o'zgacha munosabatda bo'ladi va o'zini tamomila boshqacha sezadi. Bir vaqtlar men ikki kishini tanirdim. Ular har ikkalasi ham bir avtohalokatda talafot ko'rishdi. Biri tushkunlikka berilgan, ikkinchisi g'oyatda hayotsevar edi. - Ularning munosabatlari nima sababdan turlicha edi? - so'radi yigit. - Tushkunlikka berilgani darg'azab bo'lib, doiIno: ((Nima sababdan bu hodisa aynan men bilan ro'y berdi? )) deya so'rasa, hayotsevari esa: ({Omon clolganim uchun Xudoga shukr!)) - derdi. Bu ((Ikki kishi panjara ortidan boqqanda biri balchiqni, ikIcinchisi yulduzlami ko'radi), degan naqlga o'xshaydi. I Iayotingizdagi vaziyatlar qanday bo'lishidan qat'i nazar, o'zingizni baxtli yoki baxtsiz sezishingiz uchun ular qandaydir ta'sir ko'rsatishi mumkinligiga ishonmayman, - davom etdi qariya. - Siz o'zingizni qanday his qilishingiz faqat o'sha vaziyatlar haqidagi fikringiz bilan belgilanadi. Axir qaysi bin baxtliroq - idishi yarmigacha to'ldirilgan deb llisoblayotganimi yoxud yarmigacha bo'sh idishni ko'rayotgan kimsarni? Ha ... Endi hammasi ravshan. [I timos, malol kelmasa, hov anavi gaykali kalitni uzatib yuboring, - dedi u boshini motordan ko'tarmay. 

back|2-Bet|3-Bet|4-Bet|5-Bet|6-Bet|7-Bet|8-Bet|9-Bet|10-Bet|11-Bet|12-Bet|13-Bet|


Report Page