Munosabatlar qavati

 Munosabatlar qavati

Adam jekson

Yigit hayron edi. - Bu qanaqasi? Nima uchun dahshatli majruh bir odam baxtli bo'lishi mumkin-u, shunday katta hokimiyat va boylik egasi bo'lgan boshqa inson baxtsiz? Chol mashinani ta'mirlashni tugatdi-da yigitga yuzlandi. - Baxt - hayotning buyuk tuhfalaridan biri va unga har bir kishi yetishishi mumkin. Tushunyapsizmi, baxtni topmaydilar, uni yaratadilar. Shart-sharoitlardan qat'i nazar, har bir inson o'z baxtini yaratishga qodir. - Lekin baxtni qanday yaratish mumkin? - so'radi yigit. - Insoniyat qonunlarga bo'ysunadi, aniq qonunlar narsa va hodisalarni tabiiy ravishda boshqaradi. Tabiatda hamma narsa - to'lqin tebranishlaridan tortib quyosh chiqishi va botishi-yu fasllar almashinuvi - bularning barchasi shu qonuniyatlarga bo'ysunadi. Ulardan ko'plarini olimlar ixtiro etishdi - yerning tortish qonuni, o'zgaruvchanlik qonuni, magnitizm qonuni. Lekin hali kashf etilmagan qonuniyatlar ham mavjudki, ular orasida baxtli bo'lish qonuni ham bor. - Baxtli bo'lish qonuni? - takror so'radi yigit. - 13u nima? - Bu o'nta doimiy tamoyil. Agar ularga to'liq qilsa qilinsa, baxt yaratishga yordam berishi tayin. l nsoniyat sivilizatsiyasining ming yilliklari davomida kishilar boyliklarga erishishga intilganlari Imis bu qonuniyatlarga mensimay munosabatda Iolldilar va vaqt o'tgan sari, bu qonunlar yoddan chiqdi. Ularga ishonishni davom ettirgan oz miqt lordagi kishilargina bu qonunlardan boxabardirlar. Shu sababli ular endilikda csirlk bo'lib qoldi. 

Ular to'g'risida qanday bilish mumkin? - so'radi yigit. - Bir daqiqa ... hozir tayyor bo'ladi. Mana, bo'ldi ... xuddi yangidek ishlayapti, dedi chol qo'lini lattaga artarkan. - Bu haqda yaqin orada bilib olasiz. Mana, buni oling, - dedi u yigitga bir varaq qog'ozni uzatar ekan. U varaqqa qaradi. Bu o'nta ism va o'nta telefon raqami yozilgan ro'yxatdan iborat qogioz edi. Yigit varaq ortidan biron yozuv topish umidida uni o'girdi, lekin orqa tomoni top-toza edi. - Bu nimasi? Sirlar qani? Ammo yigit boshini ko'targanida chol g'oyib bo'lgandi. - Hoy! - qichqirdi yigit mashinasi atrofini aylanib o'tib. - Qayerdasiz? U atrofga sinchiklab qaradi, lekin chol hech yerda ko'rinmasdi. Shu topda mashinasi yonida ohista to'xtagan ta'mirlovchi yuk mashinasi chiroqlari yigitning ko'zlarini qamashtirdi. Yigit shoshganicha haydovchining eshigi tomon yugurdi. - Voy, jin ursin, siz ... Uning dami ichiga tushib ketdi. Ruldagi kishi chol emasdi. - Nima bo'ldi? - mashinadan chiqayotib so'radi mexanik. - To'xtang, - dedi yigit. - Boyagi chol qani? - Qanaqa chol? Nimalar deyapsiz? - hayron bo'lib so'radi mexanik. - Axir siz mashinangiz buzilganini xabar qilgandingiz-ku, to1- g' rimi? - Ha, lekin bu yerda mashinani tuzatgan bir odam bor edi ... keksa xitoylik. - Qanaqa keksa xitoylik? Keling, yaxshisi stan

back|2-Bet|3-Bet|4-Bet|5-Bet|6-Bet|7-Bet|8-Bet|9-Bet|10-Bet|11-Bet|12-Bet|13-Bet|

Report Page