RULDAGI ODAM  

RULDAGI ODAM  

Adam JEKSON

Hammasi oktabr oyining sovuq va yomg'irli kechasida, u uyga ishdan qaytayotgan chog'ida boshlandi. Soat sakkizlar edi - bu haftada u uchinchi bor xizmatda ushlanib qolishiga to'g'ri keldi. Kun bo'yi osmonni bulut qoplagan va aytish mumkinki, osmonu falak sharros quyib turgan jalani bu yigitcha uyga ravona bo'layotgan chog'iga asrab qo'ygandek edi. Uning xayollari radio boshlovchi bergan savoldan bo'lindi. Savol juda oddiy edit garchi uning javobi yigitni ko'proq qiziqtirsada, bu savolni o'ziga hech qachon bermagan edi. Berilgan savolga butun mamlakat bo'ylab o'tkazilgan so'rovnoma sabab bo'lgandi. Unda har ellik kishidan faqat birigina o'zini baxtli yoki qanoatlangan deya hisoblashi hamda o'ntadan bittasigina atigi bir lahza davomida o'zini haqiqatda baxtli his etganini xotirlay olgani ma'lum bo'libdi. Radioboshlovchi tinglovchilarga oddiy va ochiq savol bilan murojaat qildi: ((Siz baxtlimisiz?)) Bu so'zlar kutilmaganda yigitni o'z hayoti haqida o'ylashga majbur qildi. U dabdurustdan umrida aynan nima yetishmayotganini so'z bilan ifodalay olmasdi: uning salomatligi durust, yaxshigina ishi bor, maoshi to'lovlarni to'lash va goh-gohida mayda-chuyda quvonchli voqealarga safrlashga doimo yetadi, uning yaqin do'stlari va suyimli oilasi bor. Lekin, bularning barchasiga qaramasdan, u o'zini 

ich-ichidan loqayd, tushkunlikka tushgan, hayotdan bezganday sezardi. Unga nimadir yetishmasdi, lekin o'sha nimaligini o'zi ham bilmasdi, unga hayoti qandaydir o'ta muhim narsadan mosuvoligi ayon edi, xolos. U hayotini tavsiflab bayon etishiga juda ko'p so'zlar mavjud edi, lekin ular tarkibiga ((baxt)) so'zi kirmagani aniq. Qachonlardir Toro: ((Ko'pchilik insonlar o'z umrini osuda tushkunlikda kechiradilar)), deb aytgan so'zlarini yigit aynan o'z hayoti haqida ifodalanganini xayolidan o'tkazdi. Har bir kun boshlanishidan to nihoyasiga qadar tinimsiz kurashdan iborat. Ko'ngilcizlik va og'ir kechinmalar bu kunlarga doimiy yo'ldoshdek tuyulardi. Yigit hayoti poyonsiz bir xildagi doiraga aylangani haqidagi hissiyotlarini yengib o'tolmasdi. Yoshlikdagi orzu va umidlariga nima bo'ldi? Qani uning bolalikdagi qalbini toshirgan g'ayrati, shodligi-yu quvonchlari? Ularning barchasi bu tinimsiz kurashga qachon aylanib ulgurdi ekan? U hayot tinimsiz kurashligini qaydadir o'qigandi, lekin yigit bunga ko'nikolmasdi. ((Albatta, - derdi u o'ziga o'zi, - hayotda hundan-da muhimroq nimadir bo'lishi kerak)). U o'zini adashib qolgandek, go'yo bahaybat labirint ichiga qamalgan-u, unga qanday tushganini anglolmay va chiqish yo'lini qaydan izlashni bilolmaganday sezardi. Xuddi shu lahzada yigitning o'ylari bo'lindi - bu safar mashina kapotidan ko'tarilayotgan dud sabab bo'ldi. - Jin ursin! Bin bo'lmasa, boshqasi tayyor turadi, - ming'irladi u mashinasini yo'l yoqasida to'xtatarkan. U tashqariga chiqib, kapotni ko'tardi, motorga qaragandi, yuziga qaynoq bug'dan hosil bo'lgan issiq havo urilib yigitni qalqib ketishga majbur qildi. U kamzulini boshiga yopib, sham01 va yom-v-3 g'irdan o'zini qanday bo'lmasin, muhofazalash uchun egilgancha eng yaqin masofadagi telefongacha bir yarim chaqirim yo'l yurib, nosozlikni tuzatish xizmatini chaqirtirdi. Operator unga mexanik taxrrlinan bir soatlardan so'ng borishini xabar qildi. Yigitning mashinasiga qaytib, kutishdan boshqa chorasi yo'q edi. Shunday sovqotgan, charchagan va ayanchli ahvoldagi yigit mashinasi tomon imillagancha qaytardi.. Bu hodisa hayotida eng chuqur o'zgarishlaming boshlanishi ekanini u hali bilmasdi. 

back|2-Bet|3-Bet|4-Bet|5-Bet|6-Bet|7-Bet|8-Bet|9-Bet|10-Bet|11-Bet|12-Bet|13-Bet|

Report Page