Baxtli Boʻlishning oʻnta siri

Baxtli Boʻlishning oʻnta siri

Adam jekson
Ushbu kitobning yaralishi va uning ustida ishlashda kaminaga ko'maklashgan barcha insonlarga minnatdorchiligimni bildirishnl istayman. Adabiy kotibim Sara Menguk va uning yordamchisi Jo rjiya Gloverga ko'rsatgan jonbozliklari uchun; Torson nashriyotining xodimlari, Erika Smitga mazkur kitob yaralish jarayonida bildirgan jo'yali mulohazalari hamda Fiona Braunga qo'lyozmani tahrir etgani uchun tashakkur izhor etaman. Doimo yozuvchilik faoliyatimni qo'llab-quvvatlab, men uchun bitmas-tuganmas ilhom va mehr manbai bo'lib qolgan volidarnga; meni qo'llabquwatlab, barcha ishlarimga rahnamolik ko'r-. satgani va yordam bergani uchun padari buzruk- I vorimga, butun oila a'zolarim va do'stlarimga ularning mehru muhabbati uchun rdhmat. 1 Va nihoyat, menga va boshlagan ishimga doimo ishongan Karenga nisbatan muhabbatimni ifodalashya so'z ojizlik qiladi. 
.

Siz baxt izlab butun olamni kezib chiqasiz, u esa doim yonginangizda, har qanday insonning qo'li yetguday masofadadir...

Istagan kishingizdan hayotdan hammadan ortiq qanday tilagi borligini so'rasangiz, eng ko'p tarqalgan javob: ((Men shunchaki baxtli bo'lishni istayman)), degan so'zlardan iborat bo'ladi. Bo'lmasa, nima uchun baxtli insonlar shunchalik oz? Nima sababdan dori ishlab chiqarishda antidepressant (tushkunlikdan asrovchi vosita)lar eng jadal rivojlanayotgan soha bo'lmoqda? O'zlarini baxtli hisoblovchi kishilar nima uchun bunchalar kam? Balki, baxtni topish mumkin bo'lmagan joydan izlayotgandirmiz? Ishonchim komilki, qancha pul topayotganimiz, kim bo'lib ishlayotganimiz va qayerda umrguzaronlik qilayotganimizdan qat'i nazar, hammamiz baxtli bo'lishga layoqatlimiz. Umrimiz kechayotgan onida shart-sharoitlarimiz qanday bo'lsa-da, biz nafaqat shunchaki baxtli bo'lish, balki to'liq baxtiyorlik tuyg'usidan bahramandlikka layoqatlimiz. Haqiqiy Baxt g'amu hasratning yo'qligidan emas, balki quvonch, mamnuniyat va hayotdan lazzatni tuyishdan iborat. Bu inson doimiy ravishda rohatfarog'atda yurishi kerak degan-1 ma'noni bildirmaydi. 

Axir, hayotimizda shunday damlar ham bo'ladiki, shaxsiy yo'qotishlarga duch kelamiz, ular tabiiy ravishda musibat, anduh va ko'ngil qolishlarni keltirib chiqarmay sira iloji yo'q. Lekin bu iztiroblarni yengib o'tishga ko'maklashuvchi vositalar mavjudki, ko'pincha hayotiy sinovlar va kulfatlarni g'alabalarga aylantirishga qodirmiz. Boshqa ko'pgina zarbulmasallardan farqli o'laroq, ushbu kitob qahramonlarining (men tanigan bir necha donishmand kishilarning umumlashgan obrazi ifodalangan keksa xitoylikdan tashqari) boshidan kechirganlari hayotiy voqealarga asoslangan. Albatta, qissaxonlikni yanada qiziqarliroq qilish umidida ayrim personajlar ismi harnda hayot tarzini o'zgartirdim, ammo ularning barchasi o'z umrining xatarli damlarida g'alabaga erishganlari rost va har bir bobda yozilganiday baxtli bo'ldilar. Umid qilamanki, ularning boshidan kechgan voqealar sizni ham ilhomlantiradi va ruhingizni ko'taradi, siz ham ulardan ibrat olib, o'z hayotingizda Haqiqiy Baxtga erishasiz.  

Adam JEKSON 

,

1-Bet|2-Bet|3-Bet|4-Bet|5-Bet|6-Bet|7-Bet|8-Bet|9-Bet|10-Bet|11-Bet|12-Bet|13-Bet|


 


Report Page