-----------------------------------------------------------------

-----------------------------------------------------------------

Adam jekson

charaqlab turgan qaynoq oftobga qarab: U qanchalik buyuk! Men quyosh bo'lishni istardim! debdi. Shunday istak bildirgan zahoti u nurlarini yerga taratuvchi quyoshga aylanib qolibdi. Lekin kuchli shamol turib, yer yuzi bulutlar ortiga yashirinibdi. ((Men shamol kabi kuchli bo'lishni istapan)) degan o'y xayolidan o'tgan zahoti u sharnolga aylanibdi. Ammo daraxtlarni ildizlari bilan qo'poruvchi va butun boshli qishloqlarni yakson qiluvchi o'sha shamol ham qoya bilan to'qnashgan chog'da unga kuchi yetmabdi. Bahaybat qoya tosh qimir etmasdan shiddatli hamlaga qarshilik ko'rsatibdi. c(Bu tosh juda mustahkam ekan! - debdi shamol. - Men shu tosh kabi metin bo'lishni istayman!)) Shunda u eng kuchli shamollarga dosh bergan bahaybat toshga aylanibdi. Endi yer yuzida eng zo'r kuchga aylanganidan keyin, nihoyat, u o'zini baxtli deb bilibdi. Ammo shu payt qandaydir jaranglagan tovush chiqayotganini eshitibdi. Bolg'aning qoyaga urilib, uni mayda bo'laklarga bo'layotgani ma'lum bo'libdi. ((Mendan-da kuchli kim bo'lishi mumkin? )) o'ylabdi tosh. Bahaybat xarsangtosh uzra esa ... toshyo'nar turardi. Ko'pgina odamlar o'z umrlarini baxt axtarishga sarflaydilar va faqat uni qayerdan izlash zarurligini bilmaganlari bois sira topolm.aydilar. Sharqqa qarab quyosh botishini ko'rib bo'lmaydi; seni qurshagan narsalar orasidan axtarsang, baxtni : topish mahol. Toshyo'nar voqeasidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, inson hayotida nimanidir ... o'zidan boshqa nimanidir o'zgartirib, baxtga erisholmaydi! - Lekin men haliyam anglolmayapman, - dedi yigit. - Axir shaxsiy fojialar va ko'ngil qolishlar

chi? Inson bunday vaziyatlarda qanday baxtli bo'lishi mumkin? - Har birimiz hayot ummonida suzayotgan kemaga o'xshayrniz, - dedi chol. - Sham01 va to1- fonlar - tabiiy ofatlar, shaxsiy fojialar - o'tkinchi holatlar, lekin siz hech qanday bo'ronu to'fonlarni pisand etmay istagan manzil sari kemani boshqara bilguningizcha, ular kelib-ketaveradi. Aslida to'fon va gulduraklar umrimizni hatto boyitishga qodirlar. Bu ularga qanday nuqtai nazardan qarashga bog'liqdir. - Nimagadir gapingizga unchalik tushunolmayapman, - dedi yigit. - Bo'ronlar havoni tozalab, yomg'ir yog'diradilar, yomg'irsiz hayot qanday bo'lardi? Usiz o'sish ham, yuksalish ham bo'lmasdi. Kamalak ham bollmasdi. Bo'ronlar shamolni harakatga keltiradi va siz o'z kemangizni boshqarishni eplasangiz, shamolning kuchini o'z foydangizga qarata bilasiz. - Sizning o'xshatishlaringiz darajasida buni anglab turibman, lekin baribir fikringizga qo'shilolmayrnan. Baxtsizlikni qanday qilib afzallikka aylantirish mumkin? - gapni bo'ldi yigit. - Axir eshitdingiz-ku, har bir narsaning yaxshi jihatlarini topish mumkin. - Albatta, bu shunchaki gap-da. Men hech qachon fojiani yaxshilik deb hisoblamaganman. - Bo'lishi mumkin, chunki uni topishga hech qachon urinmagansiz ham. Hech bir foydali jihati bo'lmagan muammoning o'zi yo'q. Nimaiki hodisa yuz bersa, uning maqsadi va sababi bor; sodir bo'layotgan har bir hodisadan umrni boyituvchi biron xulosa chiqadi. Ko'p odamlar vaziyatning qullari kabi sham01 va to'fonlarga bosh egib, suvrling oqimi bo'ylab suzadilar, chunki bu kishilar 

back|2-Bet|3-Bet|4-Bet|5-Bet|6-Bet|7-Bet|8-Bet|9-Bet|10-Bet|11-Bet|12-Bet|13-Bet|

Report Page