USMLE Step 1 - PASS | Dr.Baktiyorovna
MedcloudAssalomu aleykum hammaga, ushbu hisobotni o‘qiyotganlar! Men Toshkent tibbiyot akademiyasi 2017 yilgi bitiruvchisi, oilali, 2 ta farzandning onasi va full-time ishlaydigan, USMLE imtihoni topshiruvchisiman. Ushbu hisobotni menga o‘xshagan, tayyorgarlikda ikkilanishlarga va tanaffuslarga duch kelganlar uchun yozishni xoxladim. Chunki, o‘zim Medcloud tomonidan kanalga joylangan barcha hisobotlarni qoldirmay o‘qib boraman.

Medcloudni steptaker Nazokatning youtubedagi birinchi videosi orqali to‘satdan bilganman va Nazokatdan ilhomlanib medcloudga borganman. Tayyorgalik 2021 yili yoz oyida(aniq eslolmadim) boshlangan va uzoooq davom etgan, sababi ushbu vaqt davomida doktoranturani bitirishim, part-time ishlashim kerak edi. Tayyorgarlik Farxod akaning videolarini ko‘rish bilan individual tayyorgarlikdan boshlangan, chunki guruhlarda joy bo‘lmagan, keyinchalik Muhammadnazar ustozning 10chi guruhida tayyorgarlikni davom ettirganman.
Tayyorgarlik manbaalari Medcloud videolari (baza), First Aid (asosiy imtihonga qo‘llanma-xarita, mendagi xato har safar bu kitobni o‘qishni keyinga qoldirganman, sababini o‘zim ham tushunmayman), Uworld 3 marta, Medcloudda tayyorgarlik vaqtida Rx Qbankdan foydalanganman.
Tayyorgarlik jarayoni
Qo‘shimcha Pathoma, rapid rewiev pathology by Goljan, physiology Costanzo o‘qib chiqqanman. Shu yerda aytmoqchimanki menda tayyorgarlik ideal ketmagan, asosiy kamchiligim full-time tayyorgarlikning bo‘lmaganligi va uzoq vaqtli tanaffuslar bo‘lgan. Har safar tayyorgarlikni boshlaganda 0 dan boshlashga to‘g‘ri kelgan. Menda Anki yoki flashcarddan foydalanish bo‘yicha doim muammo bo‘lgan va foydalanmaslik orqali oson yo‘lini tanlab qo‘yaqolganman (eng katta xato).
2025 yili sentyabrdan UWorldni qayta ko‘rib chiqishni boshladim, kuniga 2 soatdan ortiq vaqt ajratolmasdim, tayyorgarlik ham har kuni bo‘lmasdi, boshqalardan farqli, oldin UWSA yoki NBME self-assesmentni yechib ko‘rmasdan imtihon sanasini belgiladim(chunki, Medcloudda tayyorgalik vaqtida Uworld 1-krug tugaganda UWSA1, 2 yechganman, natija 200ga ham yetmagani esimda, ustozlar tomonidan 220dan oshmasa imtihonga registratsiya qilmaslik kerak degan maslahat bilan yanada qattiqroq tayyorlanish kerakligini tushunganman), maqsad nima bo‘lsa ham imtihon topshirish edi.
Imtihonni faqat Iyul-Avgust oylarida topshirishga imkonim borligi sababli, adashmasam 2026 yilning Mart oyida Ankara prometricda 13-avgustda joy bo‘lganligi uchun belgiladim. Bu vaqtda UWni qayta 60% qayta ko‘rib chiqishga ulgurdim. Tayyorgarlikni 2026 yil iyunining oxiridan kuniga 5-6 soat vaqt ajratib davom ettirdim. Full-time tayyorgarlik vaqtida flashcard qo‘lda qog‘oz variant tayyorlashga majbur bo‘ldim, chunki faqat yodlash orqali esda qoladigan ma’lumotlar ko‘p. Ambossdan ham foydalandim, sababi menga yangi testlar kerak edi. UWni 3-marta ko‘rganligim oqibatida undagi natijalarim yaxshi bo‘lsada, asosiy muammo NBME natijalarim pastligicha qolaverdi. 2026 yil iyul oyidan 10-avgustgacha 10-15 soatdan ham ortiq tayyorgarlik bilan juda kuchli stressda davom ettirdim. Jismoniy harakatni cheklamaslik bunga alohida vaqt ajratish lozim ekan. Kuniga 1 soat intensivlikni oshirish bilan jismoniy harakat qo‘shishga majbur bo‘ldim va bu aqliy faoliyatimga ham katta foyda bergani sezildi.
24-mart AMBOSS self-assesment-214
8-iyul NBME26-71% (1-53% edi, qayta)
10-iyul NBME27-67.5%
13-iyul NBME28-56.5%
17-iyul NBME29-62.5%
22-iyul UWSA3-213
24-iyul NBME30-60%
26-iyul UWSA2-61,9% (coursology, qayta)
29-iyul NBME31-64%
1-avgust NBME32-66.5%
3-avgust NBME 33-69%
X-day
Natijalarim pastligidan kayfiyatim tushib boraverdi, lekin imtihon sanasini ko‘chirolmasdim, biletlar olingan, mehmonxonalar bron qilingan, imtihondan keyin dam olish uchun Istanbul rejasi ham hammasi hal qilingan, orqaga yo‘l yo‘q!!!
8-avgust Free120-75%
Bu natijadan keyin ancha yengil tortdim va weak tomonlarimni takrorlashni boshladim.
Imtihondan 3 kun oldin turmush o‘rtog‘im bilan birga Ankaraga yo‘l oldindi, prometrikdan 15 daqiqa piyoda yetsa bo‘ladigan mehmonxona tanlangan edi, imtihondan 2 kun oldin prometrik bilan tanishib qaytdim, imtihondan 1 kun oldin kechasi 4 soatlik uyqu bo‘ldi, qanchalik uxlashga harakat qilmay negadir uxlolmadim, qizig‘i hayajon yo‘q, chunki shu yergacha yetib kelish oson bo‘lmadi, hamma narsaga ruhan tayyorman!!! Imtihon kuni ertalab kuchli bosh og‘rig‘i bilan uyg‘ondim, dori qabul qilishimga qaramay bosh og‘rig‘I kuchayishda davom etdi. Mehmonxonada nonushta qilgach, prometrikka yo‘l oldim.
Prometrikka 8-30ga yetib bordim, borishim bilan nazoratchilar tomonidan kerakli ma’lumotlar berildi va imtihon boshlandi. O‘zim bilan 1 ta proteinli baton, pechenyelar, kofe va adrenalin olgandim. Imtihonxonasida konditsioner ishlagani bilan menga issiqlik qildi, bundan tashqari barcha kompyuterlar band bo‘lganigami bilmayman xonada toza havo yetishmasligi sezildi, chunki xona unchalik katta emas, menimcha 10-12ta kompyuter bor edi. Orada nazoratchilar aylanib tekshirib chiqisharkan, ularga tekshiruv vaqti eshikni ochib qo‘yishlarini ham iltimos qildim. Imtihon davomida savollar juda qiyin va uzundek ko‘rindi, ba’zi blocklarni tugatishga vaqt yetmadi, 2-3 ta savol qolib ketdi, birinchi 4 ta blockdan keyin 5 daqiqalik tanaffusga chiqdim, keyin har 2ta blockdan keyin tanaffus qildim, ba’zan kompyuterda joyimda tanaffus qildim, yuqorida aytganimdek bosh og‘rig‘i kuchaygandan kuchaydi, prometrikdagi nazoratchiga ahvolim sezildi shekilli bir necha marotaba yaxshimisiz deb hol-axvol so‘rab ketdi. 10-blockdan keyin miya umuman ishlamadi, ishlashni ham xoxlamadi, savollarni o‘qiyman lekin aniq anglashga tushunishga qiynaldim, miya shunchaki o‘chib qolgan, bu oxirgi vaqtda uyqu va dam olishni cheklab intensive tayyorlanganim sababli deb o‘yladim, chunki miya ham jismoniy charchagan. Imtihonda berilgan tanaffus vaqtidan to‘liq foydalandim. Imtihon xonasiga oddiy shaffof idishli(0.5 bakalajka gazsiz suv) suv olib kirsa bo‘larkan. Menda bunaqa suv bo‘lmaganligi sababli nazoratchilar o‘zlari berishdi va tanaffus vaqtida yangilashdi ham. Imtihonga cho‘ntagi kamroq kiyim bilan borgan ma’qul, tanaffus vaqtida qayta tekshiruvda vaqtni tejash maqsadida. Ankara prometric 4-qavatli binoning 2-qavatida joylashgan.
Natija
Imtihonga tayyorlanayotganlarga maslahatim men kabi yo‘l tutmasligini, muntazam dam olish va jismoniy harakat kerakligini ta’kidlagan bo‘lardim. Imtihondan chiqqanda aniq ishonch bilan FAILga tayyor bo‘lib chiqdim, lekin natijahaqida o‘ylamaslikka harakat qildim. Imtihondan chiqishim bilan Istanbulga ketdim va 1 haftadam oldim, umuman imtihon haqida o‘ylamaslikka harakat qildim. Lekin, Chatgpt ga natijalarim, imtihon kunidagi vaziyat haqida ma’lumot berganimda, PASS-FAIL 75-25 bo‘lishi mumkinligi haqida bashorat qilib berdi.
26-avgustda natija chiqishi bilan faylni ochdim va PASS, lekin natijaga ishonmasdan qayta-qayta noto‘g‘ri ko‘rmadimmi deya qaradim)))!!!
Resurslar
Medcloud videolari yoki guruhlarda tayyorlanish (baza sifatida), FA, UW, Amboss; self-assesment NBME va UWSA; Kitob o‘qishni yoqtiradiganlarga: Goljan Pathology.
Tayyorgarlik davomida not only memorizing and learning by heart but also understanding muhim!
Xulosa
Tayyorgarlik davomida jismoniy harakat va dam olish eng muhimi!!!, qolganini eplasa bo‘ladi). Tayyorgarlikda meni fikrim - understandingga ko‘proq e’tibor qaratish lozim (imtihon kunidagi vaziyatni oldindan baholab bo‘lmaydi, tushunmay yodlangan ma’lumotdan foydalanish natijaga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi, albatta).
Shu bilan birgalikda, tayyorgarlikk uchun MEDCLOUD JAMOASIGA va ushbu markaz asoschisi - Farxod akaga minnatdorchilik bildiraman, o‘z navbatida Muhammadnazar va Jaxongirga ham katta raxmat, doim yordam yoki maslahat kerak bo‘lganda vaqtlarini ayamaganliklari uchun. Ruhiy va har tomonlama qo‘llab quvvatlagani uchun turmush o‘rtog‘imga va oilamga ham katta raxmat. Bu yo‘lni boshlaganlarga ruhiy qo‘llab-quvvatlash doim kerak bo‘larkan.
USMLE imtihoniga tayyorlanayotgan barchaga omad muhimi to‘xtab qolmaslik vatavakkal qilmaslik!!!
Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:
1.USMLE STEP 1 - PASS | Sukhrob
... When people believe in you, it gives you courage and motivation, but when you believe in yourself, it gives you persistence, determination and infinite energy
2. USMLE STEP 2 CK – 254 | Khojiakbar
...tayyorgarlik davomida siz hech narsa yo‘qotmaysiz. Aksincha, juda qimmatli bilimlarga ega bo‘lasiz. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tsangiz esa qo‘lingizda siz kutmagan imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin bo‘lgan sertifikat bo‘lad
3. USMLE STEP 2 CK – 252 - Mirziyo
...bu hali yakun emas, oldimda hali katta ishlar turibdi
Foydali havolalar:
Veb-sayt: https://www.medcloud.uz
Telegram: https://t.me/medcloud
Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot
Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz