USMLE STEP 1 – PASS | Sukhrob

USMLE STEP 1 – PASS | Sukhrob

Medcloud

Assalomu alaykum barchaga, men Jabborov Suxrob Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali 2026-yilgi bitiruvchisiman va shu bilan birga filial tarixida ilk bor STEP 1 imtihonini topshirib muvaffaqiyatli oʻtdim.

My score report

Study preparation and techniques

Tayyorgarlik jarayonini 2024-yil 1-iyul kuni boshladim. Dastlabki 4 oy davomida men Medcloudning barcha fanlarga oid materiallarini tugatib chiqdim, keyin 1 oy davomida Pathomani tugatdim

Medcloud kurslarini oʻqish uchun har kuni 6-8 soat dars qilardim, haftada deyarli dam olishlarsiz. UWorld boshlashdan oldin 1 oyga yaqin pauza qilib, keyin uworld boshladim, va Uworldni (mixed, untimed) 3,5 oyda  birinchi krugini 60 foiz bilan tugatdim. 

Shundan soʻng menda ayrim sabablar tufayli juda katta pauza boʻldi va 2026-yil yanvar oyida yana qaytadan Uworld(mixed, untimed) yechishni boshladim va 2.5 oyda ikkinchi krugini 65 foiz bilan tugatdim va qolgan vaqt davomida self assessmentlarni va kuchsiz tomonlarimni mustahkamlashga harakat qildim.

Medcloudda oʻqish jarayonida koʻp fanlarni oʻzlashtirishga qiynalmaganman, chunki universitetda oʻqish jarayonida doimo yaxshiroq oʻqib, tushunib borishga harakat qilardim. Qiynalgan fanlarim: Ethics, Psychiatry, Biostatistics.

Study resources

Medcloud lessons

First aid

Uworld 

Rx cases

Randy Neil (biostatistics, ethics, genetics)

Sketchy Micro and Pharm (first videos then anki)

Bootcamp (Biostatistics, Psychiatry,Ethics)

100 cases (Ethics)(oxirgi 2 oy)

Mehlman All PDFs (oxirgi 2 oy)

Mehlman question bank (only genetic, biochemistry - oxirgi 2 oy)

Amboss (oxirgi 2 oy)

Anki uworld boʻyicha bir marta oʻzim tayyorlab chiqdim, keyin Mehlmanning PDFlari boʻyicha tayyorlangan ankilarini takrorlaganman.

Self assessments

UWSA 1: 60% (05.03.2026)

UWSA 2 : 67.5%

NBME 25: 71%

NBME 26: 73%

NBME 27:76%

NBME 28: 76.5%

NBME 29: 77%

NBME 31: 79%

NBME 32: 72,5%

NBME 33: 75,5%

Amboss self assessment: 232

New Free 120: 71.5% (31.05.2026)

Challenges

Birinchisi moliyaviy muammolar: Alhamdulillah Alloh mushkulimni oson qildi.

Ikkinchisi: Universitet tomonidan myintealthda account yaratish, qiyinchiliklarga qaramay bu ham hal boʻldi.

Mana shu vaqtda topshirmaslik fikrini ham xayoldan oʻtkazdim, lekin taslim boʻlmadim.

Oktabr oyida ishga kirdim oilaviy shifokor boʻlib, ish koʻpligi sababli oʻqish yoqmasdi, keyin fevral oyida 6 kurslarni boʻshatish haqida xabar kelib, ishdan boʻshab oʻqishimga koʻproq konsentratsiyasi berishga harakat qildim.

Test day experience

Imtihon sanasini nmbe 26 dan keyin belgiladim.

30-may kuni Dubayga yetib bordim, 31-kuni esa prometrikni borib koʻrib keldim (Holiday inn express Dubai internet city: prometric shu mehmonxonaga juda yaqin: piyoda 5-6 daqiqa)

Imtihon kuni soat 01.30 da turdim va soat 6.30 gacha high yield maʼlumotlarni takrorlab chiqdim. Yaxshi nonushta qilib, prometrikka soat 7.40 yetib bordim, imtihonim 8.15da boshlandi, oʻsha kuni  Usmle imtihonini topshirgan bitta men ekanman.

Imtihon yangi formatda va nutritional questions qoʻshilgan edi. Yangi format(20 ta savol, 14 ta blok) menga yoqdi: 3:3:4:2:2 tipida tanaffus oldim. Tanaffus vaqtida protein batonchik, banan, suv ichish va yuzni sovuq suvda yuvish.

Deyarli hamma blokdan vaqt ortib qolardi (Bilmadimmi uzoq oʻylab oʻtirmasdim). Har bir blokda 2-4 ta etika savollari bor edi. Savollar free 120 ga oʻxshardi, har bir blokda 5-6 ta savolga red flag qoʻyib chiqardim. Imtihonni vaqtidan 30 min oldin tugatdim .

Post-exam reflection:

3 ta savolni xato ishlaganimni bildim, lekin shunga qaramay oʻsha kuni Step 2 savollar bankini sotib olib Dubayda bitta blok ishlab qoʻydim (Albatta yaxshi niyat bilan)

Results

Uyga kelib ishga qayta tiklandim, javobini esa toʻliq 30 kundan keyin oldim (yangi formatga oʻtkanligi sababli shunday kechikish boʻlibdi). Oʻzimni ishga chalgʻitib, natijani oʻylamaslikka harakat qilardim.

1-iyul kuni soat 22.00 dan oʻtib pdfni yuklab oldim qarasam pdfni hajmi katta ekan, yiqildim deb oʻyladim, keyin sekin ochib qaradim, qarasam PASS natija, baqirib yubordim: uydagilarim qoʻrqib ketdi😂

PDF hajmi 100kbdan sal balandroq boʻlsa oʻtkan boʻlasizlar, agar hajmi kattaroq boʻlsa FAIL boʻladi (15-maydan 13-iyungacha topshirganlarning hammasi natijasini 1-iyul kuni olibdi)

Advice for future step takers:

First Aid va Uworldni e'tibor bilan chuqur oʻrganish (har bir maʼlumoti high yield), tayyorgarlik orasida dam olib turish, faqat bitta narsa bilan shugʻullanish va yuqorida aytib oʻtilgan resurslardan qiynalgan fanlar uchun foydalaning, kimdir qila oldimi bu ishni siz ham qila olasiz.

  • Nutritional section uchun: vitaminlar (high yield), oqsil, uglevodlar, yogʻlar almashinuvi va yetishmovchiligiga yaxshilab e'tibor berib, oʻqib oʻrganib chiqing.
  • Usmle oʻqish sizga juda kuchli bilim beradi, case ishlash orqali klinik fikrlashingiz oshadi.
When people believe in you, it gives you courage and motivation, but when you believe in yourself, it gives you persistence, determination and infinite energy that are required to stay active, motivated and determined towards your goal

Gratitude

Ota-onamga, aka-ukalarimga, qarindoshlarimga shuningdek medcloud asoschisi Farhod akaga, ustozlarim Jakhongir aka, Muhammadnazar aka, Shohzod akaga, medcloud adminiga va barcha medcloud jamoasiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.


Barchaga omad tilab qolaman. E`tibor uchun rahmat.


Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:


  1. USMLE STEP 1 - PASS | Diyora
...aynan shu sinovlar ichidan o‘tarkanmiz, ular bizni bir paytlar so‘ragan ne’matlarimizga tayyorlab boradi.

Hisobotni o'qish


2. USMLE STEP 2 CK - 240 | Javokhir

...bu yo‘l men uchun hech qachоn oson bo‘lmagan va men buni allaqachon qabul qilganman. Har bir bosqich mehnat, shubha, bedor tunlar, qayta-qayta boshlash bilan kelgan. Ammo aynan shu meni kuchli qildi.

Hisobotni o'qish


3. USMLE STEP 1 - PASS | Nurjakhon

... USMLE yo`lida men inson sifatida ulg‘aydım, o‘zgardim, atrofimdagi odamlar, dunyoqarashim o‘zgardi va uzoq orzu qilgan shaxsga aylandim. Bu uzun va mashaqqatli yo‘ldan o‘tganimdan aslo afsuslanmayman

Hisobotni o`qish



Foydali havolalar:

Veb-sayt: https://www.medcloud.uz

Telegram: https://t.me/medcloud

Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot

Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz

Report Page