USMLE STEP 2 CK – 252 | Mirziyo
MedcloudMening ismim Abdixalilov Mirziyo, men SamDTUning 6-kurs talabasi. 2026-yil fevral oyida USMLE Step 2 imtihonini 252 ball bilan topshirdim.

Step 1 topshirganimdan keyingi tayyorgarlik deyarli 2 yil davom etdi. Buning sababi — shu davrda to‘yim bo‘ldi va oilaviy tashvishlar sabab jarayon cho‘zilib ketdi. Bundan tashqari, turmush o‘rtog‘imni ham Step 1 ga tayyorlashimga to‘g‘ri keldi.
Study materials
Asosan UWORLD va DIVINE podkastlaridan foydalandim. Imtihonga yaqinlashgan sari kuniga 6–8 soat tayyorgarlik ko‘rishga to‘g‘ri keldi.
Study Techniques
Maxsus bir texnikam yo‘q edi. Asosan imkon qadar ko‘proq case yechishga va ularni sifatli tahlil qilishga harakat qildim. UWorldning 50% ini yechgandan keyin UWSA 1 ni ishladim — 230 ball chiqdi. UWorldning 1-aylanasini tugatgandan keyin UWSA 2 — 235 bo‘ldi. Shunda nimanidir o‘zgartirish kerakligini tushundim va UWorldni yanada sifatliroq yechishga harakat qildim. Hatto to‘g‘ri javobni tanlagan bo‘lsam ham, har bir case ni batafsil tahlil qila boshladim. Keyin NBME larni ishlay boshladim — natijalar 75–77% atrofida edi. Imtihonga yaqin Free 120 — 76% chiqdi.
Challenges and Overcoming
Men uchun eng katta qiyinchilik imtihonga ro‘yxatdan o‘tish bo‘ldi, chunki talaba ekanligimni tasdiqlash jarayoni juda qiyin kechdi (buni qiladigan ayrim odamlar sabab). O‘sha kun juda stressli o‘tdi va aynan o‘sha paytda men 1000% to‘g‘ri yo‘lda ekanligimni tushundim. Bu esa yanada ko‘proq ishlashim uchun motivatsiya bo‘ldi.
Test Day Experience
Imtihonni Turkiyaning Istanbul shahrida topshirdim. U yerdagi Prometric markazi juda shovqinli ekan, menga unchalik yoqmadi. Savollar orasida etika va patient safety bo‘yicha savollar ko‘p edi. Barcha bloklarni tugatishga ulgurdim, lekin savollarni qayta ko‘rib chiqishga vaqt yetmadi. Imtihondan keyin juda past ball olgandek his bo‘ldi, lekin xudoga shukur, natijalar o‘rtacha chiqdi va bu match uchun imkoniyat beradi.
Results and Feedback
Kelajakdagi step takerlarga maslahatim: maksimal darajada UWorld yeching va boshqa QBanks ga vaqt sarflamang. UWorld va NBME formalar — bu oltin standart.
Conclusion
Bu hali yakun emas, oldimda hali katta ishlar turibdi. Eng muhimi — to‘xtab qolmaslik. Oilamga va ota-onamga qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Avvalgi step takerlarga ularning hisobotlari uchun, Timur aka maslahatlari uchun, universitetimiz o‘qituvchilari doc. Bobosher va doc. Sardorga maslahatlari uchun rahmat. Shuningdek, o‘z tajribam bilan bo‘lishish imkoniyatini bergani uchun medcloud jamoasiga ham rahmat.
Additional Resources:
Tayyorgarlik bo‘yicha batafsilroq maslahat olish uchun yozishingiz mumkin, har bir kishiga yordam berishdan xursand bo‘laman: @mirziyo_abdikhalilov.
Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:
- USMLE STEP 1 - PASS | Diyora
...aynan shu sinovlar ichidan o‘tarkanmiz, ular bizni bir paytlar so‘ragan ne’matlarimizga tayyorlab boradi.
2. USMLE STEP 2 CK - 240 | Javokhir
...bu yo‘l men uchun hech qachоn oson bo‘lmagan va men buni allaqachon qabul qilganman. Har bir bosqich mehnat, shubha, bedor tunlar, qayta-qayta boshlash bilan kelgan. Ammo aynan shu meni kuchli qildi.
3. USMLE STEP 1 - PASS | Nurjakhon
... USMLE yo`lida men inson sifatida ulg‘aydım, o‘zgardim, atrofimdagi odamlar, dunyoqarashim o‘zgardi va uzoq orzu qilgan shaxsga aylandim. Bu uzun va mashaqqatli yo‘ldan o‘tganimdan aslo afsuslanmayman
Foydali havolalar:
Veb-sayt: https://www.medcloud.uz
Telegram: https://t.me/medcloud
Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot
Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz