USMLE Step 1 - PASS | Abdurahmon
MedcloudAssalomu aleykum. Men Abdurahmon Komiljonov TDTU 2-kurs klinik ordinatoriman (kardiologiya), 02.06.2026 da USMLE step1 imtixonini Istanbulda topshirdim. Tayyorgarlikni 2022 yil Medcloud o'quv markazida Muhammadnazar ustozda (group10) da boshlaganman. Orada juda ko'p uzilishlar va noto'g'ri uslubda dars qilish sababli tayyorgalik uchun 4 yil vaqt ketdi.

Foydalanilgan manbalar
- Medcloud kursi
- First aid
- Sketchy (micro , Farm)
- UWorld
- Anki (o'zim tuzib chiqdim)
Amboss va Pathoma o'qimadim, Mehlman va Amboss study plan & source ni o'qib chiqishga vaqtim yetmadi (chala bo'lib qoldi)
Natijalar
UWorld 1-cycle: 63% (sistema bo'yicha)
UWorld 2-cycle: 73% (random)
NBME 25 - 68 (12.12.2025)
NBME 30 - 67,5 (03.01.2026)
NBME 31 - 74 (02.02.2026)
NBME 26 - 70 (08.02.2026)
NBME 32 - 72 (14.02.2026)
NBME 27 - 72.5 (15.02.2026)
UWSA 1 - 61% (222) (10.05.2026)
NBME 29 - 71 (14.05.2026)
UWSA 2 - 64% (220) (18.05.2026)
NBME 28 - 72 (22.05.2026)
UWSA 3 - 62% (230) (26.05.2026)
NBME 33 - 71 (29.05.2026)
Free120 - 73,3 (01.06.2026)
Registrasiya
Imtixonga Fevral oyida tayyor bo'lgandim, 2-haftalarda registratsiya qilaman deb o'ylagandim, ammo 2-3 oy vaqt ketti, shunung uchun vaqtliroq registratsiya qilishni tavsiya qilaman.
X day
Imtixon kuni o'zim bilan suv, protein shokolad, kofe ovoldim, soat 8:30 da prometric markazga bordim, hayajonlanmadim va hotirjam imtixonga kirdim, 1,2- block (1 block 20ta savol) juda qiyin bo'ldi, lekin havotirga tushmadim "keyingilari oson bo'lar" bed o'zimga motivatsiya berdim 😁, qolganlari unchalikham qiyin bo'lmadi, taxniman 2 soatdan so'ng kofe ichdim, 3-chi soatida protein shokolad yeb oldim.
Imtihon tugaganidan so'ng "yiqilmadimmikin" degan havotir bor edi, chunki o'ylaganimdam qiyin bo'ldi, keyin bilsam ko'pchilikda shunaqa bo'lar ekan. Imtixon natijasi 01.07.2026 sanada chiqdi (29 kunda)
Xatolarim
- Boshida Ankidan foydalanmadim
- Kam case ishladim
- Ko'p uzilishlar bo'ldi
Minnatdorchilik
- xar tomonlama qo'llab quvvatlab turgan otamga
- Ustozlarim Muhammadnazar va Jahongir akalarga
- Medcloud jamoasi va Farhod akaga
- yo'l-yurug' ko'rsatgan do'stlarimga

Aloqa uchun:
Telegram: @Abdurrahman_Ibn_Muhiddin
Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:
1.USMLE STEP 1 - PASS | Sukhrob
... When people believe in you, it gives you courage and motivation, but when you believe in yourself, it gives you persistence, determination and infinite energy
2. USMLE STEP 2 CK – 254 | Khojiakbar
...tayyorgarlik davomida siz hech narsa yo‘qotmaysiz. Aksincha, juda qimmatli bilimlarga ega bo‘lasiz. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tsangiz esa qo‘lingizda siz kutmagan imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin bo‘lgan sertifikat bo‘lad
3. USMLE STEP 2 CK – 252 - Mirziyo
...bu hali yakun emas, oldimda hali katta ishlar turibdi
Foydali havolalar:
Veb-sayt: https://www.medcloud.uz
Telegram: https://t.me/medcloud
Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot
Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz