USMLE STEP 2 CK - 240 | Javokhir
MedcloudCASE : It’s not possible.
COOPER : No, it’s necessary.
Assalomu alaykum!
Mening ismim Javohir, men Toshkent davlat tibbiyot universiteti (TTSI kampusi) 6-kurs talabasiman. 2025-yil 9-noyabr kuni Dubayda USMLE Step 2 CK imtihonini topshirdim va bugun sizlar bilan o‘z tajribamni bo‘lishmoqchiman. Umid qilamanki, mening maslahatlarim sizning ham maqsadingiz sari yo‘lingizda foydali bo‘ladi. Bu hisobotni uzoq vaqt davomida yozdim va butun tajribamni singdirishga harakat qildim - shunda u sizga haqiqiy yordamchi bo‘la oladi.

Tayyorgarlik boshlanishi
Taxminan Step 1 imtihonini topshirganimdan yarim oycha o‘tgach, men Step 2 uchun tayyorgarlikni boshladim. Eng avvalo men o‘z rejamni tuzdim va menga yo‘nalish berib, nimadan boshlash yaxshiroq ekanini tushunishga yordam bergan mentorim va do‘stim Timurga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Mening tayyorgarlik rejam 10–11 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, bir nechta asosiy bosqichlarni o‘z ichiga olgan:
Uworld → Incorrects → Amboss → CMS forms → NBME → Amboss study plan ± Uworld and Amboss 2 cycle
Men uchun har bir savol banki tayyorgarlikning alohida bosqichi bo‘ldi.
Yuklama asta-sekin ko‘paytirib borildi, shunda imtihonga yaqin vaqtga kelib kuchimning eng yuqori cho‘qqisida bo‘lay, va bir vaqtning o‘zida Step 1 dan keyin birdaniga kuchli ritmga qaytib kelishda “yonib ketmaslik” uchun. Jarayon davomida men barchasini batafsil aytib beraman — qanday bo‘lganini ham tushuntirib ketaman.
Uworld (4036) Noyabr – Mart
62% to‘g‘ri javob bilan tugatdim.
Men tizimli ravishda ishladim: mavzular bo‘yicha case yechdim va tutor mode’da ishladim.
Bu bosqichda mening maqsadim - oyiga blokning taxminan 20% qismini bajarib borish edi, ko‘p emas, kam emas.
Chunki bu Step 1 dan keyingi boshlanish davri bo‘lgani uchun, men o‘zimga nisbatan yumshoqroq jadval qo‘yardim: yakshanba kunlari dam olardim, o‘qishni odatdagidan 2–3 soat oldin tugatardim. Umuman olganda, hammasi juda yengil o‘tardi, Step 1dan asta-sekin tiklanayotgan paytlar edi 😂
Case’larni men systemic + tutor mode’da yechardim, butun blokni tugatgach uni to‘liq tahlil qilardim. Lekin bu juda ko‘p kuch va vaqt olar edi, shuning uchun men boshqa yo‘llarni sinab ko‘rishga qaror qildim. Uzoq davom etgan turli formatdagi tajribalarimdan so‘ng nihoyat eng yaxshi ishlagan metodni topdim: butun blokni yaratardim, lekin ichida har safar 10 tadan savol yechardim va faqat shu 10 tasini darhol tahlil qilardim. Keyin navbatdagi 10 talikni olardim. Qisqasi, men minimal vaqt sarflab, sezilarli darajada energiya tejardim.
Tayyorgarlik boshida savollarda aslida nima so‘ralayotganini tushunish menga qiyin edi. Ba’zan juda o‘xshash kasalliklar uchrardi, lekin davolash taktikasi butunlay boshqacha bo‘lardi, yoki bir nechta ehtimoliy diagnozlar berilardi, lekin ularga yondashuv tamoman farq qilardi. O‘ylaymanki, bu bosqichdan ko‘pchilik o‘tadi. Eng muhimi - to‘xtab qolmaslik. Vaqt o‘tishi bilan savollar mantig`ini his qila boshlaysiz va ularning mohiyatini tushunib olasiz.
❗️Mening xatolarim
❗️Step 1 uchun men har doim mixed + timed rejimida ishlaganman, shu sabab bu safar systemic rejimni sinab ko‘rishga qaror qildim, chunki “shunda samaraliroq bo‘ladi va % ham yuqori bo‘ladi” deb o‘yladim😁.
Dastlab foizlar haqiqatan ham yuqoriroq bo‘ldi, lekin bundan nima foyда, agar birinchi aylanish oxiriga kelib men allaqachon o‘tgannimning katta qismini deyarli unutib bo‘lgan bo‘lsam. Muammo shunda ediki: siz 4–5 kunda butun bir sistemani o‘tib chiqasiz va undan keyin bu case’lar qaytmaydi.
Anki kartochkalari shunchalik tez ko‘payadiki, takrorlash uchun vaqt faqat oxirgi mavzularga qoladi yoki umuman qolmaydi. Natijada bilimlar juda tez yo‘qoladi. Men systemic yondashuvni tanlaganimdan pushaymon bo‘ldim. Agar sizning maqsadingiz - materialni to‘liq o‘rganish va bank oxiriga kelib barcha konseptlarni mukammal eslab qolish bo‘lsa, unda mixed rejim ancha yaxshi.
Agar Anki’ni muntazam takrorlashga ulgurmasangiz ham, savollarning o‘zi bank oxirigacha materialni sizga eslatib turadi va bilimni doimiy ravishda mustahkamlab boradi. Foizlar pastroq bo‘lishi mumkin, ammo maqsad foiz emas — maksimal bilim olish.
💡UWorld yoki AMBOSS — bu foiz yig‘ish uchun emas, o‘rganish uchun mo‘ljallangan instrumentlar. Asosiysi — barcha ma’lumotni o‘zlashtirish, mustahkam bilim bazasini yaratishdir. Raqamlar keyin o‘zi keladi — sizning maqsadingiz baland foiz emas, balki chuqur va barqaror bilimdir.
❗️Men hali o‘rganmagan mavzular bo‘yicha do‘stlarim muhokama qilayotgan case’larni jiddiy qabul qilmasdim, “keyin o‘zim tushunib olaman” deb o‘ylardim. Natijada men muhim detallarni qo‘ldan boy berardim va bilimni o‘sha zahoti mustahkamlash imkoniyatini yo‘qotardim. Vaqt o‘tishi bilan tushundimki, material hali to‘liq o‘zlashtirilmagan bo‘lsa ham, har qanday yangi ma’lumotga darhol e’tibor berish kerak - shunda bilimlar yaxshiroq mustahkamlanadi va fan bo‘yicha yaxlit tasavvur shakllanadi.
Tayyorgarlik davomida men uchta o‘quv kitobini ko‘rib chiqdim:
- USMLE Step 2 CK Notes (UPD. Black_Cat_Dfly_V1PER)
- USMLE Inner Circle Step 2 & 3 Notes 2024
- White Coat Companion
Har birining o‘ziga xos tomonlari bor — ular haqida batafsilroq Timurning hisobotida o‘qish mumkin. Oqibatda men faqat Inner Circle’dan foydalandim, chunki u qisqa, lo‘nda va tizimli takrorlash uchun qulay bo‘ldi. Zarur bo‘lganda qiyin joylarni boshqa manbalar bilan to‘ldirib bordim.
Lekin unda CMS va NBME formalariga oid spoilerlar bor!
❗️Boshida men avval kitobdan mavzuni to‘liq o‘rganib, keyin case’larni yechishga o‘tishga harakat qilardim. Ammo bunday yondashuv ancha samarasiz bo‘lib chiqdi: hatto barcha ma’lumotni yodlab olsam ham, test natijalarim deyarli o‘zgarmas, vaqt esa juda ko‘p sarf bo‘lardi. Nihoyat men shunday xulosaga keldimki: kitobni UWorld bilan parallel o‘qish, case mavzusiga qattiq bog‘lanib qolmasdan ishlash — eng ma’qul variant ekan.
💡 Muhim farq: Step 1 — faktlarni yodlashga asoslangan bo‘lsa, Step 2 CK — bu faktlarni real klinik holatga qo‘llay olishdir. Demak: simptomlar, etiologiya, davolash - bularni shunchaki yodlash kifoya emas. Savollarni doimiy tahlil qilish klinik fikrlashni rivojlantiradi — yuqori natija aynan shunga bog‘liq.
Anki Flashcards
Men uchun haqiqiy kashfiyot bo‘ldi - tayyor kolodalarni yuklab olib, ulardan kerakli kartalarni o‘z kollodamga qo‘shish mumkinligini bilganimda 🤯🤩.
Bu ayniqsa Step 1 tayyorgarligini eslaganda juda sezildi:
- o‘sha payt men bir dona flashcard tayyorlash uchun soatlab vaqt ketkizardim
- ma’lumotni 2–3 martadan ko‘chirardim
- butun bir blokka juda ko‘p vaqt ketardi
Yangi uslub esa men uchun najot bo‘ldi - vaqt tejalishi ulkan edi, va men karta yasash emas, balki takrorlash va tushunishga ko‘proq e’tibor bera oldim. Men Janki kolodasini yuklab oldim va qidiruv orqali undan o‘z kollodamga qo‘shmoqchi bo‘lgan kartalarni Ctrl+D orqali topdim. U yerda juda sifatli va puxta tuzilgan kartalar bor - asosiy konseptlarni to‘liq qamrab oladi. Bu usul har safar noldan karta yaratishdan ko‘ra ancha samarali ekanini tushundim. 95% holatda men kerakli kartani tayyor holatda topdim. Qolganlarini esa yangi case yoki noyob ma’lumot uchraganda o‘zim qo‘shdim.
UWorld Incorrect (≈2500) Aprel – May
Bu bosqichdagi asosiy maqsad — noto‘g‘ri yechilgan case’lar sonini nolga yaqinlashtirish edi. Kuniга 1–2 blok yechardim, ishlash ritmini saqlagan holda, qo‘shimcha tarzda Boards & Beyond videolarini ko‘rdim.
Fanlarning taxminan yarmiga yaqinini ko‘rib chiqdim. OB/GYN va Emergency Medicine’dan tashqari, deyarli yangi ma’lumot uchramadi — asosan Step 1’dagi materiallar takrori edi. Bu bosqich men uchun bir turdagi “ko‘prik” bo‘ldi: formani saqlab turish va yozgi to‘liq tayyorgarlikka kuch yig‘ish.
Shu paytgacha ikkilanib yuraman: Xato savollarni butunlay 0% qilishga intilishga arzirdimi? Shu sababli men bu uslubni hammaga aniq tavsiya qila olmayman - bu sizning strategiyangizga bog‘liq: ba’zilar faqat 50% xatolarni qayta ko‘rib chiqadi, ba’zilar esa umuman incorrect savollarga qaytmaydi. Bu yerda eng muhimi — sizga mos tushadigan uslubni tanlashdir.
Kanikullar boshlangach, men maksimal foyda olishga qaror qildim va tayyorgarlikka to‘liq sho‘ng‘idim. Men uchun eng qiyin bosqichlar AMBOSS va CMS bo‘ldi — chunki o‘zimga shunday rejim qo‘ydim: “ertalabdan kechgacha — 24/7, deyarli dam olishsiz”.
Hech qanday sayr, hordiq, chalg‘ituvchi narsa yo‘q - faqat o‘qish va maksimal konsentratsiya. Faqat suzish mashg‘ulotlari meni chalg‘ita olardi — haftasiga 2–3 marta borganman. Yo‘lda vaqt ketkazmaslik uchun Anki kartalarini takrorlardim. Shunday qilib, vaqt yo‘qotish kuniga atigi 30–60 daqiqagacha tushdi.
AMBOSS (3424) Iyun – Iyul
75% bilan tugatdim. Bu yerda men o‘qish yondashuvimni o‘zgartirdim.
Dastlab: kuniga 2 blok, hafta davomida 6 kun, yakshanba — o‘qish, kuchsiz joylarni mustahkamlash, kitoblar, Anki.
Bu shiddatli tayyorgarlik orasidagi yagona “nafas olish” kuni edi. Keyin esa men quyidagilarni qo‘shdim:
- Har bir case bo‘yicha batafsil yozuvlar - tushuntirishlar, jadvallar, muhim nuqtalar → Telegram
- Har tong — barcha yozuvlarni ko‘rib chiqish
- Bir oy o‘tgach — 5/2 rejimiga o‘tish
5 kun — to‘liq case echish, 2 kun — faqat nazariya, kitob, yozuvlar, chuqurlashtirish
Case’larni men mixed + timed formatda yechardim, 1–4 “boltachalar” birgalikda qilardim, 5 “boltachalar”ni esa eng ohirga qoldirib, ularni maksimal darajada chuqur o‘rganishga harakat qilardim.
Har bir blokni tugatganimdan so‘ng darhol tahlil qilardim va albatta savollar hamda tushuntirishlarni AMBOSS va UWorld o‘rtasida solishtirib chiqardim. Har bir mavzu bo‘yicha men sistemali tarzda differensial diagnozlar tuza boshladim — shunda patologiyalarni yanada chuqur tushunish va o‘xshash holatlarni aniq farqlay olish osonlashdi.
UWorld Search — haqiqatan ham yetarlicha qadrlanmaydigan instrument. Men differensial diagnozlarni shu qidiruvsiz qanday samarali qilish mumkinligini tasavvur ham qilolmayman 😂
Men doim qidiruvga kasallik nomlarini yoki muhim kalit so‘zlarni yozardim va turli case’lardagi sharoitlarni solishtirardim. Differensial diagnostikada eng muhim narsa — kasallik case’da qanday tasvirlanishini, muallif qaysi joylarga urg‘u berayotganini tushunishdir. Oldin aytganimdek, siz patologiyani mukammal bilishingiz mumkin, ammo u savolda qanday “ko‘rinishda” kelishini tushunmasangiz, foydasi kam bo‘ladi. Ko‘plab kasalliklarda simptomlar o‘xshash bo‘ladi, va aynan case’ning berilish uslubi ularni bir-biridan ajratishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
7 oy ichida ilk bor men yana First Aid Step 1 kitobini ochdim, chunki tayyorgarlik davomida Step 1 mavzulari bo‘yicha juda ko‘p case’lar uchray boshladi. AMBOSS bankining taxminan 30% - bu Step 1’dagi savollardir.
Men Diyora va Anoraga minnatdorchilik bildiraman — ular Step 1 materiallariga qayta sho‘ng‘ishimga yordam berishdi. Birgalikda mavzularni tahlil qilish, bilim almashish va bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash juda yoqimli edi. Bu ikki oy men uchun juda samarali va iliq o‘tdi - birgalikdagi tayyorgarlik sabab.
❗️ Shu bosqichdagi xatolar
Menimcha, First Aid’ni to‘liq qaytadan o‘qish ortiqcha bo‘lgan — faqat case’larda haqiqatan uchragan mavzularlargina qaytish kifoya edi. AMBOSS oxiriga yaqinlashganda qay darajada Step 1 dan nimalar so‘ralishi, nimalar esa umuman kerak emasligi juda ravshan bo‘lib qoladi.
CMS forms (2100) Avgust
Men har kuni ikki forma (100 ta case) bajarardim. Butun case’ni tushuntirishlari bilan birga skrinshot qilib, ichidagi muhim joylarni belgilab qo‘yardim. Har tong yangi blokdan oldin barcha yozuvlarimni qayta ko‘rib chiqardim — boshida to‘liq, keyin faqat yangi yozuvlar, tayyorgarlik oxiriga yaqin esa takrorlashni shanbalarga qoldirdim.

Bu bosqichda men The Match Guy kitoblarini o‘qiy boshladim. Ularnı topib bergani uchun Hojikabarga minnatdorchilik bildiraman. Ularning PDF’larida CMS formalarida tez-tez uchraydigan konseptlar juda qisqa, aniq va tushunarli qilib bayon qilingan. Juda tavsiya qilaman: har bir fanga atigi 20–30 sahifa, lekin juda aniq yozilgan. (Agar xohlasangiz, menga Telegram’da yozing — barcha PDF’larni darrov yuboraman, chunki pochta orqali juda uzoq kutishingiz mumkin.) Shu bosqichdan boshlab men YouTube videolarini ham qo‘shdim. Ayniqsa quyidagi kanallarni tavsiya qilaman:
- Rendy Nail
- Doctor High Yield
- Patho-Mnemonic
Bo‘sh vaqtlarimda ular videolarini ko‘rib, asosiy konseptlarni mustahkamlardim va tayyorgarlik jarayonini biroz “yengillatardim”. Avgust oxiriga kelib men chatlarni faol o‘qiy boshladim, guruhlar bilan yozishdim va study-partnerlar izlay boshladim.
💡 Birgalikda o‘rganish — tayyorgarlikni bir necha baravar tezlashtiradi. Bu chin haqiqat. Mavzularni birga muhokama qilish, tajriba almashish, qiyin case’larni birga yechish, hatto shunchaki ma’naviy qo‘llab-quvvatlash - o‘qishni tezroq, samaraliroq va ancha yoqimli qiladi. Bir maqsad sari harakat qilayotgan odamlar yoningizda bo‘lsa - siz ritmni yo‘qotmaysiz, orqaga surmaysiz va materialni ancha chuqur tushunasiz.
Telegram guruhlaridan samarali foydalanish
Melman guruhida men ko‘p hollarda qidiruvdan foydalanardim, “Ibrohim” deb yozardim (adminlardan biri) va uning tahlillarini o‘qirdim — u mavzularni juda yaxshi tushuntiradi, foydali lifehacklar beradi, va haqiqatan yordam beradigan jihatlarni belgilab o‘tadi.
Mavzularni birga o‘rganish uchun SGPU guruhini tavsiya qilaman. U yerda juda yaxshi bolalar yig‘ilgan — samimiy muhit, kuchli talabalar ko‘p, material almashish oson, ortiqcha banlar yo‘q 😂🌚
Agar muhokamalarda qatnashishga ulgurmasangiz ham, qidiruvdan kerakli kalit so‘zlarni yozib, case tahlillarini topib olishingiz mumkin.
Coursology xarid qilishga arziydimi?
Biz ko‘pincha Coursology haqida past narxi (90$ lifetime) va keng funksionali bor deb maqtaymiz, lekin haqiqatan ham hammasi idealmi?
Mana uning muammolari:
• UWorld Search deyarli ishlamaydi.
• Ichki AMBOSS kutubxonasi yo‘q.
• AMBOSS case’lari tushuntirishlari g‘alati ko‘rinadi, jadval va grafiklar yo‘q, ko‘p hollarda kasalliklarning qisqartmalarini Google’da qidirishga to‘g‘ri keladi.
• AMBOSS study plan yo‘q — bu esa tayyorgarlikda juda muhim o‘rin tutadi.
• 42 ta CMS formadan faqat 30 tasi mavjud, qolgani offline yechishga to‘g‘ri keladi.
• Probnic konverteri buzilgan.
• Eskirib ketgan testlar uchraydi, ular allaqachon olib tashlanishi kerak edi.
Siz aytishingiz mumkin: “Bu narxga yana nima xohlaysan?” Lekin mening do‘stim Muhammadsaidxon aytganidek: “Agar yaxshilik qilyapsan - oxirigacha qil” 😂 Ha, ishlab chiquvchilarga yozish va ulardan qidiruv yoki konverterni tuzatishni so‘rash mumkin, lekin original AMBOSS’ni to‘liq ko‘chirish mutlaqo imkonsiz. Shuning uchun men chin dildan original AMBOSS sotib olishni tavsiya qilaman. Men o‘zim Coursology’dan faqat NBME probniklari va CMS-formalar uchun foydalandim - va ba’zilarini baribir offline yechishga to‘g‘ri keldi.
Avgust oxiriga kelib men butunlay charchab qolgandim 😂 - sezilarli darajada ozdim, ko‘rish qobiliyati yomonlashdi, va boshimda faqat bitta o‘y bor edi: “hammasi yaxshi natija uchun!”. Shunda men Divine Podcasts tinglashni boshladim va vaqtincha kitob o‘qishni to‘xtatdim. O‘qish yaqinlashgani sari men tempni sekinlashtirdim — o‘zimga kelishim kerak edi, ustiga ustak ko‘zlarimni davolayotgan edim, shuning uchun o‘zimni ehtiyot qilib, yuklamani kamaytirdim.
Divine Podcasts - juda zo‘r podkastlar, unda material qisqa, aniq, go‘yo blitz-savol-javob shaklida beriladi. Men ularning taxminan yarmiga yaqinini eshitdim va albatta ularni takrorlash uchun tavsiya qilaman.
AMBOSS study plan + NBME + UWorld va AMBOSS 2-cycle (Sentyabr – Noyabr)
Bu - tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi edi. Bu davrda hamma narsa aralashib ketdi: institutdagi o‘qish, tayyorgarlik, ECFMG bilan bog‘liq muammolar, sog‘liq bilan bog‘liq qiynchiliklar. Boshlari juda qiyin bo‘ldi - aniq reja bo‘lmagani uchun hammasi tartibsiz bo‘lib ketdi.
ECFMG MyIntealth tizimiga o‘tganidan keyingi muammolar
Avval men imtihonni avgust oxiri - sentyabr boshida topshirmoqchi edim. Lekin ECFMG yangi platformaga o‘tishi barcha rejamni buzdi. Bir nechta jiddiy muammo paydo bo‘ldi:
1. “Next” tugmasining ishlamasligi
Eligibility period tanlamoqchi bo‘lsam, “next” tugmasi umuman ishlamasdi. Boshqa qurilmadan kirdim - yo‘q. Boshqa brauzer - yo‘q 😂
2. Formalarni tasdiqlash tizimi o‘zgarishi
MyIntealth’ga o‘tgach, barcha institutlar Form 183ni saytdan turib tasdiqlaydigan bo‘ldi. Oldin bu pochta orqali qilinardi, shuning uchun dastlab hech kim nima qilishni bilmasdi: qayerga yuborish kerak? kim tasdiqlaydi? institutga xat qachon keladi?
Hammaning boshida bitta savol, bitta muammo, nol aniqlik. Diyora bu masalani institutimizda hal qilishni o‘z zimmasiga oldi. Shuningdek, Boburga katta rahmat — u tasdiqlovchi shaxs rolini bajardi 🙏🙏🙏
“Next” tugmasi ishlamay qolganidan, men imtihonni qachon topshira olishimni bilmay, ikkinchi aylanishga o‘tib: case’larni qayta yechib, kuchsiz joylarni yopib formani ushlab turishga qaror qildim. Bir necha haftadan keyin eski noutbukdan kirib ko‘rdim. Birinchi urinish — yana hech narsa. Tasodifan yana bir marta bosdim — va hammasi ishladi 😂. Shundan keyin barcha amallarni faqat o‘sha qurilmadan bajardim.
Shu paytdan boshlab men NBME probniklarini yechishni va Study Plan’dagi case’larni bajarishni boshladim. (Imtihon kechikkani uchun eski free120 va UWSA3ni ham qo‘shdim.) Qolgan kunlarda esa kuniga 3–5 blok UWorld va AMBOSS (2-cycle) yechardim.
O`shanda StepTaker Wall Street’dagi gapni esladim: “Nonushtaga — 1 blok, tushlikka — 2-blok” 😂O‘shanda bu hazil tuyulgandi, lekin aslida juda haqiqiy bo‘lib chiqdi.
Men probniklarni va CMS formalarni ham study-partnerlar bilan qayta yechardim. Ammo bir notanish probnikdan keyin, men 30% UWorld va AMBOSSni qayta ko‘rib chiqqandan so‘ng tushundimki: imtihonga yaqin paytda bu yondashuv samarasiz.
Shuning uchun kunlik bloklar sonini 1–2 taga tushirdim va: kuchsiz tomonga e’tibor, mayda detallarni puxta o‘rganishga ko‘proq vaqt ajratdim.
Katta maslahat: Agar siz UWSA3’ni yechmoqchi bo‘lsangiz - faqat qo‘shimcha konseptlar uchun qiling. Scoreni umuman ko‘rmang. Va eng yaxshi vaqt - tayyorgarlikning erta bosqichi. Chunki oxirgi haftalarda u sizning ishonchingizni kuchli pasaytiradi. Eng yaxshisi - umuman qilmaslik ham mumkin 😂
AMBOSS Study Plan haqida. Bu — butun bank bo‘ylab muayyan mavzu asosida saralangan case’lar to‘plamidir. Masalan:
- faqat Patient Chart savollari
- faqat Etika bo‘yicha savollar
- yoki faqat bitta mavzu bo‘yicha case’lar
Bu usul aniq mavzularni tizimli yopishga juda qulay.

Majburiy:
- HY200 Step 2
- Patient Chart Questions
- Ethics
- Patient Safety + QI
- Biostatistics and Epidemiology
- Risk Factors
- Screening and Vaccination
Oxirgi 2–3 hafta davomida men asosan qolgan Janki kartalarini (taxminan 5000 ta yangi karta bor edi) yopishga va study-buddy bilan birga tahlillarga e’tibor qaratdim.
Probniklarni imkon qadar imtihon sharoitiga yaqin qilib bajarardim:
- ertalab yechardim
- tanaffuslar 5–15 daqiqa
- case yechish uslubini sinab ko‘rardim
- vaqtni boshqarish (time management) ustida ishlardim
- qo‘rquvni “charxlashga” ham harakat qilardim 😂
AMBOSS kutubxonasi (library) mening NBME natijalarimga juda katta hissa qo‘shdi - go‘yo yaratuvchilar aynan u yerdagi faktlardan va case’lardan foydalanib savollar tuzgandek tuyular edi. Agar siz UWorld, AMBOSS va CMS’dagi case’larni puxta tahlil qilsangiz va doimiy ravishda materialni takrorlab tursangiz, taxminan 250 atrofidagi score deyarli kafolatlangan bo‘ladi. Men juda ko‘p case yechdim va ishonch bilan ayta olaman: butun joylarda aynan bir xil konseptlar aylanadi - vazifa faqat ularni eslab qolish.
💡 Yuqori ball olish uchun hamma narsani bilish shart emas. Ko‘proq ahamiyatlisi - o‘rgangan narsangizni unutmaslik. Imtihon sizning “qancha bilishingizni” emas, bilganlaringizni qay darajada qo‘llay olishingizni sinaydi.
Mening probnik natijalarim:

Taxminan imtihonga 3 hafta qolganda men nihoyat sanani tanladim va chipta sotib oldim. Imtihonni Dubayda topshirishni tanlaganim sababi - u yerda issiq edi 😁
Alohida minnatdorchilik - Medcloud jamoasiga, ular menga imtihon uchun sherik topishga yordam berishdi. Agar bilganimda hammasi shunchalik qimmat bo‘lishini - balki men uni Turkiyada topshirgan bo‘lardim 😂 Aytishlaricha, sentyabrdan boshlab Dubaydagi narxlar ancha oshadi. Masalan: Turkiyada 7 kunlik mehmonxona $290 turardi, Dubayda esa bu taxminan $830ga chiqdi 🚬🗿 Umuman olganda hamma narsa juda qimmat edi.
Imtihonga 1,5 hafta qolganda yangi NBME Form 16 chiqdi. Shuning uchun probniklarni biroz shoshilinch yechishga to‘g‘ri keldi, va ehtimol aynan shuning uchun men imtihon haqida xavotirlanishga ham ulgurmadim. NBME 16 haqida aytadigan bo‘lsam - unda boshqa probniklarga qaraganda Patient Chart savollari ancha ko‘p edi.
Oxirgi kunlarda men asosan: etika, vaksinalar, skrininglarni takrorladim. Imtihondan bir kun oldin men Prometric markaziga bordim. U mehmonxonadan atigi 200–300 metr masofada joylashgan edi. Xodimlar juda xushmuomala bo‘lishdi, hammasini batafsil tushuntirib berishdi: nimalar mumkin, nimalar taqiqlangan. Istanbuldagi Prometric bilan solishtirganda - bu yer juda qulay, katta va xodimlar yoqimli edi. Men imtihonni topshirganlaridan ko‘p marotaba so‘raganman: “Imtihon aslida qanday bo‘ladi?”. Ammo hammaning javobi boshqacha edi: kimdadir omad bo‘lgan, kimdadir bo‘lmagan, kimning probniklari past, ammo real balli yuqori, boshqa birov aksincha. Shunda men tushundim - omad ham rol o‘ynaydi. Lekin bu taslim bo‘lishga bahona emas. Qaysi variant tushishidan qat’i nazar - mening vazifam yaxshi natija olish edi.
Imtihon kuni
Ertalab soat 7:00 da uyg‘ondim, nonushta qildim va yo‘lga chiqishdan oldin qisqa o‘ylab oldim. Yo‘lda biostatistika formulalarini takrorladim. Men yakshanba kuni topshirishni ataylab tanlagandim, chunki odam kam bo‘ladi deb o‘yladim, ammo men shunaqa o‘ylagan yagona odam emas ekanman 😂
Prometric’ga kelganimda allaqachon katta navbat bor edi. O‘zbekistonda yakshanba kuni bu vaqtda hech kim kelmas edi! Ichimdan o‘yladim: “Hammasi men uchun juda muhim bo‘lgan bu kunda nimaga hamma bu yerga kelib olgan, uxlab yotishmabdimiii?!” 😆 Meni darrov ichkariga chaqirishdi, hammasi shunchalik tez o‘tdiki, hatto narsalarimni to‘g‘ri joylashtirishga ham ulgurmadim. Deyarli barcha stollar band edi, xona shovqinli edi, eng yomoni - juda sovuq edi. Men longsleeve va jemper kiygan bo‘lsam ham, qo‘l-oyog‘im muzlab qoldi. Shuni yodda tuting. Hisobga kirgach, men avvalgi tavsiyalar asosida darrov: ID raqamimni yozdim, Ctrl+C qildim. Shunda keyin qaytadan yozishga vaqt ketmaydi - faqat Ctrl+V bilan qo‘yib qo‘yiladi.
1–2-bloklar shunchalik qiyin ediki — men haqiqatan yig‘lab yuborgim keldi 😭 Men o‘sha zahoti tushundimki, menga qiyin variant tushgan. Keyingi bloklar ham yengil bo‘lmadi - hammasi murakkab, chalkash case’lar bilan to‘la edi. Har bir blokda kamida 5–6 ta etika savoli bor edi. Hammasi shunchalik tez ketardiki — men hatto o‘ylab olishga ham ulgurmasdim. Bu mening hayotimdagi birinchi marta bo‘ldi - vaqt shunchalik yetmay qoldi. Men flag qo‘ygan savollarni qayta ko‘rib chiqishga umuman ulgurmadim. Har bir blokda 2–3 ta savol bo‘lardi, men bilardimki, noto‘g‘ri belgilab qo‘yganman, “keyin tuzataman” deb o‘ylardim, ammo amalda hech birini qayta ko‘ra olmadim. Butun testning taxminan 30–35% tanish edi, Qolganlari — butunlay notanish factlar va tushunchalar. Birinchi bloklardan keyin hech bo‘lmasa bir nechta savollarni eslab qolar edim - chatGPT’dan so‘rash uchun. Lekin 3–4-blokdan keyin miyam butunlay “o‘chdi”. Birorta savolni eslay olmadim. Hammasi bitta katta stress to‘lqini kabi o‘tib ketdi. Tashqariga chiqqanimda butunlay holdan toygan, kuchsiz edim.
Bu xatolar ishonchsizlikdan qilinadigan savollar emas edi - men ko‘p xato qilganimni aniq his qilardim. Shunda o‘zimga savol berdim: “Hamma narsa tugadimi? 250+ haqida unutish kerakmi? Balki fail? 220? Hamma mehnatim behudami?” Shu daqiqada menga tuyuldi - Amerika orzusi qo‘limdan chiqib ketayotgandek.
Uch hafta men natijani kutdim - rostini aytsam, shunchaki “avtopilot”da yashadim. Hech narsa bilan shug‘ullana olmadim. Agar bu fail bo‘lsa, keyin nima qilaman — tasavvur ham qila olmasdim. Natijalar tushlikdan oldin chiqishni boshladi. Sherigim “Pass” olganini yuborishi bilan men ham saytdan tekshirdim - meniki ham chiqib bo‘lgan ekan. Faylni 3 marta qayta yuklashga to‘g‘ri keldi. Yuragim esa tanadan chiqib ketadigandek urar edi. Va hujjat ochilmasidan oldin men ko‘rdim: Ball — 250’dan past. Lekin eng muhimi - bu yomon natija emas edi.
Hujjatni ochdim: 240. Bir tomondan biroz xafa bo‘ldim - bu men orzu qilgan ball emas edi. Ammo boshqa tomondan - nihoyatda yengillik his qildim. Menga tushgan variantlar fonida - bu aslida juda munosib natija edi 😄.
Bu yo‘l men uchun hech qachоn oson bo‘lmagan va men buni allaqachon qabul qilganman. Har bir bosqich mehnat, shubha, bedor tunlar, qayta-qayta boshlash bilan kelgan. Ammo aynan shu meni kuchli qildi.
Maslahatlar
❖ Yo materialni 100% o‘rganasiz, yoki o`rganganingiz natijasi bu 0%.
Bu aynan kuchlanish potensiali kabi - yarim bilim foydasiz. Hatto kichkina bo‘shliq ham testlarda sizga qarshi ishlashi mumkin. Agar nimadir tushunarsiz bo‘lsa - darhol do‘stlaringizdan so‘rang yoki hozir o‘rganib oling. Imtihonda afsuslanib o‘tirgandan ko‘ra - hozir tushunib olganingiz ming marta yaxshi. Har bir case to‘liq tayyorgarlikni talab qiladi!
❖ Men Step 2 uchun Melmannı tavsiya qilmayman.
Agar Step 1 uchun u qandaydir foyda bergan bo‘lsa, Step 2 uchun uning foydasi deyarli yo‘q. U shunchaki tayyor javob beradi, lekin mavzuni tushuntirmaydi. Bundan tashqari, Step 1 uchun mo‘ljallangan PDF’larida Step 2 uchun haqiqatan kerak bo‘ladigan ma’lumot juda kam.
❖ Faqat aktual (yangilangan) materiallarga tayaning.
Men ko‘p marta eskirgan ma’lumotlarni o‘qib, shuning uchun testlarda xatolarga yo‘l qo‘yganman. Natijada esa yanada ko‘proq chalg‘ish yuzaga keladi. Yaxshisi - boshidan boshlab faqat yangi ma’lumotlar bilan ishlang va ortiqcha muammo yaratmang.
❖ Buni oldin ham aytganman, yana takrorlayman.
Step 2 bo‘yicha o‘rgangan barcha materialni iloji boricha tez-tez takrorlab boring. Tez tayyorlanayapsizmi yoki uzoq muddatda - farqi yo‘q. Eng muhimi - imtihonga kelgan paytda o‘rganganlaringizni mukammal eslab turish. Doimiy takrorlash - barqaror natijaning asosi.
❖ Sog‘lig‘ingizni tayyorgarlik yo‘lida qurbon qilmang - hech bir imtihon bunga arzimas!
❖ Va nihoyat - mehnat qiling, maqsadingiz sari harakat qiling va Yaratgandan yordam so‘rashni unutmang.
Shunday tayanch bilan yo‘l har doim yengilroq va yorqinroq bo‘ladi.

Minnatdorchiliklar
Men tayyorgarligim davomida yonimda bo‘lgan barcha odamlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Men cheksiz minnatdorman Yaratganga - meni shunday ota-onaning farzandi qilgani uchun. Ular har doim meni qo‘llab-quvvatlaydi, tashvish qiladi, yo‘limda duo qiladi. Mening barcha yutuqlarim - avvalo ularning yutuqlaridir. Ularning menga bo‘lgan cheksiz ishonchi uchun tashakkur.
Mentorim Timurga alohida rahmat - boshlanishdan oxirigacha menga ko‘makchi bo‘lganlari uchun.
O‘z study-buddylarimga ham minnatdorchilik bildiraman: Abdulhamid, Maruf aka, Anzor, Xojiakbar, Azimxon va Muhammadsaidxon. Yordamlaringiz, men qiynalgan joylarni tushuntirib berganingiz, doim qo‘llab-quvvatlaganingiz, mavzularni unuttirmaganiingiz va menga doim savollar tashlab turganingiz uchun rahmat.
Jaloliddinga ham katta rahmat - u men bilan boshqa davlatga uchdi va eng kerakli vaqtda qo‘llab-quvvatladi.
Ustozlarim Farhod aka va Musoga bilimlarimning mustahkam poydevorini qo‘yib berganlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Aloqa uchun:
Telegram: @callmejoeblack
Instagram: javokhirmurodovmd
Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:
- USMLE STEP 1 - PASS | Nurmuhammad
Men qila olmayman, UWorld natija past chiqdi, men bu narsani tushuna olmayman degan hislar yo'lning ohiri ko'rinmasligi kabi hislar tabiy va siz buni yengib o'tasiz huddi men kabi.
2. USMLE STEP 1 - PASS | Shokhrukhbek
USMLE — bu tayyorgarlik koʻrish hamda ruhiy holat va sogʻliqni saqlash oʻrtasidagi muvozanatdir.
3. USMLE STEP 1 - PASS | Nurjakhon
... USMLE yo`lida men inson sifatida ulg‘aydım, o‘zgardim, atrofimdagi odamlar, dunyoqarashim o‘zgardi va uzoq orzu qilgan shaxsga aylandim. Bu uzun va mashaqqatli yo‘ldan o‘tganimdan aslo afsuslanmayman
Foydali havolalar:
Veb-sayt: https://www.medcloud.uz
Telegram: https://t.me/medcloud
Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot
Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz