USMLE STEP 2 CK - 249 | Maruf
MedcloudAssalomu aleykum, mening ismim Ma’ruf, TMA 3-kurs magistriman. Step1 ni 2023-yilda topshirib, magistraturaga kirgan edim. 2026 yil mart oyida USMLE Step 2 imtihonini 249 ballga topshirdim va tayyorgarlik jarayoni bilan bo`lishishga qaror qildim.

Ushbu matnni ko’pchilik oxirigacha o’qimasligi mumkin. Shuning uchun boshlashdan oldin etmoqchimanki, eng asosiysi to’xtatmasdan (дисциплина), uzoq tanaffuslarsiz, konsentratsiya bilan o’qish- bu imtixonlarni iloji boricha tezroq va yaxshiroq topshirishning oltin kalitlaridan biridir.
Magistraturaga kamroq vaqt sarflasam, qolgan ko’p vaqtimda step 2 ck tayyorlanaman deb o’ylagan edim, afsuski buning teskarisi bo’lib chiqdi. Shunday qilib o’qish mobaynidaUworld juda ham cho’zilib ketti. 2025 -yil 2 oy yozdagi kanikulda 2 yilda yechib tugata olmagan Uworldni va CMS formalarni yechib tugattim, o’qish boshlanmasdan oldin imtixonni topshirish uchun. Avgust oyida NBME 9 yechdim 244 chiqdi. Undan so’ng avgust oyining oxirida NBME 11 yechdim 252 chiqdi. Afsuski,bundan so’ng o’qish boshlanib qoldi. O’qish boshlangandan 10 kun o’tib keyingi NBME 10 234 chiqdi. Undan keyin NBME 12 233 chiqdi. Bu albatta odamni xafa qildi. Bundan so’ng UWSA 1 (21.09.25) = 234 ni yechib ko’rdim, shu narsani anglab yettimki, imtixonni topshirish uchun deadline period da iloji boricha chalg’imasdan maksimal fokusni faqat imtixonga qaratish kerakligini tushundim. 1 -semestr tugamasdan oldin buni ilojisi yo’qligini tushunganligim uchun fevral oyigacha magistrlik dissertatsiyam bilan birgalikda, Amboss Qbank ni va Uworld (second time) bilan CMS (second time) formalarni yechib chiqdim . O’qish paytlari Inner circle ni ham o’qib chiqdim. Bu resurslardan so’ng, step1 da bo’lgani kabi o’zimga bo’lgan katta ishonch paydo bo’ldi:
ALL CMS forms = 83%
Uworld 1st cycle= 71%
NBME 10 . Second time(17.12.25) = 256
NBME 11 . Second time (25.12.25) = 260
NBME 12 . Second time (28.12.25)= 260
UWSA 1 . Second time (30.12.25)=247
NBME 13 (10.01.26)=237
NBME 14 (03.03.26)= 251
UWSA 2 (07.03.26)= 251
NBME 15 (14.03.26) = 255
NBME 16 (20.03.26)= 263 (82%)

P.S. O’zim uchun eng qiziqarli narsa shuki,STEP 1 uchun ishlagan NBME lar ham deyarli bir xil minimum 72,5 % (NBME 25= 72,5%) dan boshlangan, (NBME 30 = 80%) maksimum 82% (NBME 28= 82%) bo’lgan. Uworld ham 1-cycle = 71% bo’lgan.
DAY X
Imtixonni Istanbulda topshirdim, shu kuni prometric yaqinidagi qurilishdan judayam qattiq shovqin eshitilib turdi. Test yechayotgan paytimda temirni temirga urilishini nechtaligini sanab o’tirdim. Perforator tovushi oddiy fonga qo’yilgan muzika kabi edi. Aksiga olib burun ham yopilib qolgan edi, bunday holatlar uchun rinoksil kabi dorilar olish esdan chiqmasin ( man olmagan edim). Boom-boom tovushlar bilan og’izda nafas olib , maksimal konsentratsiyada test yechishni deyarli imkoni bolmadi. Har blokdan keyin tanaffusga chiqdim va o’zimga o’zim motivatsiya berib ichkariga kirdim. Ethica savollarini yaxshi tushunmaganligim uchun faqat ingliz tilini o’qish kerakmidi degan fikr bilan yechdim.Oddiy qilib etganda bu kun mani kunim emas edi. P.S. Lekin, qanaqa holat bolishidan qat’iy nazar o’sha holat uchun maksimal harakat va chin yurakdan o’sha ishni bajarish kerak.
Bu yo’lda mani qo’llab quvvatlagan hammaga kottakon rahmat. Agar bu insonlani bittalab ismini yozadigan bo’lsam alohida bitta kitob bo’lar ekan, shuning uchun bu hisobotni o’qayotganlarni qiynagim kelmadi.

Barchaga omad tilayman!
Bog`lanish uchun kontakt:
t/me: @KhabibullaevMaruf
inst: @habibullayevmaruf
Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:
1.USMLE STEP 1 - PASS | Sukhrob
... When people believe in you, it gives you courage and motivation, but when you believe in yourself, it gives you persistence, determination and infinite energy
2. USMLE STEP 2 CK – 254 | Khojiakbar
...tayyorgarlik davomida siz hech narsa yo‘qotmaysiz. Aksincha, juda qimmatli bilimlarga ega bo‘lasiz. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tsangiz esa qo‘lingizda siz kutmagan imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin bo‘lgan sertifikat bo‘lad
3. USMLE STEP 2 CK – 252 - Mirziyo
...bu hali yakun emas, oldimda hali katta ishlar turibdi
Foydali havolalar:
Veb-sayt: https://www.medcloud.uz
Telegram: https://t.me/medcloud
Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot
Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz