USMLE STEP 1 – PASS | Zayniddin

USMLE STEP 1 – PASS | Zayniddin

Medcloud

Bu yerda yozgan ko`p gaplarim 1-kurs Zayniddin bilishini istagan xulosalarim.

Hozirgacha juda ko'plab steptakerlar hisobotlarini o'qib chiqqanman va ular menga turli bosqichlarda turlicha yordam bergan. Mening ham hisobotim kimgadir foydasi tegadi degan umiddaman.

Assalamu alaykum. Men Sayfullayev Zayniddin, ADTI 6-kurs talabasi, Namangan viloyati Chust tumanidanman va 2026 yil may oyida USMLE Step 1 imtihonini topshirdim

My score report

Boshlanishgacha davr

Men ham ko'pchilik kabi abituriyentlik paytida juda qattiq tayyorlanib o'qishga kirganman. Lekin institutdagi sistemani ko'rib ko'nglim o'qishdan qolib ketgan: "shuncha tayyorlanganim shu uchun edimi?"- deb o'qishni tashlab qo`yganman.

1-kurs oxirida akademik ta'til olib chiqib ketishimga juda oz qolgan, lekin baribir "dux" yetmagandi bunday qilishga.

2-kursni o'zimni majburlab boshladim, lekin tibbiyotga qiziqishim yo'q edi (hayollarimda meni asli uydagilar majburlagan, bu meni tanlovim bo'lmagan degan fikrlar bo'lardi, lekin buning asl sababi tibbiyotda bilim yo'qligi bo'lgan)

Tanishlarimdan Tibosfera kursi haqida bildim va unga qo'shilishga qaror qildim. Kunlik oz bo'lsada dars qilishni boshladim guruhda. Shu tarzda 1 yilcha vaqtim o'tdi.

Shark Science

3-kursligimda Shark Science farmakologiya kursiga qo'shildim va bu eng katta o'zgarish qismi bo'ldi. Javohir akani bilim saviyasi, usmle haqida birinchi tushunchalar, klinik ahamiyati rostan ham bor bo'lgan informatsiyalar bilan tanishdim.

O'sha paytda Javohir akaga faqat havas bilan qarardik do'stlarim bilan, lekin usmle yo'lida o'zimni hali tasavvur qilolmasdim, chunki bu yo'l juda katta intizom, qat'iyat talab qilardi, men esa darsdan yarim soat oldin mavzudan ozgina narsa yodlab olib 4-5 baho olib yuradigan "a'lochi" edim (синдром отличника).

Shu paytlarda o'zimga o'zim qachondir hamma fanlarni 0 dan boshlab boshqattan chuqur o'rganib chiqaman deb yurardim (o'zimni ovutardim/aldardim vijdon azobidan), lekin o'tirib 2-3 soat har kuni intizom bilan dars qilish menga noreal, men eplolmaydigan ishdek tuyulardi (ta'lim sistemasi ko'zida olov chaqnaydigan, kuniga 10 soatlab dars qiladigan abituriyentlardan - o'ziga ishonolmaydigan talabalarga aylantirgandi bizni)

Borgan sari USMLEga qiziqishim oshdi va Medcloud youtube kanalini topib oldim. Medcloud youtube kanalida steplarni topshirganlar bilan qilingan intervyularni deyarli hammasini ko'rib chiqdim. USMLE steplarni topshirganlar ham bizga o`xshagan oddiy talaba, ularda ham bizdagi kabi qiyinchiliklar bo`lganini, ular ham 0 dan boshlashganini ko`rib ichki motivatsiyam yanada oshdi.

IELTS davri

2023-yil may oylarida ingliz tili kursiga pre-ielts bosqichiga yozildim (ungacha ham 1-3-kurslar paytida juda ko'p marta kurslarga yozilib birortasini oxirigacha yetkazmagandim). 2 oycha offline, 7 oy online kurslarda IELTSga tayyorlandim. Shu paytda sekin asta self-study shakllana boshladi, aynan shu davrda readingni oshirish maqsadida muntazam Anki(game-changer) bilan ishlashni boshladim.
2024-yil yanvar oyida IELTS 7.5 oldim.

Bu men uchun juda katta motivatsiya bo`ldi.
Bu natija menga - "men ham nimadir qila olarkanman" degan fikrni berdi. Self-esteem yaxshigina boost bo'ldi. Vazir stipendiyasi sababli ancha moliyaviy erkin bo`ldim.

Medcloud

2024-yil fevral oyida vanihoyat uzoq kutilgan medcloud kurslariga qo'shildim va ..... boshlandi step 1 journey.

Darslarni o'tgan Farxod aka juda qiyin konsepsiyalarni sodda qilib oson tushuntirar va hamma info klinik ahamiyati bor narsalar edi (faqat yodlashga asoslangan kurs emas edi). Shu paytgacha men ham (el qatori) teoriya bilan amaliyot baribir farq qiladi deb o'ylardim, lekin teoriya oshgan sari bu fikr uydirma, vapshe noto'g'ri ekanini tushundim (hozir biror kim shunday desa demak uni teoriyasi yetarlicha kuchli emas amaliyotdagi klinikani tushunib olishga degan fikrdaman)

Farxod akani darslarini juda katta qiziqishlar bilan ko'rardim, vaqtim bo'ldi deguncha dars qilgim kelaverardi. O`zimda ancha yillardan beri kuzatilmay qolgan holat - ishq bilan dars qilishga istak paydo bo`lgandi.

Medcloud kurslari bilan embriologiya, anatomiya, neyroanatomiya, fiziologiyani tugatdim. Ba'zi sabablar tufayli kurslardan chiqib ketdim va qolgan fanlarni youtube va bootcampdan foydalanib tugatdim.

Youtube

  • Second aid videodarslari
  • Dirty medicine
  • Ninja nerd darslaridan foydalandim.
  • Bootcamp va BnB dan esa immunologiya, patologiya, nevrologiya, mikrobiologiya ba'zi qismlarini ko'rdim. General farmga Shark science darslari (retseptorlar va ANS darslari)

UWORLD

2025-yil fevral oyida uworld 1 yillik obuna sotib oldim. 1 yil davomida keys ishlab bordim. Kuniga qanchalik harakat qilmay, baribir 10-15 donagina keys ishlab tahlil qila olardim, chunki uworlddan men learning tool sifatida foydalandim. (50 foiz fanlarni kurslar orqali o'rganganman xolos, qolganini uworld orqali "добивать" qilganman).

Yana bir narsani shu yerda ta'kidlamoqchiman. Uworld ishlaydigan paytlarimda ham kuniga maksimum 3 soat aktiv (taymer qo'yib ) dars qila olardim xolos. Bundan ko'piga sabr va miya chidamasdi. Kuniga 7-10 soatlab dars qiladiganlarni, har kuni 40-80 ta UWORLD keyslarini ishlaydiganlarni o`qib ba'zida demotivatsiya bo'lardim. Qanchalik kuchanmay, kutubxonaga chiqmay, baribir bundan oshirolmasdim.
Buni yozishimdan maqsad: Biz ba'zi usmle o'qiyorganlarni kunlik dars qilishini ko'rib o'zimizga bu yo'lni tasavvur qilolmaymiz (huddi men kabi). Patfizdan qayta topshirishga qolgan, anatomiyadan bazoviy narsani bilmaydigan, ingliz tilini o'ninchi marta qayta boshlayotgan talabaga bu yo'lni tasavvur qilish rostan ham qiyin (buni men juda yaxshi bilaman). Lekin shunchaki boshlash kerak ekan. 2 yil har kuni oz-ozdan dars qilibgina kunlik 5-6 soat bemalol dars qilish bosqichiga chiqdim. Shunda ham har kuni bir xil motivatsiya bo'lmaydi hozirgacha.

1 yillik UWORLD obunam tugayotganda ularga email yozdim yana 30 kun qo`shib bering deb va 3-4 soat ichida ulardan qoniqarli javob keldi va yana bir oyga cho`zib berishdi (мой шок в шоке). Buni step topshirganlarni hisobotida o`qib o`rgangandim va mendan nima ketdi deb sinab ko`rgandim.
2026-yil mart oyida Mahmudjon do'stimiz (Crest) maslahati bilan birinchi nbme ishlab ko'rdim. Nbme 26- 78.5% chiqdi. Bu paytga kelib endigina uworldning 65% tugagandi xolos (13 oyda!). Bu natija juda yaxshi ko'rstagich edi.

Yana bitta yangiroq formani ishlashni tavsiya qilishdi. Nbme 30 ishladim, lekin juda shovqin muhitda ishlaganim sababli - 65% chiqdi xolos.

Shundan keyin uworld to'xtatib, nbme ishlashga o'tdim. (Agar nbme score 70-75% chiqsa UWORLD tugatib o`tirish shart emas, nbme ishlab- kamchiliklar ustida ishlash kerak)

Mart-aprel oylari ichida :

Nbme 31- 79.5%

Nbme 32-75.5%

Nbme 33- 78.5%

4-may kuni free 120 ishladim- 73%

Imtihonni 7-may kuni topshirdim. Imtihonda juda ko'p weird questions, weird answers tushdi. Chiqib fail bo'ldim deb o'yladim. Javohir akaga yozsam bu tabiiy holat, "chill bro" dedi. 2 hafta qanchalik o'ylamaslikka urinsam ham baribir miyada fail vs pass kechdi.

20-may kuni juda kuchli hayajon bilan natijani kutdim (rosti ko'proq fail kutgandim). Klinikadagi 2 ta Ustozim bilan natijani ochdik (Ustozlarim ataylab videoga olishdi bu jarayonni, kanalga kesmasdan joylab qo'ydim, qanchalik kuchli hayajon bo'lganini ko'rish uchun). Saytga kirish ancha qiyin bo'ldi. Va oxiri juda uzoq kutilgan PASSni ko'rdim. Klinikada baqir-chaqir, bayram boshlanib ketdi.

27 oy davomida kutgan ishimni qildim - ota-onamga natijamni aytish uchun qo`ng`iroq qildim. Ko'chaga chiqib ularga telefon qildim, ular ham natijani kutishayotgan edi, aytganimda keyin ikkalalarini xursandchiliklari bu 27 oy ichidagi jamiyki qiyinchiliklarim, siqilishlarim, o'zimdan nafratlanishlarini yuvib ketdi (kechasi uxlarkanman o`zimdan norozi bo`lib, o`zimdan nafratlanib uxlardim tayyorgarlik paytida)

Xulosalar

1) it takes longer than you expect. Men 2025-yil avgustida topshiraman derdim, lekin biror tanaffus qilmagan bo'lsam ham bu jarayon deyarli 1 yil ko'proq vaqtni oldi

2) shunchaki boshlash kerak. 2 yil vaqtiz o'qisangiz ham, o'qimasangiz ham baribir o'tadi (ishoning). Eplolmayman, intizomim yo'q, juda qiyin degan fikrlar bilan yursangiz ham shu vaqt o'tadi, kuniga 1 soat bo'lsa ham dars qilib bu yo'lga kirsangiz ham shu vaqt o'tadi, keyinchalik bu 1 soat juda sekin-asta o`sib boradi (e`tibor bering: juda sekin o`sib boradi!)

3) mindset juda muhim. Medcloud intervyularidan olgan eng katta xulosam- boshlashdan oldin mindsetni to`g`irlab olish: nima bo'lsa ham oxirigacha boraman degan fikrni shakllantirib olish.

Mayli 1 yilda tugatmasman, mayli 2 yil ketar, mayli balki 3 yilga ham cho`zilar, mayli kunlik uworlddan 40 tadan hammaga o'xshab keys ishlolmasman, mayli kunlik 10 soat dars qilolmasman, lekin nima bo'lsa ham oxirigacha boraman degan mindset bor edi menda boshlashdan oldin va bu eng muhim narsa bo'lib chiqdi.

Usmle bu - talant haqida emas. Usmle bu - 2 yil davomida kechqurun - boree endi o'qimayman, jonimga tegdi, men luzerman deb kechasi o'zidan nafratlanib yotib, ertasi qayta yana dars qilishga o'tirish haqida

4) yuqorida ko`p urg`u berib yozmabman, lekin tayyorgarlik boshidan to imtihonimgacha doim har bir yangi informatsiyadan ANKI qilib, takrorlab yurganman. Anki ishlatish must to do. O'rtada ANKI qilmay qo'yganimga ham men bir necha oy vaqt yutqizdim. Erinsangiz ham, zerikarli tuyulsa ham, foydasini ko'rmasangiz ham doim yangi info dan anki qiling va har kuni takrorlab boring (ishoning rahmat aytasiz)

5) iloji boricha sherik yoki jamoa bilan tayyorlaning, yoki hech bo'lmasa bu yo'lni bosib o'tgan va doim muloqot qilib turadigan mentoriz bo'lsin. Menda bular bo'lmaganiga ham ko'p vaqt ketib qoldi. Xato qilib keyin xulosa chiqardim.

6) o'zimni sohamni o'rganib olsam bo'ldi, qolgan hamma fanni chuqur o'rganib nima qilaman degan fikrlarga chalg'imang, menga o'xshab ko`p vaqt yo'qotib qo'yasiz

7) iloji boricha ertaroq keys ishlashni boshlang (Rx, Amboss, Uworld). Hamma fanni tugatib keyin ishlayman deyish mutlaqo xato (yana bitta men qilgan katta xato)

Minnatdorchilik

1) Ota-onam menga qilgan ishlarini juda ko'pchilik qilib berolmaydi farzandiga. Jamiiyki moliyaviy, ruhiy, emotsional qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat.
Dadam aksariyat tibbiyot talabalaridan ko`proq usmle haqida biladi garchi tibbiyot sohasidan bo`lmasa ham. Doim mendagi progressni so`rab borishdi, shijoat tushib ketganida rag`batlantirib turishdi. Barchasi uchun ularga katta rahmat.

2) Javohir akaga (dr.shark). Usmle yo'limni boshlashimning eng asosiy sababchisi. Shular sabab Usmle nimaligini bilganman (qolgan barcha ADTI talabalari kabi). 2 yil davomida maslahatlar so'raganimda yordam berganlari va ayniqsa registratsiyadagi katta yordamlari uchun tashakkur. Can`t thank you enough man!

3) Medcloud jamoasi va xossatan Farxod akaga. № 1 Ustoz. Bu yo'lni boshidan oxirigacha chizib bergan va o'zi ham shu yo'lni boshidan oxirigacha bosib o'tgan inson. Hayotimda katta o'zgartirish qilganlari uchun rahmat. Darslardagi hazillar orqali tushuntirgan konsepsiyalar uzoq yillar davomida esdan chiqmasa kerak.

4) Men uchun juda qadrli birodarim (sal kam egizakim) Asadbekka. Tayyorgarlik davrida va imtihon kunlarida ham moliyaviy, ham emotsional qo`llab turdi. 27 oy davomida meni xarakterimni ko`targani :), o`zim ishonolmagan paytlarda menga doim ishongani uchun.

4) Barcha do'stlarim, yaqinlarim, qarindoshlarimga (xossatan Parvina opamga) rahmat. Yig'inlar, o'tirishlar, to'ylarga darsim bahonasida bormasam ham tushunganlari uchun va doim qo'llashganlari uchun.

5) Jonajon Opam va singlimga - mehr va muhabbatlari uchun

6) Javohir aka (Ken)ga bergan maslahatlari uchun.

7) Mahmudjon va Farruxbeklarga kerak paytdagi kerak maslahatlariga.

8) Medcloud adminiga - zoom tashkillab plan tuzish va imtihonni qachon topshirishga yordam berganlariga

9) Men bilan kutubxonada dars qilishga chiqqan kvartiradoshlarim va telegram kanalda men bilan birga chatda dars qilganlarga rahmat.

10) O`zimga o`zim ishonolmagan paytlarimda - menga ishongan hammaga !


Meni shu yerdan topasiz:

Tg - https://t.me/Dr_MediX

Instagram: zayniddin_sayfullayev



Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:


  1. USMLE STEP 1 - PASS | Diyora
...aynan shu sinovlar ichidan o‘tarkanmiz, ular bizni bir paytlar so‘ragan ne’matlarimizga tayyorlab boradi.

Hisobotni o'qish


2. USMLE STEP 2 CK - 240 | Javokhir

...bu yo‘l men uchun hech qachоn oson bo‘lmagan va men buni allaqachon qabul qilganman. Har bir bosqich mehnat, shubha, bedor tunlar, qayta-qayta boshlash bilan kelgan. Ammo aynan shu meni kuchli qildi.

Hisobotni o'qish


3. USMLE STEP 1 - PASS | Nurjakhon

... USMLE yo`lida men inson sifatida ulg‘aydım, o‘zgardim, atrofimdagi odamlar, dunyoqarashim o‘zgardi va uzoq orzu qilgan shaxsga aylandim. Bu uzun va mashaqqatli yo‘ldan o‘tganimdan aslo afsuslanmayman

Hisobotni o`qish



Foydali havolalar:

Veb-sayt: https://www.medcloud.uz

Telegram: https://t.me/medcloud

Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot

Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz

Report Page