"IMKON" nomli grant loyihasi

"IMKON" nomli grant loyihasi

Najot Ta'lim


Ushbu loyiha orqali yoshlarning IT sohasidagi saviyalarini oshirish, O'zbekistonda IT mutaxassislar sonini ko'paytirish, kelajak avlodni raqamli iqtisodiyot ruhida tarbiyalash ko'zda tutilgan.


Yoshlarga ushbu yo'nalishlardan ta'lim berish reja qilindi:


Grafik dizayn

Veb dasturlash



Moushn grafika

Digital marketing

Social media marketing

Darslar yo'nalishlarga ko'ra 2 oydan 5 oygacha oflayn tarzda olib boriladi. Kurslarga dastlab 100 nafar o'quvchi, ya'ni har bir yo'nalishdan 20 nafardan o'quvchi qabul qilinadi.


Eslatib o'tamiz, Imkon loyihasi bo'yicha onlayn darslar avvaldan boshlangan bo'lib, ushbu grant Toshkent shahridagi nogironligi bo'lgan yoshlar uchun oflayn rejimda chuqurlashtirilgan holatda olib boriladi. Loyiha natijasiga ko'ra, keyingi bosqichlarda boshqa hududlarga ham tatbiq etilishi mumkin.


Loyihada ishtirok etish uchun murojaatlar 30-sentabrga qadar onlayn qabul qilinadi. Nomzodlar Yoshlar ishlari agentligi va Najot Ta'lim markazi xodimlari tomonidan suhbat asosida saralab olinadi.


Kurslarda kimlar ishtirok eta oladi?

• Ushbu loyihada 15-30 yoshgacha bo'lgan, IT sohasiga qiziquvchi nogironligi bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin bo'ladi.


O'quvchilardan nimalar talab etiladi?

• Darslarda ishtirok etish uchun o'quvchilardan sohaga bo'lgan qiziqish, intiluvchanlik talab etiladi. Vazifalarni to'liq bajarishingiz hamda mustaqil o'z ustingizda ishlashingiz uchun shaxsiy noutbukingiz ham bo'lishi lozim bo'ladi. Darslar Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi binosida bo'lib o'tgani bois, darslarga kelib ketish lozim bo'ladi.

Kurslarda ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

Kurslarda ishtirok etish uchun 30-sentyabrga qadar quyidagi google so'rovnomaga o'z ma'lumotlaringizni kiritib, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Ro'yxatdan o'tganingizdan so'ng, operatorlar siz bilan bog'lanishadi. So'rovnoma: https://bit.ly/2FgvTCV


Administrator bilan bog'lanish


Telefon raqam: +998712001123

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 2-uy


IMKON loyihasidagi tashkiliy jarayonlar Yoshlar ishlari agentligi va Najot Ta'lim ijtimoiy tarmoqlari orqali joylab boriladi.

@yoshlar_ishlari_agentligi

@najottalim




Report Page