Moushn Dizayner bo'lishga Imkon bor

Moushn Dizayner bo'lishga Imkon bor

Najot Ta'lim
Video bizning hayotimizda oʻz oʻrnini egallab ulgurdi. Televideniye, kino sanoati, reklama, youtube, instagram bloglari, onlayn taʼlim va yana boshqa hamma yerni video egalladi. 

Videobloggerlik va youtube kanallari kundan kunga ommalashmoqda. Bugungi kunda vloggerlar chiroyli, maʼlumotga boy va qiziqarli videolarni kun sayin chop etishmoqda. Turli tadbirlarni nishonlashda, safarlar, oilaviy tadbirlar kabi hayotimizning eng unutilmas va baxtli onlarni oʻzimiz bilan video sifatida saqlab qolishni hammamiz xohlaymiz. Video montajni oʻrganish har bir kishi uchun videoning eng yaxshi va qiziqarli qismlarini tahrirlash va tayyorlash imkonini beradi.


Agar eʼtibor beradigan boʻlsak videoni toʻliq shaklda hech kim ulashmaydi. Albatta u montaj orqali ishlov berilgan va tomoshabin uchun koʻrish qulay boʻlgan holatda ko'rsatiladi. Yaʼni, eng, eng, eng yaxshi lavhalar videomontaj orqali ishlov berilib toʻliq bir shaklda bizga taqdim etiladi.

Siz videomontaj va moushn grafikani oʻrganishingiz uchun kinomotagrafiya maktabida oʻqishingiz yoki turli xil saytlardan videoni qanday qilib montaj qilishni qidirib va ularni koʻrib vaqtingizni oʻtkazishingiz endi shart emas.

Najot Taʼlim markazi sizni Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etilgan oʻzbek tilidagi “Moushn grafika va video montaj” kurslariga taklif etadi!

Moushn grafikaning asosiy maqsadi mahsulot haqida maksimal darajada axborot yetkazgan holda diqqatni oʻzida jalb qilish va ushlab turishdir. Moushn grafika multfilm yoki videodan tortib, uzun yoki qisqa tugallangan boʻlishi ham mumkin. Video tayyorlash uchun animatsiyaning turli xil koʻrinishlarida video va audio effektlar hamda grafik dizayn vositalaridan foydalaniladi.

Moushn grafika yangi, talabgor, ehtiyoj yuqori, kelajagi bor zamonaviy kasblardan biridir.

Animatsion grafika, biznes hamkorlarga gʻoyani, biznes loyihani vizual shaklini, butun kompaniya illustratsiyasini ideal tarzda taqdim qilishda xizmat qiladi.


  • Qisqa vaqt ichida mazmunli holda koʻp narsani ifoda qilish. Katta sigʻim va oson oʻrganish;
  • Qisqa rolikda g'oyaga boy koʻp maʼlumotlarni joylashtirish;
  • Zerikarli matn oʻrniga effektli va oʻziga xos video; (Koʻpchilik foydalanuvchilar videodagi matnni oʻqishadi. Moushn grafika shuning uchun ham kerak)


Video montajchi — video materiallar bilan ishlaydigan kishi. Videolavhalar, musiqa, ovoz, 3D modellar, matn bilan ishlaydi.


Materiallarni kesish, kadrlarni joylashtirish, ovoz bilan tasvirni moslashtirish, maxsus effekt va 3D modellardan foydalanish, shuningdek titr matnlar bilan shugʻullanadi. Qisqa qilib aytganda montajchi qoʻlida bor boʻlgan video va audio fayllardan tayyor mahsulot ishlab chiqaradi.


Moushn grafikali videolar allaqachon jahon bozorlarida turli yo'nalishlarda foydalanib kelinmoqda. Reklamalar hatto kino sanoatida ham juda keng ishlatilmoqda. E'tibor beradigan bo'lsangiz AQSHdagi eng katta kinokorporatsiyalar deyarli 100% videolarida moushn grafikani ishlatadilar, xususan MARVEL.


Onlayn ro'yxatdan o'tish


Administratorga bog'lanish


Telefon: +998712001123 


@najottalim

@yoshlar_agentligi_rasmiy


Report Page