Grafik dizayn bo'lishga Imkon bor

Grafik dizayn bo'lishga Imkon bor

Najot Ta'lim

• Dizayn deganda koʻpchilik rassomchilik yoki tikuvchilik kabi kasblarni hayoliga keltiradi. Ba'zilar esa, 3x4 rasm chiqarish uchun rasmga tushirib chiqarib beradigan insonlarni grafik dizaynerlar deb hisoblaydi.


Grafik dizayn aslida, boshqa bir yoʻnalish hisoblanadi. Internet saytlar, mobil ilovalar, jurnal va gazetalar, kitob va disk muqovalari, restoran menyulari, mahsulot kataloglari, vizitkalar, mahsulot qadoqlari, sanoat tovarlari, reklama bannerlari, flayer va bukletlar, nishon va sertifikatlar, hayotimizda koʻrishimiz mumkin boʻlgan koʻplab narsalar grafik dizaynga yaqqol misol bo'la oladi.

• Grafik dizaynning ham o'ziga xos turli yo'nalishlari bor. Bular: Brend dizayn, SMM dizayn, Qadoq dizayni, Poligrafiya dizayni hamda Web dizayn.

Grafik dizayner - Kompaniya brendi, logotip, ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi dizaynlar, qadoq dizaynlari, vizitka, banner va shu kabi poligrafiyaga oid yoki saytlar, mobil ilovalar, dasturlar uchun dizaynlar tayyorlash kabi ishlardan biri bilan shug'ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi.

Dizayn texnologiyalari

● Dizaynda kompozitsiya asoslari

● Icon va iconagafiya

● Font turlari

● Rang psixologiyasi

● Stilizatsiya

● Sketching


SMM dizayn

● Ijtimoiy tarmoqlardagi posterlar dizayni

● Cover, user avatar

● Web banner


Poligrafiya dizayn

● Bilboard

● Vizitka

● Biznes card

● Flayer

● Muqova

● Kalendar

● Etiketka

● Katalog

● Jurnal

● Roll up


Qadoq dizayni - Packaging design

● Oziq ovqat qadoqlari, ichimliklar, qurilishi mahsulotari va boshqa qadoqlanuvchi mahsulotlar dizaynlari


SMD - ya'ni social media design - ijtimoiy tarmoqlar dizaynidir. Biz har kuni o'qiydigan yangiliklarimiz, facebook, telegram, instagram va boshqa tarmoqlar orqali yuklanib boradigan postlar dizaynidir.

Stikerlar esa, biz kundalik hayotimizda ko'p foydalanadigan telegram dasturida do'stlarimiz va yaqinlarimizga ulashib boradigan turli xil stikerlardir.


To'y va mehmondorchilik uchun yasaydigan taklif nomalardan tortib, Ko'chada katta bannerlardagi suratlar va matnlarni ham aynan grafik dizayner tayyorlaydi. Oshxona va ovqatlanish shaxobchalariga borganimizda bizga uzatiladigan menyular, kalendarlar, doim kuzatadigan kitob va jurnallarimiz hamda ularning muqova qismlarini ham grafik dizayner amalga oshiradi.



Kursga onlayn ro'yxatdan o'tish

Administratorga bog'lanish

Telefon: +998712001123 

@najottalim

@yoshlar_agentligi_rasmiy



Report Page