SMM menejer bo'lishga Imkon bor

SMM menejer bo'lishga Imkon bor

Najot Ta'lim
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing qilish hozirgi paytda eng effektiv yo’l bo’lib, siz unda o’zingizning tovar, mahsulot yoki xizmatlaringizga kimlar qiziqishini hisobga olgan holda reklama qilishingiz mumkin bo’ladi.

SMM yordamida siz nimalarga erisha olasiz?

•   Brend yaratish, uni yurgizish, tanitish va mashhur qilish;

•  Mijozlar bilan aloqani kengaytirish va yaxshilash;

• O’zaro munosabatlarni rivojlantirish;

•    Tovar, mahsulot yoki xizmatlarni mavjudligini oshirish;

•    Mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulotga bo’lgan qiziqishni oshirish.

SMM sizga qanday qulaylik bera oladi?

♦  Reklama beruvchilar, foydalanuvchilarning demografik ma'lumotlaridan foydalanishlari va o'zlarining reklamalarini kerakli darajada yo'naltirish imkoniga ega bo’lish;

♦  Odamlar kuniga bir necha marotaba ijtimoiy tarmoqlarga tashrif buyurib, ularga ko'p vaqt sarflashgani sababli, ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarni ko'rish, bosish va unga qiziqish ehtimoli ko’proq;

♦  Ijtimoiy tarmoq sizga mijozlarni sodiqligini oshirishga yordam beradi, chunki u sizga sizning mijozlaringiz bilan to’g’ridan – to’g’ri aloqada bo’lish imkonini beradi, bu esa sizning tovar, mahsulot yoki xizmatlaringizni ularning diqqat markazida ushlab turadi;

♦  Ijtimoiy tarmoqlardagi reklama iqtisodiy jihatdan samaralidir, chunki siz faqatgina mahsulotlaringiz va xizmatlaringiz bilan qiziqadigan odamlarga qaratilgansiz, sizdan, kimdir sizning reklamangizni bosganida haq olinadi va siz faqat sotib olishga tayyor odamlarning bosishlari uchun pul to'laysiz;

♦  Sinovlarni o'tkazish va qaysi reklamalarning eng yaxshi ishlashini va qaysi reklamalarni o'zgartirish kerakligini aniqlash nihoyatda arzon;

♦  Reklamalaringizda rasmlardan foydalanish imkoniyati mavjud, bu ularga ko'proq e'tiborni jalb qilishga yordam beradi. Bundan tashqari siz odatiy reklama kompaniyalarsiz ham reklama qila olasiz.

Social media marketing

Targeting

Siz ijtimoiy tarmoq orqali reklama bermoqchi bo'lsangiz maqsadli maxsus auditoriyaga ya’ni, ijtimoiy media saytlardagi foydalanuvchilar o'zlarining profillarida ko'p shaxsiy ma'lumotlarni tarqatishga moyil bo’ladi. Siz bu ma’lumotlardan  ma'lum mezonlarga, shu jumladan, ularning geografik joylashuvi, shaxsiy qiziqishlari, jinsi va yoshiga e'tibor berishingiz kerak bo’ladi.

SMMning afzalliklari:

🔹  Zamonaviy kasb. Ba'zi kasblar borki yillar sayin eskirib, o'sha kasbga, mutaxassislarga bo'lgan talab kamayib boradi. Ammo SMM'da esa mutlaqo teskarisi, ya'ni yillar o'tgani sayin SMM'ga bo'lgan talab ko'payib borsa boradiki ammo kamaymaydi. Chunki internet bizning hayotimizga borga sayin chuqurlashib singib bormoqda.

🔹  Masofaviy ishlash imkoniyati (frilanser). SMM'ning yana bir afzalliklaridan biri bu istalgan joydan turib ishlashdir. Siz uydami, ko'chadami hattoki yo'lga bo'lsangiz ham siz yo'l yo'lakay ishlab daromad topib keta olasiz.

🔹  Diplom kerak emas. SMM'ni o'rganish uchun sizdan biror universitetni yoki oliygohni bitirish talab etilmaydi. SMM'da eng asosiy narsa bu ziyraklik bilan trendlardan foydalana bilish va tajribadir.

🔹  Yosh tanlamaydi. Siz maktab o'quvchisi bo'lsangiz ham yoki 3-4 ta farzandli bo'lsangiz ham buning umuman ahamiyati yo'q. Sizning yoshingiz va jinsingiz bilan hech kimni ishi yo'q. Ishni mohirona qilib, yaxshi natija ko'rsata olsangiz bas.

🔹  Qiziqarli soha. Siz istaysizmi yo'qmi har kuni 1-2 soat vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda sarflaysiz (kamida🌚). Nega endi siz shu vaqtni daromad topish uchun sarflamasligingiz kerak? (Sizdan nima ketdi?🌝)

🔹  Ishlarni avtomatlashtirib qo'yish. SMM menejeri bo'lish sizdan kuniga 8-10 soat vaqt talab etmaydi. SMM'da ishlarni botlar va dasturlar orqali avtomatlashtirish imkoniyati mavjud. Siz hatto 1 oylik postlarni ham avtomatik joylab qo'yish imkoniga ega bo'lasiz.



Onlayn ro'yxatdan o'tish


Administratorga bog'lanish


Telefon: +998712001123 


@najottalim

@yoshlar_agentligi_rasmiy

Report Page