“Momo yer” spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi

“Momo yer” spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi

https://t.me/Sirdaryo
Foto: madaniyat.uz

| Кириллча | Lotincha |

Joriy yilning 11-12 sentyabr kunlari O‘zbek milliy akademik teatrida Sirdaryo viloyat musiqali drama teatrining 44-mavsumi ochilish marosimi hamda Chingiz Aytmatov qalamiga mansub bo‘lgan “Momo yer” spektaklining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Premeraga taniqli teatr va san’at arboblaridan Yoqub Axmedov, Yodgor Sa’diyev, Rixsi Ibroximova hamda ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurdilar.

Foto: madaniyat.uz
Foto: madaniyat.uz
Foto: madaniyat.uz
Foto: madaniyat.uz

Ushbu spektaklda tarixning eng hayajonli, eng dahshatli voqealaridan biri – ikkinsi jahon urushi yillari tasvirlanadi. Spektakl bosh qahramon – To‘lg‘anoyning ona yer bilan ramziy, ayni chog‘da samimiy, insoniy suhbatidan boshlanadi. Suvonqul, Qosim, Jaynoq, Maysalbek, Aliman kabi spektakl qahramonlari go‘zal qalb egalari, butun faoliyatlari, halol mehnatlari bilan atrofdagilarga manfaat yetkazuvchi fidoyi, olijanob kishilar sifatida tomoshabin ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi.

Foto: madaniyat.uz
Foto: madaniyat.uz
Foto: madaniyat.uz

Shuningdek, spektakl so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nazarbekov so‘zga chiqib, Sirdaryo viloyat musiqali drama teatr binosi ta’mirlanayotgan bir paytda qiyin sharoitga qaramay matonat va fidoyilik ko‘rsatayotgan teatr raxbari R.Rajabovga va teatr jamoasiga minnatdorchilik izhor etdi hamda teatr ijodkorlariga omadlar tiladi.

Video: YouTube
Foto: madaniyat.uz
Foto: madaniyat.uz

O‘zbekiston Respublikasi
Madaniyat vazirligining
matbuot xizmati











Report Page