Yaqinda xayriya jamg‘armasida berishgan adyol uni issiq saqlar, bugun axlat qutisi ichidan topib olgan poyabzal esa oyog‘iga loyiq kelgandi. Ko‘chadagi chiroqlar sovuq tun bo‘lsa-da uning qalbini yoritib turardi. Xiyobondagi o‘rindiqqa qulay joylashib olgani unga huzur bag‘ishlardi. "Xudoga shukr, — dedi u, — hayot naqadar go‘zal!"