USMLE Step 1 – PASS | Hisobot (отчёт) | Isoxon

USMLE Step 1 – PASS | Hisobot (отчёт) | Isoxon

InDoc Medical Academy

Men Kamolxonov Isoxon TDTU yangi toshmi kampusi 5-kurs talabasiman. Bugun sizlar bilan tayyorgarlikda bosib o'tgan yo'lim haqida bo'lishmoqchiman. Umumiy vaqt 2 yil 6 oy tanaffuslar bilan.

My report



USMLE ga kirib kelishim

USMLE haqida 1 kurslik paytimda InDoc videolarini ko'rib xabar topganman va bunaqa qiyin imtixonni ham topshirib PASS bo'lsa bo'lishini bilganman.


USMLE tayyorlanish bosqichi

USMLE ni albatta Indocda boshlaganman. 3 kurs paytimda yangi ochilgan guruhda oktyabr oyida embryologydan boshlaganman. Kurs juda qulay edi videolarni platforma orqali o'zizga qulay vaqtda tomosha qilasiz va darsda case tahlil qilyotgan vaqt tushunmagan yoki qiynalgan joylarizni sizga biriktirilgan mentor tushuntirib berar edi. Shu zalda oktyabrdan fevralgacha o'qidim va shundan keyn demotivatsiya dangasalik sabab kursni to'xtatdim. Iyuldan yana o'sha gruppamga qaytdim va qolgan mavzularni self study qilib o'zlashtirdim. Noyabrda InDoc kursni bitirdik va 1-chi NBME'ni ishlab ko'rdim 62.5% chiqdi bu uzimga bo'lgan ishonchni ortirib yubordi va men yuzaki qaray boshladim. Fevralda 2 chi NBME yechganimda 54% shu narsa meni ko'zimni ochdi shundan keyin jiddiy harakat qilib o'qiy boshladim bu orada NBME'larim ancha foizga oshdi. Lekin may oyida shaxsiy muammolarim sabab uyga qaytim va 1 oy o'qimadim. Bu narsa nbmelarimni oz moz pasaytirdi va exam topshirishni ortga surdi.


Foydalangan resurslarim:

InDoc platformasi
Coursology
IMD 6 oy
Shark science(sketchy micro va psixiatriya)
Mehlman pdfs va youtube clips


Natijalarim:

UW imd da 70 foiz tugagan o'rtachasi 63% (Bundan tashqari InDoc Qbankda ham ishlaganman)

Mehlman Qbank 30 % 63 o'rtacha


NBME:

25- 62.5% (noyabr)
27 - 66.5 ( 5 aprel)
26 - 70.5 (3 may)
28 - 67.5 (20 iyun)
29 - 69 ( 20 iyul)
30 - 72 (3 avgust)
31 - 76 ( 13 avgust)
32 - 69 ( 19 avgust)
33 - 67 (25 avgust)
new free 120 - 71 ( 1 sentabr)


NBME tahlil

1 ta NBME ni to'g'ri tahlil qilish keyingi NBME'ni 5 foizgacha oshirishi mumkin. Har bir savolda nimaga xato qilganizni tushinib yetishingiz kerak. Bu konseptni bilmaganiz uchunmi? Konspetni bilib so'z o'yinida adashganingiz uchunmi? Shoshilib qaysidir buzzywordlarni o'qimay ketganingiz uchunmi? Kasallikni bilib fikrlay olmaganingiz uchunmi?

Qaysidir system past chiqqan bo'lsa butun boshli systemni qaytarishdan ko'ra xato qilgan konseptlarni takrorlash kerak. Masalan, reproductive past chiqdi, lekin siz reproductive gormonlarini yaxshi o'zlashtirgansiz sizni bu systemda orqaga tortayotgan narsa bu shu systemdagi cancerlar.

Weak pointlarim uchun alohida telegramda kanal ochib har blokdagi bilmagan conceptlarimni yozib ularga doir ma'lumot tashlab bordim. Masalan diabetic drugslar uchun uworld table


Exam day

Imtixonim 5-sentabr edi. 3-sentabr 16:50 da uchadigan reysim deyarli 7 soatga kechiktirilib 00:30 da uchdi. Ertalab yetib bordim Istanbulga yo'lda umuman uxlay olmadim. Mehmonxonaga borib weak arealarimni takrorlashga harakat qildim, lekin uyqu bosaverdi. Shuning uchun takrorlash o'rniga Istanbulni aylandim. Kechga qaytim soat 20:00 da charchoqdan uxlab qoldim. Exam kuni 5:00 da budilniksiz o'zim uyg'ondim va yuzaki qarab chiqdim weak pointlarga. Prometricga erta bordim ochilishini kutib turdim. O'zim bilan 2 ta kichkina red bull (tavsiya qilaman uyquni zo'r ochdi) 3 ta banan, snikers, va patir olib oldim (kechki ovqat ham nonushta ham qilmagandim). Imtixondan oldin umuman hayajon va asabiylashish bo'lmadi, o'zimga bo'lgan ishonchim juda baland edi.

Boshidagi bloklar qiyin tushdi har 1 ta blokda 10 talab flag qo'ydim. Bu kayfiyatimni tushurmadi. 6 blokdan keyin savollar osonlashishni boshladi. Vaqt masalasi bo'yicha menda muammo bo'lmadi. Oxirgi blokni tugatgan vaqtim 42 min vaqtim bor edi. Savollarni uzunlik darajasi 32 va 120 ga o'xshash va uzun labator ko'rsatgichlar bor edi. 33 ga o'xshagan qisqa va direct savollar ham bor edi. Savollarni taqsimlanishi menga ko'proq immun va nutrition dan savollar tushganga o'xshadi. Etika savollari ko'p tushmadi. Har blokda 1 yoki 2 tadan edi. Har blokda 1 ta risk factordan savol tushdi. Prometricda sizga berilgan CIN raqamni to'g'ri kiritmagunizcha blokni boshlamas ekan , man buni bilmasdim. Oxirgi 2 blokni ishlayotgan paytim oldingi bloklarda 'xato kirgizmadimmi' degan xavotir bilan ishladim. Har tanaffusga chiqqanizda sizni yaxshilab tekshiradi, shuning uchun tekshirishga qulay kiyim kiying. Tanangizda qandaydir metall bo'lsa ham examga kirgizmaydi. O'sha kun bir qizni bilak uzigi qo'lidan chiqmas ekan va bu narsa unga ancha muammo bo'ldi. Examdan keyin meni g'alati hissiyotlar qamrab oldi (har bir qil gunoh ishlarim ko'zimni oldiga kelishni boshladi🤣). Xuddi 'FAIL' bo'lgandek edim. Examdan keyin USMLE haqida o'ylamaslikka harakat qildim, savollarni ham eslashga urunmadim.

Turkiya, Istanbul


Natija

Natijam topshirganimdan keyingi 2-chi chorshanbada (11 kun) da chiqdi. Chiqishidan oldin FSMB saytida permit yo'q bo'lib qoldi. Shundan keyin har 2 minda saytni kirib tekshirib turdim. Natijani ko'rib PASS deb baqirvordm. Hamma menga qarab hayron )


Bog'lanish uchun: +998976328080


Shuningdek, yaqinda imtihondan o'tgan talabalarning hisobotlari:

1. USMLE Step 1 - PASS | Islombek

💭 Doimo USMLE'ga tayyorlanayotgan insonlar muhitida bo‘ling. Eng muhimi to’xtab qolmang, iloji boricha pauzalar qilmang.

Hisobotni o'qish uchun


2. USMLE Step 1 - PASS | Doniyorbek

🏁 Shunchaki ballingizni tekshirib qoʻymang — har bir savolni, jumladan, toʻgʻri javob nima uchun toʻgʻri ekanligini va boshqa variantlar nima uchun notoʻgʻri ekanligini tushunib yeting.

Hisobotni o'qish uchun (Uzb) | Hisobotni o'qish uchun (Rus) | Hisobotni o'qish uchun (Eng)


3. USMLE Step 2 - PASS 247 | Musulmon

💪 "Bu hali yakun emas, oldimda hali katta ishlar turibdi. Eng muhimi — to‘xtab qolmaslik.."

Hisobotni o'qish uchun


4. USMLE Step 1 - PASS | Yashnarbek

💪 "Self study qiyin bo‘lishi mumkin, lekin bu sen qila olmaysan degani emas."

Hisobotni o'qish uchun


5. USMLE Step 1 - PASS | Fozilbek

💪 Har kim kuchli boshlamaydi. Lekin kuchlilar bir kun ham to‘xtamaydi.

Hisobotni o'qish uchun


6. USMLE Step 1 - PASS | Dilshoda

💫 Hammasini maqsadni to’g’ri qo’yishdan boshlang!!

Hisobotni o'qish uchun


7. USMLE Step 1 - PASS | Mohinur

🔥 Hozir imtihon topshirishgacha yetib borish qiyin tuyulsada, imkonsiz emas- If others can, so can you!

Hisobotni o'qish uchun


8. USMLE Step 1 - PASS | Xurshidjon

🔥 Doimo USMLEga tayyorlanayotgan insonlar muhitida bo‘ling. Bu sizni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va taslim bo‘lib ketishingizga yo‘l qo‘ymaydi.

Hisobotni o'qish uchun


9. USMLE Step 1 - PASS | Bahodir

Bu imtihon faqat bilimlarni emas, balki discipline & consistency ni tekshiradi.

Hisobotni o'qish uchun


Report Page