USMLE STEP 2 CK - 234 | Makhliyo
MedcloudMening ismim Makhliyo Pulatova, Central Asian University (Akfa University) bitiruvchisiman. Hozirda Westminster University’da Public Health yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada tahsil olaman.

Mening Step 2 CK ga bo‘lgan yo‘lim 2024-yil iyun oyida boshlandi — Step 1 ni 2024-yil fevralida topshirganimdan ko‘p o‘tmay.
Asosiy motivatsiyam — shifokor sifatida yanada kuchliroq bo‘lish, klinik tafakkurni rivojlantirish, o‘zimni chidamlilikka sinab ko‘rish va AQShda tibbiy amaliyotga bir qadam yaqinlashish istagi edi.
Tayyorlanish jarayoni
Davomiyligi: taxminan bir yil (o‘qish va ish tufayli tanaffuslar bilan).
Asosiy resurslar:
- UWorld — bitta to‘liq aylanish, o‘rtacha natija 63%
- AMBOSS — statistika va etika bo‘yicha takrorlash uchun
- CMS forms — natijalar 75–85% oralig‘ida
Self-assessment va NBME natijalari
- NBME 9 — 246
- NBME 10 — 250
- NBME 11 — 251
- NBME 13 — 262
- NBME 14 — 252
- NBME 15 — 254
- Free 120 — 77.5%
Anki (Janki) kartochkalarini muntazam qilmaganman — asosan kuchsiz mavzularni takrorlash uchun ishlatganman.

O‘qish metodlari
Mening Step 2 CK tayyorgarligim ikki bosqichga bo‘lingan — prededicated va dedicated. Dedicated davrim 2024-yil iyunda boshlandi: UWorld’ni to‘liq tugatdim. 2024-yil sentabrdan universitet qayta boshlanganidan keyin vaqt kamroq bo‘ldi — kuniga 3–4 soat o‘qib, bitta blokni 2–3 kunda tugatardim (pre-dedicated).
2025-yil avgust oyida men to‘liq Step 2 CK ga e’tibor qaratdim va ikkinchi dedicated davrim boshlandi. Kuniga 8–9 soat o‘qirdim. O‘qishimning deyarli hammasi Alisher Navoiy nomidagi kutubxonada o‘tdi. U yerdagi muhit menga Dubaydagi Prometric’ni eslatardi: shovqinsiz, kompyuterlar, qat’iy tartib.
Mana shunday ritm sababli, to‘qqiz soatlik imtihondan keyin ham charchoq sezmadim — yana bir-ikki blok yechishga ham kuchim bor edi. Lekin haqiqiy imtihonda meni qiynagan charchoq emas, tashqi shovqin bo‘ldi — Step 1 dagi asosiy qiyinchilik charchoq bo‘lgan bo‘lsa, Step 2 CK da vaziyat boshqacha edi.
Tayyorlanish davomida bir necha jiddiy qiyinchiliklarga duch keldim. Bu davr mening ilmiy jarayonimning eng yuqori bosqichi edi. Onamning onasi (buvi) vafot etdi, va men o‘sha paytda hammasini tashlab, Xorazmga qaytishni istadim.
Shu davrda ish joyimdan ham ketdim — hissiy charchoq bilan birga beqarorlik va kelajakdan xavotir tuyg‘usi kuchaydi. Lekin nimadir bo‘lmasin, men to‘xtay olmasdim — imtihonga allaqachon ro‘yxatdan o‘tgandim va kelajakda o‘qish va ish tufayli bunday vaqt bo‘lmasligini yaxshi bilardim. Har kuni kutubxonaga kelib, kuch bo‘lmagan kunlarda ham o‘qishni davom ettirdim. Bu tayyorlanish jarayoni men uchun faqat o‘qish emas, balki ichki barqarorlikni saqlab qolish usuliga aylandi.
Bugun esa tushunaman: aynan shu davr meni kuchliroq qildi — nafaqat bo‘lajak shifokor sifatida, balki inson sifatida ham.
Imtihon kuni
Men Step 2 CK ni 2025-yil 30-sentabrda topshirdim. Bu kun menga test mazmuni bilan emas, balki tashqi sharoitlari bilan esda qoldi. Yonimda butun 8 soatlik sessiya davomida bir qiz (Step 1 topshirayotgan ekan) uzluksiz yo‘talib o‘tirdi. Avvaliga e’tibor bermaslikka harakat qildim, keyin quloqchin so‘radim — lekin baribir foydasi bo‘lmadi.
Beshinchi blokgacha o‘zimni boshqara oldim, lekin undan keyin har bir yo‘tal e’tiborimni buzdi. Imtihondan chiqqanimda deyarli aniq ishonch bor edi: “Men yiqildim.” Bundan tashqari, ko‘pchilik oxirgi davrda Step 2 CK da etika savollari ko‘payganini aytgandi. Shu sabab, imtihondan bir oy oldin ethics, quality improvement, patient safety mavzularini alohida o‘rgandim.
Ha, savollar ko‘p edi — har blokda taxminan 8–10 ta. Quality improvement va patient safety yaxshi o‘tdi — ko‘p tavsiya qilinadigan “yashil kitob” juda yordam berdi. Eng qiyin bo‘lgan qismi — etika va patient history questions (patient chart). Har bir patient chart savolini o‘qishning o‘zi 3–4 daqiqa olardi, har blokda esa shunday 4–5 tadan bor edi. Shuning uchun blok oxiriga kelib vaqt ko‘p hollarda yetmay qolardi. Natija kelganida — 234 — his-tuyg‘ularim aralash edi. Bu — hayratlanarli natija emas. Ammo men bilardim: o‘zimdan kelganini qildim.
Tayyorlanayotganlarga maslahatlar
- Faqat nazariya va savollar bilan cheklanib qolmang.
- Har xil sharoitlarda blok yechib mashq qiling — shovqin, chalg‘ituvchi omillar bilan.
- Imtihon kuni siz kutganingizdan butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin.
Minnadorchiliklar
🩷 Ota-onamga — ishonchi, ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlashi uchun.
🩵 Akalarimga — kuyinishda yordam bergani, ruhiyatimni ko‘targani uchun.
💙 Medcloud jamoasiga, Farhod aka va ustozim Javlon akaga — Step 1 davridan boshlab menga ishonch berganlari uchun.
💚 Javohir (drshark)ga — UWorld tahlillari va qiyin pallalardagi doimiy yordam uchun.
💛 Darya, Rano, Nadiraga — ma’naviy ko‘magi va ishongani uchun.
🩶 Javohir (Ken)ga — qo‘llab-quvvatlagani, hujjatlar bilan yordam bergani, Behave va Biostatistics ni o‘rgatgani, va imtihonni kechiktirmasligimga sabab bo‘lgani uchun.

Mening yaqinlarimga
Bu natija — maksimal emas, lekin mening shaxsiy qadamim oldinga.
Bog‘lanish uchun:
Instagram: makhliyopulatova
Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:
1. USMLE STEP 2 CK - 252 | Shokhjakhon
...bu ilhom yo‘li emasdi. Bu tizimli, doimiy mehnat yo‘li edi — ba’zan zerikarli, ba’zan charchatadigan, lekin doimo zarur bo‘lgan yo‘l. Har kuni qo‘ldan kelgancha o‘rgandim. Ba’zan yaxshi, ba’zan yo‘q. Ammo bu yetarli bo‘ldi
2. USMLE STEP 1 - PASS | Nurjakhon
... USMLE yo`lida men inson sifatida ulg‘aydım, o‘zgardim, atrofimdagi odamlar, dunyoqarashim o‘zgardi va uzoq orzu qilgan shaxsga aylandim. Bu uzun va mashaqqatli yo‘ldan o‘tganimdan aslo afsuslanmayman.
3. USMLE STEP 1 - PASS | Shokhrukhbek
USMLE — bu tayyorgarlik koʻrish hamda ruhiy holat va sogʻliqni saqlash oʻrtasidagi muvozanatdir
Foydali havolalar:
Veb-sayt: https://www.medcloud.uz
Telegram: https://t.me/medcloud
Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot
Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz