USMLE STEP 2 CK - 252 | Shokhjakhon

USMLE STEP 2 CK - 252 | Shokhjakhon

Medcloud

Hammaga salom! Ismim hamon Shu — Shohjahon, TTA (sobiq TMA) 6-bosqich talabasi. Bugun bu murakkab yo‘ldagi navbatdagi bosqich yakuniga yetdi — Step 2 imtihonini topshirdim va bu haqida sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.

My score report

Step 1 haqida qisqacha

Birinchi Stepga tayyorgarlikni 3-kursda boshlab, 2 yil davom ettirdim. Medcloud bilan birga tayyorlandim. Bu imtihon klinik Step 2 uchun mustahkam asos bo‘ldi. Ko‘pchilik bu bosqichni e’tiborsiz qoldiradi, lekin Step 1 materialini chuqur o‘zlashtirganingiz sayin, keyingi bosqichlar osonlashadi.

Step 2 tayyorgarligi

Umumiy tayyorgarlik davri 10 oy davom etdi.

Avval boshdan UWorld savollarini Tutored, random rejimda ishlashni boshladim. Bu usul menga eng samarali tuyuldi, ayniqsa System rejimiga qaraganda False-positive natijalarni kamaytirgani uchun. Foizlarga unchalik ahamiyat bermadim, asosiy maqsad — har bir savolni chuqur tahlil qilish va bilimni tizimlashtirish edi. UWorld ni 63% o‘rtacha natija bilan yakunladim.

Kitoblar va nazariyaga chuqurlashmadim, chunki men uchun bu juda passiv usul (ADHDchilarga salom!).

UWorld‘dan so‘ng CMS formalarni ishladim. 3-formalardan boshlab (eski versiyalar dolzarb emas), har kuni bittadan yechdim, jami 40 forma atrofida. Foizlar 70-90% oralig‘ida edi. Savollar sodda va aniq, ammo NBME savollariga tayyorlanishda juda foydali.

Shunga qaramay, bilimlarim to‘liq emasdek tuyular edi. UWorld‘ni ikkinchi marta aylantirish menga samarali ko‘rinmadi — savollar tanish, kognitiv yuklama kam. Shuning uchun Amboss savollar bazasiga o‘tdim. Faqat 3-5 darajadagi savollarni (taxminan 2000 ta) ishladim. Ayniqsa Amboss kutubxonasi va tayyorlash rejalarini alohida ta’kidlash kerak — dedicated davrimda juda muhim bo‘ldi.

Anki — katta hajmdagi ma’lumotni takrorlash va yodda saqlashning yagona ishlagan usuli. Tayyor kartochkalar yoqmasdi, juda uzun. Step 1 davridan o‘z kartalarimni o‘zim yasashga o‘rgangan edim. UWorld, CMS, Amboss, NBME materiallaridan taxminan 3000 ta kartani bitta kolodkaga birlashtirib, har kuni takrorlab bordim.

Dedicated period

Imtihon sanasini birinchi probnikdan so‘ng belgiladim:

UWSA 1 — 71% - 244 (41 kun oldin)

Keyin NBME testlarini yechish asosida dedicated bosqichi boshlandi:

NBME 9 — 74% - 242 (36 kun oldin)

NBME 10 — 80.5% - 255 (28 kun oldin)

UWSA 2 — 71% - 244 (25 kun oldin)

NBME 11 — 74% - 241 (22 kun oldin)

Test natijalaridagi beqarorlik va tashqi omillar tufayli biroz tanaffus qilishga qaror qildim. Lekin o‘qishni butunlay to‘xtatmadim — bu yerda Amboss study plans juda foydali bo‘ldi. Raqamlar sezilarli oshdi.


O‘rgangan asosiy mavzular:

  • High-yield risk factors
  • 200 concepts that appear in every step 2 exam
  • High-yield screening and vaccination
  • High-Yield ethics
  • Infection prevention and control
  • High-Yield patient safety and quality improvement (must-have bu aynan imtihonda juda foyda berdi)


Bir hafta shu mavzularga ajratdim va keyin yana testlarga qaytdim:

  • NBME 12 - 79% - 255 (15 kun oldin)
  • NBME 13 - 76.5% - 250 (12 kun oldin)
  • Free 120 - 83% (10 kun oldin)
  • NBME 14 - 80.5% - 256 (8 kun oldin)
  • NBME 15 (online) - 261 (4 kun oldin)
  • Amboss score predictor - 258 (250-266 range)

Imtihon kuni va natijalar

Imtihonni Istanbulda topshirdim, birinchi Step kabi. Bu tanlov stressni kamaytirish uchun edi. Dastlabki bloklar oson o‘tdi, oxirlari tumanli edi — charchoq, diqqatning pasayishi sezildi. Savollar NBME savollariga o‘xshash edi, murakkabligi ham, mazmuni ham.

Maqsad 250+ olish edi va bunga erishdim. Imtihon adolatli bo‘ldi: yodlash emas, tushunish, mantiq va chidamlilik talab qilindi. Aynan shu fazilatlarni o‘zimda rivojlantirishga intildim.

Xulosa

Bu ilhom yo‘li emasdi. Bu tizimli, doimiy mehnat yo‘li edi — ba’zan zerikarli, ba’zan charchatadigan, lekin doimo zarur bo‘lgan yo‘l. Har kuni qo‘ldan kelgancha o‘rgandim. Ba’zan yaxshi, ba’zan yo‘q. Ammo bu yetarli bo‘ldi.

Oxirgi savoldan so‘ng shunchaki jim o‘tirib qoldim. Ichimda na qo‘rquv, na quvonch. Faqat charchoq va ichki g‘urur: oxirigacha yetib bordim, taslim bo‘lmadim. Keyin turdim va yo‘lda davom etdim. Chunki bu yakun emas edi. Bu — yangi bosqich boshlanishi edi.


Qo‘shimcha:

TG: @khdyrv_md

IG: @khdyrv_


Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:


 1. USMLE STEP 1 - PASS | Mushtari

Не нужно быть идеальным. Нужно быть упорным.

Hisobotni o'qish


2. USMLE STEP 2 CK - 242| Nilufar

"идя по этому сложному и долгому пути, не бойтесь просить помощи, когда она вам действительно нужна."

Hisobotni o'qish


3. USMLE STEP 2 CK - 264 | Timur

Найдите человека, который вас морально поддержит. Для меня это была моя мама

Hisobotni o'qish


Foydali havolalar:

Veb-sayt: https://www.medcloud.uz

Telegram: https://t.me/medcloud

Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot

Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz


Report Page