USMLE STEP 1 - PASS | Zoirjon

USMLE STEP 1 - PASS | Zoirjon

Medcloud

Assalomu alaykum! 

Mening ismim Zoirjon, men 2021-yilda ToshPTI bakalavrini, 2024-yilda esa TMA Urologiya magistraturasini tamomlaganman. 2 yilga yaqin Yashnabod tumanida TTYda ishladim. Oilaliman, 2 nafar farzandim bor.

USMLE Step 1 imtihoni men uchun oddiy imtihon emas edi. Bu — uch yildan ortiq davom etgan, sabr, qat’iyat va o‘z ustimda ishlashimni talab qilgan hayotiy maktab bo‘ldi. Orada ko‘p uzilishlar, tushkunliklar, qayta-qayta boshlashlar bo‘ldi. Ko‘p marta “endi bo‘lmadi” deb o‘yladim. Ammo oxir-oqibat natija chiqdi: PASS.

My score report

Bu yo‘lda qilgan xatolarim, o‘rgangan saboqlarim va tavsiyalarim boshqalarga yordam beradi, deb umid qilaman.

Tayyorgarligim qanday boshlandi?

2022-yil fevral oxiri — mart boshida Medcloud’ning 1-ozbek guruhida o‘qishni boshladim. Eng katta muammoyim — baza fanlarni yaxshi mustahkamlamaganim edi. Sababi: bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani bajarishga harakat qildim (ish, o‘qish, oila, USMLE), fokusim tarqalib ketdi. Natijada imtihon sanasini qayta-qayta qoldirishga to‘g‘ri keldi. Bazadagi muammolarni to‘liq anglab, ularni tuzatishim uchun 7–8 oy vaqt ketdi.

Resurslarim

Tayyorgarlik davomida deyarli barcha mashhur resurslarni ishlatib chiqdim:

 • Nazariya: First Aid, Pathoma

 • Amaliyot: UWorld (2 krug), NBME testlari

 • Qo‘shimcha yordam: Mehlman, Randy Neil, Sketchy Micro, Anki (Mehlman All System, Pharma, Pathoma Anki)

1-krugdagi xatolarim

 • First Aid va Medcloud darslarini yuzaki o‘qib chiqdim

 • Anki va USMLE-Rx umuman qilmadim

 • Rejasiz, palapartish dars qildim

 • UWorld sotib olib ishlay boshlaganimda dastlabki natijalarim 45–55% edi

 • Har kuni zo‘rg‘a 20 ta case ishlay olardim. Sababi: baza yaxshi emas edi

2-krug — biroz yaxshilanish, ammo xatolar davom etdi

 • Ishdan bo‘shadim, dadam moliyaviy yordam berib turishga rozi bo‘ldilar va shu sababli darsni barqaror davom ettirdim.

 • Lekin kuchsiz tomonlarimni aniq belgilamasdan, “xohlagancha” dars qildim.

 • NBME natijalari:

 • NBME 26 → 55% (2024, iyun)

 • NBME 27 → 56% (2024, avgust)

 • NBME 29 → 56% (2024, dekabr)

Shunga qaramay noyabr–dekabr oralig‘iga examni belgilagan edim. Keyin Medcloud ustozim Muhammadnazar maslahat berib, examni 2025-yil 31-martga qoldirdim (-$100).

2-dedicated davrim

Bu safar kuchsiz tomonlarga e’tibor qaratdim:

 • Sketchy Micro + Anki

 • Amboss 200 concept

 • Randy Neil (Statistics)

 • Pathoma (systems)

 • Behavioral science

Ammo natija baribir past bo‘ldi:

 • NBME 30 → 51% (2025, fevral)

 • NBME 28 → 61% (2025, mart 5)

 • UWSA 1 → 47% (2025, mart 20)

Jahongir va Ma`ruf maslahat berib: “Imkonsiz, aniq fail bo‘lasiz” deyishdi. Oxirgi haftada bunga amin bo‘ldim va examga bormadim. Natijada $1200 yo‘q bo‘ldi.

3-krug — eng mas’uliyatli davrim

Bu safar mas’uliyat keskin oshdi:

 • Aniq kamchiliklarimni topib, ular ustida ishladim.

 • Kuniga 8–9 soat dars qildim

 • 1-krugdagi xatolarni to‘liq tuzatishga harakat qildim

 • Anki, baza fanlarini qayta ko‘rib chiqdim

 • UWorld 2-krug yarmini qayta ishladim

 • Incorrectlarni tahlil qildim

 • ChatGPT yordamida reja tuzdim, mnemonikalar va high-yield konspektlar tayyorladim

Examni avgustga belgilashga majbur bo‘ldim. 14-avgust kuni Istanbul Prometricda joy bo‘lgani uchun shu sanani tanladim.

Examgacha qilgan ishlarim:

 • Mehlman All System Anki

 • Mehlman Premium Pharma Anki

 • Pathoma Anki

 • Sketchy Micro

 • UWorld incorrect + new cases

 • First Aid 2–3 krug light review

 • Anking (kuchsiz systemlarim bo‘yicha)

Self-assessment natijalarim

 • NBME 26 → 55% (2024, iyun)

 • NBME 27 → 56% (2024, avgust)

 • NBME 29 → 56% (2024, dekabr)

 • NBME 30 → 51% (2025, fevral)

 • NBME 28 → 61% (2025, mart 5)

 • UWSA 1 → 47% (2025, mart 20)

 • NBME 31 → 67% (2025, iyul 13)

 • NBME 26 (retake) → 64% (2025, iyun 1)

 • NBME 30 (retake) → 72.8% (2025, iyun 15)

 • Free 120 → 63%

Exam kuni — Istanbul, 14-avgust

Istanbulga 2 kun avval bordim. Shamollash, diareya va allergiya bezovta qilardi, ammo exam kuni o‘zimni yaxshi his qildim. Hayolimda faqat “FAIL” degan fikr aylanib yurdi. ChatGPT bilan tayyorlab qo‘ygan konspektlarimni ko‘zdan kechirdim. Eng kuchsiz systema — Pharmacology edi, uni oxirgi marta ko‘rib chiqdim.

Exam jarayoni

 • 1-block: Juda qiyin bo‘ldi, oxirida 5 ta savolni belgilashga ulgurmadim.

 • 2-block: Juda tez o‘tdi, oddiy faktlarni ham bilmadim, lekin vaqtga ulgurdim. Trimol ichdim.

 • 3–4-block: Vaqt muammosi davom etdi. 4-block oxirida 5 savol ochiq qoldi. Stressga tushdim, lekin Jahongirning “1–2 blokda yiqilsang ham, keyin ko‘tarish mumkin” degan gapi esimga tushdi va ruhimni tikladim.

 • Qolgan bloklar: Savollarni ikkilanib belgiladim. So‘nggi 2 blokda 10–15 daqiqa dam oldim. Burger yedim va 4 ta energetik ichimlik ichdim.

 • Examdan chiqib: “100% FAIL” deb o‘yladim.

Natija va his-tuyg‘ular

Natija chiqqan kuni o‘zim tekshira olmadim. 2–3 kun PDF faylni ochmadim. Muhammadnazarga yozdim, u tekshirib berdi. Fayl ochilganda esa ko‘zlarim “PASS” yozuviga tushdi. Bu hissiyotlarni so‘z bilan ifodalash qiyin — bu 3 yillik mehnatim, sabrim va oilamning qo‘llab-quvvatlashining mevasiydi.

Mening maslahatlarim

 1. Kamchiliklarni tezroq aniqlang, original self-assessmentlardan foydalaning

 2. UWorld va Rx ishlashni erta boshlang — Step 1 bu test-bank imtihoni

 3. Anki qilish yoki 1 oyda 2 krug First Aid o‘qish

 4. Support system toping — oila, do‘st yoki mentor

 5. O‘zingizga ishoning: boshlagan bo‘lsangiz, demak uddalaysiz!

 6. Aniq reja tuzing va unga iloji boricha rioya qiling

 7. Tanaffus qiling va sog‘lig‘ingizni asrang. Burnout — haqiqiy muammo

Xatolarimdan chiqargan saboqlar

 1. Anki va Rx’ni 1-krugda qilmaganim juda qimmatga tushdi.

 2. Caselarni yetarlicha ishlamaganim — examdan oldin kamida 6–7 block practice qilish kerak.

 3. Original self-assessmentlardan to‘liq foydalanmaganim.

 4. Time managementni o‘z vaqtida o‘rganmaganim.

Minnatdorchilik

Avvalo Allohga shukur!

 • Moliyaviy, ma’naviy va ruhiy yordam uchun dadamga

 • Medcloud jamoasiga — Muhammadnazar, Jahongir, Maruf, Nodir aka, Bobur, Shoxjahon, Shahobiddin, Shaxriyor, Asilbek, Muso va boshqa do‘stlarimga

Va albatt 1-ustozim Dilbar opamga juda kop yordam berdiz opam juda minnaddorman ! Sizlarsiz bu natijaga erisha olmasdim!

Xulosa: albatta hamma bu sinovdan muvaffaqiyatli otishi mumkin faqat sabir qilish va aniq xatolar ustida ishlasa bas!


Aloqa uchun:

Email: zoirturdaliyev00@mail.ru

Telegram: @mdzoirbek

Instagram: zoir_md


Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:


  1. USMLE STEP 1 - PASS | Nurmuhammad
Men qila olmayman, UWorld natija past chiqdi, men bu narsani tushuna olmayman degan hislar yo'lning ohiri ko'rinmasligi kabi hislar tabiy va siz buni yengib o'tasiz huddi men kabi.

Hisobotni o'qish


2. USMLE STEP 1 - PASS | Shokhrukhbek

USMLE — bu tayyorgarlik koʻrish hamda ruhiy holat va sogʻliqni saqlash oʻrtasidagi muvozanatdir.

Hisobotni o'qish


3. USMLE STEP 1 - PASS | Nurjakhon

... USMLE yo`lida men inson sifatida ulg‘aydım, o‘zgardim, atrofimdagi odamlar, dunyoqarashim o‘zgardi va uzoq orzu qilgan shaxsga aylandim. Bu uzun va mashaqqatli yo‘ldan o‘tganimdan aslo afsuslanmayman

Читать отчёт



Foydali havolalar:

Veb-sayt: https://www.medcloud.uz

Telegram: https://t.me/medcloud

Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot

Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz






Report Page