USMLE STEP 1 - PASS | Madina

USMLE STEP 1 - PASS | Madina

Medcloud

Hammaga salom! 2025-yil sentyabr oyida men USMLE Step 1 imtihonini topshirdim. Shu hisobotda tajribam bilan bo`lishmoqchiman.

My score report

Mening ismim Madina, hikoyam 2019-yilda boshlanadi. O‘shanda men chet elda tibbiyot o‘qishni orzu qilardim. Har kuni turli Amerika universitetlariga hujjat topshirdim, yangi o‘qish imkoniyatlarini izlab chiqdim. Bir payt YouTube algoritmim butunlay “medisinaga kirish” mavzusiga qadalib qoldi va taqdir taqozosimi, o‘sha mashhur video chiqib qoldi: “USMLE nima va uni qanday topshirish mumkin?” – Farhod aka va Mohirjon tomonidan.

Bu sentyabr 2019 edi, men 10-sinfda o‘qirdim. O‘sha video mening yo‘nalishimni butkul o‘zgartirdi: men o‘zimga “bir kuni bu imtihonni albatta topshiraman” deb va’da berdim. Shundan keyin Toshkentdagi tibbiyot universitetiga kirishga qaror qildim – yaqinroq bo‘lsin, “ortiqcha chalg‘itmasin” degandim. Lekin, odatdagidek, teskarisi bo‘ldi. O‘sha videodan keyin shunchalik ilhomlandimki, “birinchi kursdan boshlab Step’ga tayyorlanaman” deb ishonardim. Lekin, reja qilish kulgili narsa ekan…

2022-yil fevralida men ilk bor Medcloud kurslariga yozildim. Birinchi mashg‘ulotdanoq ko‘p narsalar men uchun yangilik bo‘ldi. Darslarni Javlon aka olib borgan, va aynan o‘sha yerda tibbiyot mutlaqo boshqacha – chuqurroq, tizimliroq ovozga ega bo‘ldi. O‘qishga harakat qildim, lekin birinchi kurs talabasiga bu og‘ir bo‘ldi – chunki bilimlarimning mustahkam poydevori yo‘q edi.

Shuning uchun maslahat: USMLE tayyorgarligini birinchi kursdan boshlamang. Bu paytda allaqachon maktabdan tibbiyotga o‘tishning o‘zi shok, Stepga tayyorgarlik esa qo‘shimcha yuk. Eng optimali – 3-kursdan boshlash, bazaviy bilim bo‘lganda.

Menda boshqacha bo‘ldi. Davom etdim, lekin samarali emas edi – tushunish qiyin, vaqt kerak edi. Lekin men hech qachon “bu mening yo‘lim emas” demadim. Men har doim bilardim: erta yoki kech bu imtihonni topshiraman. Pauza bo‘lsa ham, yondashuv o‘zgarsa ham – bu men uchun hech qachon “taslim bo‘lish” degani emas edi.

11-guruh

Eslayman, men oxirgi offline 11-guruhga tushib qoldim – Farhod akaning o‘zi dars bergan guruh. Bu katta omad edi. O‘sha darslar men uchun Medcloud’dagi eng yorqin va samimiy xotiralar bo‘lib qoldi.

Farhod aka – bu inson ko‘plar uchun namuna. Agar ular bo‘lmaganida, O‘zbekistonda Step’ga tayyorgarlik tarixi bunchalik ovozli chiqmagan bo‘lardi. Eng asosiysi – ular murakkab narsalarni oddiy va hazil bilan tushuntira oladilar. Ularning darsdagi hazillari o‘zi alohida janr edi 🏆😂

Self-study

11-guruh bilan birga men Medcloud kurslarining to‘liq siklini tugatdim. Keyin self-studyga o‘tdim va bu mening eng samarali davrim bo‘ldi: har bir fan bo‘yicha tizimli ishladim. Har bir narsani to‘liq tushunmagunimcha qayta-qayta o‘qidim. Shu tufayli keýsning mazmuni va uning orqasidagi konseptni yaxshi ushlay oldim.

UWorld va Self-assessments

2025-yil 1-aprelda men Farhod akadan UWorld bankini faollashtirish uchun ruxsat oldim. Shu paytdan boshlab “hard-core study mode”ga o‘tdim va 3 oy ichida butun UWorld’ni yechdim.

UWorld davrida kursdoshim Savron va Gulnoza bilan muntazam Zoom-sessiyalar o‘tkazardik: muhim konseptlarni tahlil qildik, mini-quizlar o‘tkazdik. Bu nafaqat samarali, balki qiziqarli ham bo‘ldi. Uzoq va qiyin yo‘lni ancha yengil va yoqimli qildi.

Keyingi bosqich – probniklar oyi. Natijalarim quyidagicha bo‘ldi:

  • UWSA 1 → 73% (245)
  • UWSA 2 → 74% (239)
  • NBME 25 → 78%
  • NBME 26 → 80%
  • NBME 27 → 83%
  • NBME 28 → 77%
  • NBME 29 → 83%
  • NBME 30 → 83%
  • NBME 31 → 78%

UWorld va NBME davrida natijalarimni doim Muso aka bilan bo‘lishdim. U menga katta mentor bo‘ldilar: o‘rgatdilar, og‘ir paytlarda qo‘llab-quvvatladilar, muhim ko‘rsatmalar berdilar. Ularning yordami men uchun katta tayanch bo‘ldi. Shu sababli pre-dedicated va dedicated davrim uchun ularga beqiyos minnatdorman.

Mening Step 1 uchun uch asosim

  1. First Aid – har bir sahifasi qo‘limdan o‘tdi 😂
  2. UWorld – asosiy bilim manbai, test-taking skills, vaqtni boshqarish va bosim ostida ishlashni aynan u o‘rgatdi (hammasini timed modeda, tutor mode emas)
  3. O‘z konspektlarim – bir yil davomida planshetimda tizimlashtirib yozdim. Ko‘p marta ularga qaytdim va ular har safar yodimni yangiladi.

Imtihon tajribasi

Imtihon haqida turli fikrlar eshitdim: kimdir uni oson deydi, kimdir – juda qiyin. Lekin haqiqat shundaki – to uni o‘zingiz boshdan kechirmaguncha, siz bunga ishonmaysiz.

Men ham skeptik edim. Oldin tanishim “imtihon juda og‘ir bo‘ldi” dedi. Men esa: “Bo‘lishi mumkin emas, probniklar bunchalik qiyin emas-ku” deb o‘yladim. Lekin real imtihon avvalgilarimdan sezilarli darajada og‘irroq bo‘ldi. Bu bilan men hech kimni qo‘rqitmoqchi emasman, balki shunchaki aytmoqchiman: yaxshisiga umid qiling, yomoniga tayyorlaning.

Minnatdorchilik

Eng avvalo ota-onamga ularning doimiy yordami uchun minnatdorchilik bildiraman. Alohida rahmat opam va akamga – ular hayotim davomida men uchun role model bo‘lib kelishgan.

O‘qituvchilarim Farhod aka va Muso akaga, shuningdek StudyBuddies’larimga eng quvnoq Zoom-sessiyalar uchun katta rahmat.

Yakunida

Har bir insonni oldinga undovchi kuch bo‘ladi. Menda oldinlari sport ruh berar edi. Sport va terma jamoani tark etgach, energiyamni qayerga sarflashni bilmasdim. Yaxshiyamki, uni tibbiyot va Step tayyorgarligiga yo‘naltira oldim. Bu menga shu yo‘lni bosib o‘tishda yordam berdi.

Har kimning ichida ichki turtgich bor: kimdir uni tez topadi, kimdir asta-sekin ochadi. Lekin aynan o‘sha “nimadir” sinov paytida hal qiluvchi bo‘ladi.

Aloqa uchun:

Telegram: @remirovna_md

Instagram: @remirovna_md


Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:


  1. USMLE STEP 1 - PASS | Nurmuhammad
Men qila olmayman, UWorld natija past chiqdi, men bu narsani tushuna olmayman degan hislar yo'lning ohiri ko'rinmasligi kabi hislar tabiy va siz buni yengib o'tasiz huddi men kabi.

Hisobotni o'qish


2. USMLE STEP 1 - PASS | Shokhrukhbek

USMLE — bu tayyorgarlik koʻrish hamda ruhiy holat va sogʻliqni saqlash oʻrtasidagi muvozanatdir.

Hisobotni o'qish


3. USMLE STEP 1 - PASS | Nurjakhon

... USMLE yo`lida men inson sifatida ulg‘aydım, o‘zgardim, atrofimdagi odamlar, dunyoqarashim o‘zgardi va uzoq orzu qilgan shaxsga aylandim. Bu uzun va mashaqqatli yo‘ldan o‘tganimdan aslo afsuslanmayman

Читать отчёт



Foydali havolalar:

Veb-sayt: https://www.medcloud.uz

Telegram: https://t.me/medcloud

Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot

Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz


Report Page