USMLE STEP 1 - PASS | Jaloliddin

USMLE STEP 1 - PASS | Jaloliddin

Medcloud

Assalomu alaykum, man Jaloliddin Mo`ysinjonov Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 6-kurs talabasiman. Noyabr oyida Usmle Step 1 imtihonini topshirdim.

My score report
Imtihoni topshirishimda motivatsiyadan ko`ra ko`proq ma`suliyat hissi oldinga qarab yurishda asosiy vosita bo`ldi sababi bemorlar bilan yuzma yuz keganda kasalligi haqida eshitsamda ularga davolash tugul kasalligi haiqda yetarli ma`lumot bera olmasam nega bu sohada yuribman degan hislar Step boshlashimga sabab bo`lgan.

Tayyorgarlik bosqichi

2 yil umumiy tayyorgarlik orada 1 ta katta tanaffus 2 oy davom etgan

Tayyorgarlik resurslari

  • 1-bosqich - Medcloud platformasi video materiallar + Usmle Rx qbankning 80% ishlangan kuniga o`rtacha 5-6 soat dars
  • 2 –bosqich Uworld 4 oy davomida kuniga 1 ta blok + tahlil. Qbank to`liq tugatilgan 76 % ko`rsatkich bilan kunlik 6-7 soat dars
  • Uworldga o`tganimdan so`ng First Aid + Qbank usulida tayyorgarlik ko`rganman

O`qish texnikasi

Tayyorgarlikning muhim qismi bu men uchun anki kartalari bo`ldi anking v12 +system based formatda kuniga 200-300 kartochka. Muhim deyishimga sabab dastlabki bosqichda ma`lumotlar esimdan chiqib ketayotgandek tasavvur uyg`otaverardi anki kartalarni ko`rgandan so`ng passiv o`rganilgan ma`lumotlar qayta jonlandi.

Uworld to`liq tugagandan so`ng keyingi testlar va ularning natijalari quyidagicha bo`ldi:

Uwsa 1 – 258 ( 81% )

Nbme 28 –84.5 %

Nbme 29 – 88.5 %

Nbme 30- 83.5 %

Nbme 31 – 85 %

Uwsa 2 – 243 ( 76% )

Nbme 32 – 82.5 %

Free 120 new – 76 %

Tayyorgarlik davridagi qiyinchiliklar

Talaba bo`lganim uchun institut darslari hamda step tayyorgarligi ba`zida vaqt masalasida qiyinchilik tug`dirdi lekin 1 –krug yani videodarslar + Usmle Rxdan so`ng holat ancha iziga tushdi. Tayyorgarlikning so`nggi bosqichidagi eng stressli vaziyat esa o`sha mashhur Myintealth platformasidagi “Next”tugmasini ishlamaganligi bo`ldi, deyarli 1 oyga yaqin vaqt davomida. Keyin esa texnik muammo bartaraf etildi .

Test topshirish tajribalari:Imtihonim Dubayda 7.11.2025 kuni bo`lishi kerak edi. Test kunini belgilashni imtihonga judaham yaqin qolganda qildim va bu hayotimdegi shoshqaloqlik ortidan kelgan Allohdi mo`jizasiga guvoh qildi. Gap shundaki ko`pchilik imtihonni 1 oy avval belgilashi va mehmonxonaniham shunga moslab ertaroq bron qilishi odatiy man esa sanani 1 hafta ichida belgiladim va mehmonxona qidirishga tushdim baxtga qarshi test markazga eng yaqin bo`lgan holiday inn expressda joylar qolmagandi va imtihon markazdan 20 daqiqalik mehmonxonani tanlashga majbur bo`ldim. Keyin esa medcloud admini 9.11 kuni imtihonga kiradigan Javohir bilan gaplashib ko`rishimni aytishdi. Javohirda holiday inn broni bor edi va man imtihon markazga yaqinroq bo`lishi uchun u yerda qoldim o`zim bron qigan mehmonxonaga bormadimham.

Javohir bundan tashqari exam tips and tricksdaham katta yordam berdi o`zini step 1 tajribasi orqali. Javohir thanks a lot bro !!!

Imtihon kuni strategiyalari

8.00 da markazda bo`ldim o`zim bilan passport+permit (imtihon ruxsatnomasi) va yegulik oldim (suv, protein, shirinliklar)

Egnimda yengi uzun sviter va shim bor edi (imkon qadar cho`ntagi kamro bo`lishiga harakat qildim)

1 - blockdan keyin test joyida 5 daqiqa tanaffus

2 - blockdan keyin 10 daqiqa tashqariga chiqdim yuzimi sovuq suvda yuvib tetiklikdi oshirishga harakat

3 - blockdan keyin 10 daqiqa protein+suv

4 - blockdan keyin 10 daqiqa shirinlik+suv

5 - blockdan keyin 10 daqiqa suv ichdim xolos

6 - blockdan keyin 15 daqiqa hechnima yemadim qornim ochganini uncha his qilmadim

Va eng so`nggi 7 blokham tugadi bloklar masalasiga kelsak har blokda 5-10 daqiqa vaqt ortdi yengil ko`z yugurtirib oldim avvalgi ayrim ikkilangan savolimga test darajasi manga free 120 new ni juda eslatdi lekin unga nisbatan osonroq tuyildi

Imtihon jarayoni insightlarim

Dubai prometric center manga maqul keldi hodimlar muomilasiham yaxshi edi har tanaffusdan qaytishimda hatto hazil huzulham qilishardi bilmadim har doim shundaymi yoki o`sha kun kayfiyatlari chog`mi bu esa manga muhit bosimini yengishimda juda qo`l keldi.

Imtihondan keying ta`surotlar

Bunaqa his avval bo`ganmi yo`qmi bilmadim lekin bu bir tomondan g`ayrioddiy tuyulsa boshqa tomondan mani ba`zan ikkilantirardi sababi tabiatan institut imtihonlaridaham yon atrofga qisqa qarab diqqat jamlash odatim bor. O`zbekistonga qaytganimda redditda o`qib qoldim agar kandidat atrofga qarasa tekshiruvchi tomondan videoyozuvlar qayta ko`rilishi natija chiqishini uzaytirishi mumkin degan.

Allohga shukur natija belgilangan kunda chiqdi qo`chimcha nazoratchi tekshiruvlarisiz. Jismonan imtihonda charchoq deyarli sezmadim. Imtihonga kirishdan avval imkoniyatin darajasidagi ishni qildin buyog`ini taqdirga topshir digan ichki qatiyat tufayli examdan keyin savollarniham o`ylamaslikka harakat qildim

O`sha kun keldi 26.11.2025 kuni soat 11.00 da email orqali xabar keldi va tezlikda platformadan natijani yuklab ochdim va barchasiga Alhamdulillah!!!

Xulosa

Bu yo`ldagi eng asosiy qo`llab quvvatlovchim ota-onamdan cheksiz minnatdorman. Medcloud jamoasida bizga dars bergan Muhammadnazar ustozga hamda jamoaning barcha a`zolariga rahmat ishlariga omad tilayman!!!

Aloqa uchun:

@Fergmed


Yaqinda imtihonni topshirgan talabalar hisoboti:


  1. USMLE STEP 1 - PASS | Nurmuhammad
Men qila olmayman, UWorld natija past chiqdi, men bu narsani tushuna olmayman degan hislar yo'lning ohiri ko'rinmasligi kabi hislar tabiy va siz buni yengib o'tasiz huddi men kabi.

Hisobotni o'qish


2. USMLE STEP 1 - PASS | Shokhrukhbek

USMLE — bu tayyorgarlik koʻrish hamda ruhiy holat va sogʻliqni saqlash oʻrtasidagi muvozanatdir.

Hisobotni o'qish


3. USMLE STEP 1 - PASS | Nurjakhon

... USMLE yo`lida men inson sifatida ulg‘aydım, o‘zgardim, atrofimdagi odamlar, dunyoqarashim o‘zgardi va uzoq orzu qilgan shaxsga aylandim. Bu uzun va mashaqqatli yo‘ldan o‘tganimdan aslo afsuslanmayman

Hisobotni o`qish



Foydali havolalar:

Veb-sayt: https://www.medcloud.uz

Telegram: https://t.me/medcloud

Telegram bot: https://t.me/medcloudsbot

Instagram: https://www.instagram.com/medcloud_uz



Report Page