Ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy yozishmalarda tarqalgan holat yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy yozishmalarda tarqalgan holat yuzasidan

IIBB Axborot xizmati

Xabar berilganidek, Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi taʼminlash boʻyicha ichki ishlar bosh boshqarmasi va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan “Xavfsiz hudud” va “Xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, tadbir davomida Boʻstonliq tumani “Xumson” mahallasida yashovchi fuqaro viloyat IIBBga ariza bilan murojaat qilib, “Sarvar” va “Bahrom” ismli shaxslar tuman “Chorbogʻ goʻzal bogʻi” jamiyati hududida joylashgan dala hovlilarda ishratxona tashkil qilib, kunlik ijaraga berishini va u yerda shaxslarni jinsiy aloqa qilishlari uchun shart-sharoit yaratilgani, tuni bilan ayrim axloqi buzuq shaxslar aholi tinchligini buzayotgani va bu nafaqat kattalar balki yoshlarga ham salbiy taʼsir qilayotganini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Ushbu murojaatga asosan joriy yilning 2-oktyabr kuni IIBB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv davomida, murojaatda koʻrsatilgan dala hovli koʻzdan kechirilgan. Oʻsha vaqtda ham xonadonda ikki nafar ayol, ikki nafar erkak kishilar borligi, ulardan, fuqaro F.B. (ayol) va D.SH. (erkak) jinsiy aloqada boʻlayotganligi aniqlangan.

Ular bilan oʻtkazilgan suhbat davomida alkogol mahsulotlar isteʼmol qilishganligi va ishqiy munosabatda boʻlish maqsadida kelganliklarini maʼlum qilganlar.

Hozirda mazkur jarayon aks etgan video tasvirning ijtimoiy tarmoqlardagi oʻzaro yozishmalar orqali tarqalganligi holati yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu oʻrinda qayd etish joiz, bu kabi odob-axloq bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlariga qarshi viloyat IIBB tomonidan muntazam ravishda tezkor profilaktik tadbirlar oʻtkazib boriladi.

Jumladan, joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan, Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan bogʻliq – 100 ga yaqin, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 190-moddasi (fohishalik bilan shugʻullanish) boʻyicha 50 dan oshiq holatlar aniqlanib qonunda belgilangan tartibda chora koʻrilgan.

Bugungi kunda ham viloyat bo'ylab tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

IIBB Axborot xizmati



Report Page