Toshkent viloyatida “xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatida “xavfsiz tun” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi taʼminlash bo‘yicha viloyat ishlar bosh boshqarmasi va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan “Xavfsiz tun” keng qamrovli, tezkor profilaktik tadbirlari oʻtkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Mazkur yoʻnalishda tashkil etilayotgan yoʻriqnomalarda viloyat IIBB boshligʻi shaxsan ishtirok etib, tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga zaruriy tavsiya va topshiriqlar yetkazilmoqda.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Jumladan Chirchiq shahrida bir kecha davomida oʻtkazilgan “Xavfsiz tun” profilaktik tadbirlari natijasida  YPX xodimlari tomonidan 66 nafar meʼyoriy hujjatlari bo‘lmagan va mastlik holatida avtotransport boshqargan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

IIBB Axborot xizmati

Shu kabi PPX xodimlari tomonidan 15 ta holatda inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan o‘tkir tig‘li jism (pichoq)ni qonunga xilof ravishda olib, saqlab yurgan fuqarolar va jamoat joyida spirtli ichimlik isteʼmol qildan shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan ham tegishli tartib chora ko‘rilgan.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Bundan tashqari tezkor xodimlar tomonidan psixotrop dori vositalari va giyohvand modda savdosi bilan shug‘ullanuvchi 3 nafar shaxslar ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan bo‘lsa, fuqarolarga jinsiy munosabatda bo‘lishi uchun xonadonidan sharoit yaratib bergan ayol ham ushlandi va tegishli chora ko‘rildi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Tadbir davomida umumiy ovqatlanish shoxobchalari korxona va tashkilot hamda boshqa obyektlar tekshirildi. Tungi vaqtlarda faoliyat olib boradigan ko‘ngil ochar maskanlar va ularda faoliyat olib borayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Hozirda viloyat hududida “Xavfsiz tun” tadbirlari viloyat bo'ylab davom ettirilmoqda.

IIBB Axborot xizmati



Report Page