-----------------------------------------------------------------

-----------------------------------------------------------------

Adam JEKSON

Marhamat, - dedi yigit. - Demak, bizni baxtli yoki baxtsiz qiladigan nimalardir mavjud ekan-da? Chol qo'lidagi asbobni chetga qo'ydi-da yigitga yuzlandi: - Xo'sh, sizni nima baxtli qilishi mumkin? - so'radi u. Yigit bir zum o'yga cho'mdi. - Bilmasam, lekin, aytaylik, ko'proq pulirn bo'lsa, - javob berdi yigit. Chol qutisidan yana bir asbobini oldi va yana yigitga yuzlandi. - Siz rostdan ham pul baxt keltiradi, deb hisoblaysizmi? - qiziqdi u. - Bilmadim, har holda u maishiy jihatdan yaxshi sharoitlarni ta'minlaydi. - Izohlaringiz chakki emas, - istehzo bilan gapga qo'shildi chol. - Lekin eng qulay sharoitdagi baxtsizlik ham baxtsizlikligicha qoladi! Hatto eng zo'r hashamatli sharoitda ham go'yo umuman hech vaqongiz yo'qday siz o'zingizni baxtsiz his etishingiz mumkin. Agar pul baxt keltirsa edi, dunyoda millionerlar eng baxtli insonlar bo'lardi, lekin barchamizga ma'lumki, boylar xuddi qashshoqlar kabi baxtsizlik va tushkunlikdan yaxshi boxabardirlar. Pulga moddiy boylik sotib olish mumkin, masalan, mana bunday mashinani - lekin bu o'ziga diqqatni vaqtinchalik tortadi. Buyumlar hech qachon uzoq muddatli baxt keltirmaydi. Yigit qariyaning so'zlari haqida mulohaza qilarkan, nigohini chetga qaratdi, shu topda chol yana asbobni olib, ta'mirlash bilan mashg'ul bo'ldi. - Boshqa ish bilan shug'ullansam-chi? - so'- radi yigit. - Nazarimda, o'zga ishning boshini tutsam, baxtli bo'lardim. 

Endi xuddi toshyo'narning so'zlarini gapirag&k boshlayapsiz! - dedi kulib chol. - Qaysi toshyo'nar? - Mening yurtimda baxtsiz toshyo'naming hayotda o'zgacha tarzda yashashni istagani haqidagi voqeani so'zlaydilar. Bir kuni u boy savdogarning uyiga borib qolibdi, uning barcha boyliklarini ko'rib, shaharda bu savdogar qanday obrol-e'tiborga egaligini payqabdi. Toshyo'nar savdogarga havas qilib, unga o'xshashni orzu qilibdi. O'shanda oddiy toshyo'nar bo'lib qolishimga to'g'ri kelrnaydi, deb o'ylabdi. Ittifoqo, uning bu istagi vojib bo'lib, birdaniga savdogarga aylanib qolibdi va juda ko'p hasharnatli buyumlarga ega bo'libdi hamda hech qachon hatto orzu ham qilmagan hukmronlikka erishibdi. Lekin endi bechorahol kishilar unga baxillik qila boshlashibdi va undan nafratlanishibdi, endi uning dushmani tasavvur etganidan ham ko'proq ortib ketibdi. Keyin u atrofini xizmatkorlar va askarlar qurshagan yuksak martabali shaxsni ko'rib qolibdi. Bu buyuk va qudratli kishi qarshisida barcha kishilar tiz cho'kishardi. U butun podshohlikda eng obro'li va hurmatga sazovor inson edi. Savdogarga aylangan toshyo'nar endi ana shu hukrndor kishi singari, shuncha xizmatkor va qo'riqchilarga ega bo'lish hamda eng kuchli hokimiyatga erishishni istab qoldi. Uning niyati yana ro'yobga chiqdi. U qarshisida barcha tiz cho'kadigan, podshohlikdagi eng yuksak martabali kishiga aylandi. Lekin o'sha hukmdor ayni paytda eng zolim va badjahl kishi bo'lgani bois uni shuncha askar qo'riqlardi. Buning ustiga quyosh tafti hukmdorni o'zini g'oyat bebaxt va ahamiyatsizday sezishga majbur qilardi. U ko'kda

back|2-Bet|3-Bet|4-Bet|5-Bet|6-Bet|7-Bet|8-Bet|9-Bet|10-Bet|11-Bet|12-Bet|13-Bet|

Report Page