-----------------------------------------------------------------

-----------------------------------------------------------------

Adam jekson

kemani boshqarish uchun shturval va yelkanlar mavjudligini bilmaydilar, ulardan sira foydalanmaydilar. Ular o'z kemalarini qanday boshqarishni unutganlari bois, yomon ob-havoni qarg'aydilar. Ular inson qanday vaziyatga tushmasin, baxtli bo'lish uchun imkoni borligini anglamaydilar. - Axir inson o'z hissiyotlarini tanlay olmaydiku, - gapini ma'qulladi yigit. - Basharti siz bunga astoydil ishonsangiz, imkon topiladi, - dedi chol. - Shu sababli siz nimaga isbonishingizni puxta o'ylab ko'rishingiz darkor! - Xo'p, - bahsni davom ettirdi yigit. - Axir har qanday inson vaziyatlardan qat'i nazar, bwtli bo'lishi mumkin, deb hisoblamaysiz-ku? Cho'loq, ko'r, garang yoki gung insonlar-chi? Bu toifadagi kishi qanday baxtli bo'lishi mumkin? - Gapingizga qaraganda, umringizda nogironlarga mutlaqo duch kelmagan ko'rinasiz, - javob berdi qariya. - Tushunaman, sendan ko'ra imkoniyati cheklangan kishi sendan farqli ravishda o'zini baxtliroq sezishi g'ayri tabiiy ko'rinsa-da, aslida shunday. Butun umri davomida ko'r, kar va soqov bo'lgan Xelen Keller xonimdan shunday og'ir majruhlikda qanday umr kechirganlarini so'raganlarida u nima deb javob berganini bilasizmi? Yigit boshini chayqadi. Qariya davom etdi: - U: crJuda ajoyib umr kechirdim)), degan. crKo1rlik - baxtsizlik emas. Inson ko'rligini tan olib, unga ko'nikolmasagina baxtsizdir)). Shu tariqa, boylik, salomatlik, shuhrat va hukmdorlik hali baxt tushunchasini bildirmaydi. - Farang imperatori va o'sha dawning eng qudratli kishilaridan biri Napoleondan hayoti baxtli kechganmi, deb so'raganlarida u: crumrimda olti kundan ortiq baxtli kun bo'lmagan)), deb javob beribdi. 

back|2-Bet|3-Bet|4-Bet|5-Bet|6-Bet|7-Bet|8-Bet|9-Bet|10-Bet|11-Bet|12-Bet|13-Bet|

Report Page