Guliston shahrida yana bir ma'muriy bino foydalanishga topshirildi!

Guliston shahrida yana bir ma'muriy bino foydalanishga topshirildi!

https://t.me/Sirdaryo
Foto: xdp.uz

| Кириллча | Lotincha |

Bugun jamiyatimizning turli jabhalarida yangiliklar ko'zga tashlanmoqda. Yurtimizda qad rostlayotgan so'nggi arxitektura va dizayn talablari asosida qurilgan binolarga ko'zingiz tushsa – havas qilgudek! Qurilishi va ko'rinishi jihatidan bir-biridan qolishmaydigan binolar tobora shaharlarimiz ko'rkiga-ko'rk qo'shmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat kengashi binosi bugun o'zgacha qiyofa kasb etmoqda. Sababi binoning tashqi fasadi to'liq yangilanganligi bois, zamonaviy ko'rinishga keltirildi. O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligimizning yigirma etti yillik bayrami shodiyonasiga viloyat kengashi binosi yanada chiroy ochdi. Binomizning kirish qismida Xalq demokratik partiyasining logotipi o'rnatilib, binoning ichki yo'lak kirish qismi devorlari va zinapoya yo'lagi devorlari to'liq oqlandi. Tunda bino ko'rinishi yoritkichlar yordamida yanada tarovatli joziba kasb etadi. Kechki sayrga chiqqan yurtdoshlarimiz ham bu o'zgarishlarni e'tirof etmoqda.

Foto: xdp.uz

Binoga kiraverishda o'ng tomonda devorga zarhal harflar bilan yozilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning: “Insonlarning dardu tashvishlarini o'ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir” degan so'zlari juda chuqur ma'no kasb etadi. Zero, bugungi kunda elektoratimiz manfaatlarini himoya qilish hamda ularga etarlicha e'tibor berish maqsadida joylarda hayriya aktsiyalari, turli uchrashuvlar va sahovat tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda. Hududlarda grafiklar asosida sayyor qabullar tashkil etilib, xalqimizning muammolari atroflicha o'rganilmoqda.

Behzod ESHMIRZAYEV,
O'zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi bo'lim boshlig'i

Report Page