Deputat yoshlar muammolari va ularning yechimlari haqida batafsil axborot berdi.

Deputat yoshlar muammolari va ularning yechimlari haqida batafsil axborot berdi.

https://t.me/Sirdaryo
Foto: dubeat.com

| Кириллча | Lotincha |

O‘zbekiston “Adolat” SDP Guliston shahar Kengashi tomonidan Guliston shahar kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida partiyaning ish rejasida belgilangan “Uyushmagan yoshlar: muammo va yechimlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Davra suhbatida asosiy e’tibor yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratildi. Shuningdek, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlashmasalalari ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

Ta’kidlanganidek, yoshlar o‘rtasida turli davra-suhbatlari, uchrashuvlar tez-tez tashkil etilmoqda. Biroq tadbirlarning ta’sirchanligini oshirish orqali samaradorlikka erishish mumkin. Buning uchun oila-mahalla-ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu hamkorlik yoshlarni turli yot g‘oyalar, informatsion tahdidlar va mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, g‘arbning salbiy, milliy o‘zligimiz, an’analarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan “Ommaviy madaniyat” ta’sirlaridan asrashi shubhasiz.

Shu kabi mulohazalar o‘quvchi yoshlarni yanada hushyorlikka chorladi. Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish, ularga ta’lim berish va sog‘lig‘ini himoyalashga qaratilgan qator muhim ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilanligi xususida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Foto: adolat.uz

Ma’lumki, 2017 yilning 12 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis Palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida chet eldagi va diniy oqimga kirib ketgan, shuningdek, o‘qimaydigan, tayin bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan yoshlarni manfaatlarini himoya qilish, ular bilan aniq amaliy manzilli dastur asosida ish olib borish vazifalari berilgan edi.

Shu maqsadda, O‘zbekiston “Adolat” SDPning Guliston shahar Kengashi deputatlari tomonidan Guliston shahridagi o‘qimaydigan, tayin bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan yoshlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va respublikamizda uyushmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash, mutaxassisligi bo‘yicha malakasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun amaliy ko‘mak berish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida amaliy hal etish, uy-joy bilan ta’minlash va boshqa ijtimoiy himoya qilish masalalari borasida tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan yetarli darajada aniq amaliy ishlar olib borilmayotganligi va bu borada hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yoshlarni ishga joylashtirishda katta imkoniyatlar yaratib berilayotganligi to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Shuningdek, chet elga chiqib ketgan hamda o‘qimaydigan, tayin bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan yoshlarning ota-onalari bilan suhbatlar uyushtirish ayniqsa, mahallalarda uyushmagan yoshlarni yig‘ib, ular bilan uchrashuvlar o‘tkazish, muloqot qilish va boshqa masalalar bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ularga yordam berayotganligini va shahardagi mahallalarda ana shunday yoshlar manfaatini himoya qilish, ularga amaliy yordam berish, ularning murojaatlarini hal etish bo‘yicha alohida manzilli, amaliy chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.


Sarvar ESANOV,
O‘zbekiston “Adolat” SDP
Guliston shahar Kengashi raisi

Report Page