www.khiso.uz saytida hisobni toʻldirish boʻyicha qoʻllanma

www.khiso.uz saytida hisobni toʻldirish boʻyicha qoʻllanma

KHWARIZMI INTERNATIONAL SCHOOL OF OLYMPIADS

Olimpiadalar uchun qilayotgan toʻlovingiz kun kelib, sizga 1000 martadan koʻproq boʻlib qaytishini unutmang! Farzandingiz ta'limiga kiritilgan investitsiya - eng yaxshi investitsiyadir.

1-qadam: Eng avvalo sizda CLICK hisobingiz yoki unga ega tanishingiz boʻlishi kerak. Lekin Paynet orqali ham hisobni toʻldirish imkoniyati mavjud. Agar sizda plastik kartasi boʻla turib, CLICK ga ulamagan boʻlsangiz, sizga eng yaqin boʻlgan bankomat orqali sms-xabarnoma xizmatini yoqtiring va smartfoningizga CLICK evolution mobil ilovasini yuklab oling.

2-qadam: Dastlab www.khiso.uz saytimizdagi shaxsiy kabinetingizga kirib, u yerdan balans boʻlimini tanlaysiz!

kompyuterdan kirilgandagi holat

3-qadam: Quyidagi ochiladigan oyna orqali oʻzingizning Abonent ID ingizni bilib oling. Masalan, mening ID kodim 2014 ga teng. Sizniki boshqacha boʻladi! (rasmga qarang!)

kompyuterdan kirilgandagi holat

4-qadam: Endi CLICK evolution mobil ilovasiga kirib, Kartadan toʻlash tugmasini bosasiz! (Quyidagi rasmga qarang!)

telefondan kirilgandagi holat

5-qadam: Xizmat nomini kiritish joyiga khiso deb yozing va bizning logo ikonkamiz paydo boʻladi:

6-qadam: Bizning khiso logo ikonkamizni bossangiz quyidagi oyna ochiladi. U yerga oʻzingizning Abonent ID kodingizni va balansga toʻlamoqchi boʻlgan summangizni kiriting va Davom eting tugmasini bosing.

TAVSIYA: Agar sizda plastik karta boʻlmasa va har safar tanishingizdan yordam oladigan boʻlsangiz, bir martani oʻzida kattaroq summada toʻlovni amalga oshirishni tavsiya qilamiz. Chunki pulingiz balansingizda turaveradi, olimpiadada qatnashsangizni balansingizdan yechiladi. Hozirda koʻpchilik ota-onalar oy boshida bir oylik summani toʻlab qoʻyishmoqda:)

7-qadam: Toʻlovni yana bir bor tasdiqlang va toʻl0v tugamsini bosing!

Nihoyat sizda quyidagi rasmdagidek oyna ochilsa, sizda hammasi joyida va shaxsiy kabinetingizdan balansingizni tekshirib koʻring.


Olimpiadalar uchun qilayotgan toʻlovingiz kun kelib, sizga 1000 martadan koʻproq boʻlib qaytishini unutmang! Farzandingiz ta'limiga kiritilgan investitsiya - eng yaxshi investitsiyadir.



Report Page