Shirin shahrida “Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi

Shirin shahrida “Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi

@SirdaryoAdmin

| Кириллча | Lotincha |

Shirin shahrida 2018 yil 19 sentyabr kuni ishsiz ayollarni va ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash maqsadida “Mehnat yarmarkasi" o'tkazildi.

Foto: Shirin shahar hokimligi / Telegram

Shirin shahrida 2018 yil 19 sentyabrda shahar prokuraturasi, Shirin shahar Bandlikka ko'maklashish markazi, Shirin shahar o'rta-maxsus kasb-xunar ta'limi, Yoshlar Ittifoqi Shirin shahar Kengashi bilan xamkorlikda, oliy o'quv yurtlari va kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari, Qurolli kuchlardan zaxiraga bo'shatilgan, jazoni o'tash muassasalaridan ozod etilgan va xorijiy davlatlardan qaytgan mexnat migrantlarining bandligini ta'minlash maqsadida “Bo'sh ish o'rinlari va vakant lavozimlari” maxsus ixtisoslashtirilgan yarmarkasi Shirin shaxridagi Yoshlar hiyobonida 2018 yil 19 sentyabr kuni soat 16-00 dan 18-00 gacha bo'lib o'tdi.

Foto: Shirin shahar hokimligi / Telegram

O'tkazilgan “Bo'sh ish o'rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasi – tadbiriga 15 ta korxona va tashkilotlar, Tikuvchilik tsehlari, Qurilish bo'yicha MChJ, Metal zavodlar o'zlarining ko'rgazmali qurollari va stendlari, jami 185 ta ish o'rni bilan tadbirda ishtirok etib, «Bo'sh ish o'rinlari va vakant lavozimlari» yarmarkasida qatnashdilar.

Foto: Shirin shahar hokimligi / Telegram

Korxona va tashkilotlarda 69 ta, Tikuv korxonalari 50 ta, “Shoxrux Demirbek” MChJ 30 ta “Akfa rom" ishlab chiqarish 4 ta, mavsumiy va jamoat ishlariga 30 ta bo'sh ish o'rinlari mavjud.

Foto: Shirin shahar hokimligi / Telegram
Foto: Shirin shahar hokimligi / Telegram

Yarmarka natijalariga ko'ra jami 20 nafar ishsiz fuqarolarga yo'llanmalar berildi.

Foto: Shirin shahar hokimligi / Telegram
Foto: Shirin shahar hokimligi / Telegram

Yo'llanma olganlarning 3 nafari tashkilotlarga, 12 nafari tikuv fabrikasiga, 5 nafari jamoat ishlari yuborildi. Shundan 18 nafari ayollarni tashkil etadi.

Shirin shahar hokimligi
Matbuot xizmati


Sizning reklamangiz uchun joy!

© "Sirdaryo Xabarlari" kanali, 2018
Barcha huquqlar himoyalangan
Ma’lumotdan foydalanish shartlari
Telefon: (+998 94/95) 511-5402

Report Page