Xorijda ishlab yurtimizga qaytayotgan yoshlarimizning aloqa tashish vositalarida qanday materiallar bor?

Xorijda ishlab yurtimizga qaytayotgan yoshlarimizning aloqa tashish vositalarida qanday materiallar bor?

https://t.me/Sirdaryo
Foto: qalampir.uz

| Кириллча | Lotincha |

Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida bojxona organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Malik” o‘tkazish punkti xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati sanoat kollejida aholi, tadbirkorlar, kollej rahbariyati, o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 avgustdagi “Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi O‘RQ-440-sonli Qonuni va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Foto: customs.uz

Tadbir davomida davlatimiz tomonidan respublikada tadbirkorlikni rivojlantirishga berilayotgan imtiyozlar, tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar birma-bir tushuntirib berildi.

Shu bilan birga bojxona chegarasi orqali jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartib- qoidalari, oxirgi vaqtlarda yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlarimiz xorijda ishlab yurtimizga qaytishda aloqa tashish vositalarida respublikaga olib kirilishi taqiqlangan turli xil diniy-ekstremizm, behayolik, zo‘ravonlik va vahshiylikni targ‘ib qiluvchi materiallar bilan qo‘lga tushish holatlari uchrab turganligi misol tariqasida so‘zlab berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.

Sirdaryo viloyati
bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati

Report Page