Yaxshi odatlar! Yangi va Yaxshi hayot garovining 9 siri.

Yaxshi odatlar! Yangi va Yaxshi hayot garovining 9 siri.

Tashkent Study

1. Erta turish.

Muvaffaqiyatli odamlar, har doim erta uyg’onishadi. Erta tong, butun olam uyg’onishdan avvalgi eng tinch vaqt hisoblanadi. Ushbu qisqa vaqt, kunning eng muhim, ruhlantiruvchi va tinch qismi hisoblanadi. Erta turishni odat qilgan insonlar aytishadiki – “Ertalab soat 5-6 da turishni boshlamaslaridan avval, ular to’liq hayot bilan yashamagan edilar”.


2. Ko’p kitob o’qish.

Agar, televizor ko’rish, telefon, yoki kompyuter o’ynashga sarflayotgan vaqtingizni yarmini kitob o’qishga sarflasangiz, Siz tez kunlar ichida tengdoshlaringiz orasida, eng aqlli insonga aylanasiz.Hayotingizda ko’p narsalar, ishlaringiz o’z o’zidan pozitiv darajaga keladi. Mark Tven shunday degan – “ Yaxshi kitoblar o’qimaydigan inson, o’qishni bilmaydigan insonlardan hech qanday afzalliklari bo’lmaydi”.


3. Soddalashtirish

Soddalashtirishni bilish bu- kerak emas ish harakatlarni chetlashtirib, kerakli ishlarni qilishdir. Hamma narsani soddalashtirishni bilish kerak. Bunga misol- soddalashtirish mumkin bo’lgan va soddalashtirishni talab etadigan ishlar. Shu bilan birgalikda,befoyda harkatlar ham kamayadi. Soddalashtirishni o’rganish oson emas, u juda ko’p amaliy va oqilona nuqtai nazar talab qiladi. Ushbu jarayon, ahamiyatsiz his-tuyg'ularni va xotirani tozalaydi. Shuningdek, tashvishlanish va stressni kamaytiradi.

4. Sekinlashish

Doim ish bilan band bo’lgan holda hayotdan zavqlanib bo’lmaydi. O’zingizga bo’sh vaqt topishingiz kerak. Ishlardan sekinlashing va qalbingizga quloq soling. Ishlaringizdan sekinlashing yoki toxtang va diqqatingizni hayotingizda kerakli bo’ladigan narsalarga qarating. Agar siz erta tura olsangiz, ushbu vaqt sekinlashish jarayoniga juda mos keladi. Ushbu vaqt butunlayin sizning vaqtingiz bo’la oladi, hech qanday ish qilish shart bo’lmagan vaqt. Siz o’ylay oladigan, meditatsiya qila oladigan vaqtdir. Sekinlashing, ishlar orqasidan quvlamang, ularni o’zi sizni topsin.


5. Sport bilan shug’ullanish

Harakatning etishmasligi har bir insonning sog'lig'ini yo'qotadi, jismoniy mashqlar esa uni saqlab qolishga yordam beradi. Jismoniy mashqlarga vaqtim yo’q degan inson esa, ertami-kechmi kasallik uchun vaqt topishi kerak bo’ladi. Sizning sog’lig’ingiz, sizning yutug’ingizdir. Sport bilan shug’ullanish uchun o’z dasturingizni toping. Dasturlar har xil bo’lishi mumkin, uydan chiqmasdan (uy dasturi), sport zalga bormasdan (yugurish, yoga).


6. Kunlik amaliyot.

Muvaffaqiyatli insonlar aytishadi: inson qanchalik ko'p amaliyot bajarsa, u shunchalik omadli bo’ladi. Bu tasodifmi? Omad shunday joyki, u yerda amaliyot (harakat) va imkoniyat uchrashadi. Iste’dod, amaliyotsiz mavjud bo’la olmaydi. Qo’shimcha qilib aytganda, iste’dod har doim ham kerak bo’lavermaydi. Tayyorlangan qobiliyat uni o’rnini bosa oladi.

7. Atrof-muhit.

Bu eng muhim odat. Boshqa jarayonlarga ko’ra, atrof-muhit muvaffaqiyatingizni tezlashtiradi. Ijobiy fikr va g’oyalar bilan ilhomlangan insonlar orasida bo’lish, siz uchun eng kerakli qo'llab-quvvatlashdir. U yerda siz kerakli maslahatlar, kerakli turtkilar va doimiy qo'llab-quvvatlash olasiz. O’z ishini yoqtirmaydigan ishlarda yelimlanib qolgan insonlar bilan suhbatda faqatgina xafagarchilik va depressiya kutish mumkin. Hayotdagi erishkan yutuqlaringiz, atrofingizni o’rab turgan insonlarga proporsionaldir.

8. Tashakkurlar jurnalini tashkil qiling.

Ushbu odat, mo'jizalar yaratadi. Sizda bor narsalaringizga minnatdor bo’ling va undanda zo’riga erishishga harakat qiling. O’zingizga ishoning, agar siz maqsadlaringizni aniq belgilasangiz, imkoniyatlaringizni ko’ra olasiz. Esingizda bo’lsin, tashakkurlar orqali hursandchilik uchun ko’proq sabablar bo’ladi.

9. Qat’iy bo’ling.

Uolt Disneyga, Disneylendga asos solish uchun faqatgina 303- bank (yani 302 ta bank kredit bermaymiz degan) kredit berishga rozi bo'lgan. Stiv MkKerrining “Afg’on qizi” (“The Afgan Girl”) nomli sur'ati Leonardo Davinchining “Mona Liza” asariga tenglashtirishlari uchun, milliondan oshiq rasmlar va 35 yil kerak bo’lgan. Tomas Edison, elektr lampochkasini yoqish uchun 10 000 dan ortiq muvaffaqiyatsiz urinishlarga duch kelgan. Bir maqsadni ro’yobga chiqarish uchun, qayta va qayta harakat qilish kerakligini ko’ryapsizmi? 


Boshqa mavzular (mavzuni ustiga bosing) :

Rejalarni aniq amalga oshirishning 10 ta usuli.


Har qanday malumotni eslab qolish haqida 8 maslahat


Sog'lom turmush tarzining 10 bosqichi


Visual English. So'zlarni yodlashning eng oson yo'li.

☎️ Malumot uchun: +998951979969

Telegram: t.me/tashkentstudy

Facebook: https://www.facebook.com/tashkentstudyNTM/


Report Page