Rejalarni aniq amalga oshirishning 10 ta usuli.

Rejalarni aniq amalga oshirishning 10 ta usuli.

Tashkent Study

1. Kichkina rejalardan boshlang. Boshlanishiga, kichkina, haqiqatga yaqin va oson erishiladigan maqsadlar qo’ying. Ularni amalga oshirgandan so’ng, qiyinrog’iga o’ting. Masalan: sport zalga har kuni borgandan ko’ra, haftada 2 marta borgan osonroq.

2. Erishish qiyin bo’lgan maqsaqlarni bir necha bosqichlarga bo’ling. Bu usul, natijani tez ko’rishga va yutuqlardan ilhomlanib, asosiy maqsadni yo'qotmaslik uchun yordam beradi.

3. O’zingizga mukofot belgilang. Masalan, Ingliz tilida yodlangan 100 ta so’z uchun galstuk sotib olish. Hamda har bir kichkina bosqichlar orasida, kichik mukofotlar olishni unutmang.

4. Boshqalarga javobgar bo'ling. Maqsadingizga erishish uchun insonlardan maslahat so’rang va kimning maslahatini hurmat qilsangiz, ularga buni ayting. Ushbu maslahatni amalga oshirishga va’da bering va har doim u inson sizdan natijani so’rashga ruhsat bering. Siz va’dangizda turasizmi?

5. Vakuum tamoyilini eslang. Agar sizda yomon odat bo’lsa, undan halos bo’lmoqchi bo’lsangiz, unda siz aniqlab olishingiz kerak: bu shunchaki yomon odatmi yoki bog’liqlik. Faqatgina alkagol yoki sigaret chekish emas. Pulni o’ylamasdan ishlatish ham bog’liqlik bo’lishi mumkin. Agar bunday odatlar sizda bo’lsa, qanday bo’shliqni bu odatlar to’ldirayotganini aniqlashingiz kerak. Shundan so’ng, bu bo’shliqni foydali va yoqimli ishlar bilan to’ldiring.

6. Vaqtni chegaralang. Maqsadga erishish uchun aniq reja va muddatlar belgilang. Ushbu usul sizga vaqtim hali ko’p deyishga yo’l qo’ymaydi.

7. Oldingizga maqsad qo’yishdan oldin, o’zingizga savol bering: bu haqiqatdan ham mening maqsadimmi yoki birovlarning orzusini amalga oshirishmi? Balki bu boshqalarga ergashishdir? Qanday qiyinchiliklar bilan to’qnashaman?

8. Va'dalarni va rejalarni kechiktirmasdan bajarish lozim. Ularni kelajakdagi imkoniyati ko’p kunlarga qoldirish noto’g’ridir, unday kunlar kelmasligi mumkin.

9. O’zingizga o’xshash insonni toping. Agar maqsadlar o’xshash yoki bir xil bo’lsa, birlashing. Masalan, sayohatdagi rejalarni amalga oshirish uchun sizga sherik kerak bo’ladi.

10. Erishilgan maqsadlarni ta’qib qiling. G'alaba va mag'lubiyatlarni analiz qiling, mag’lubiyatlarning va muvaffaqiyatlarning sabablarini aniqlang. Hayotingizga to’gri keladigan maqsadlarga erishish metodikangizni ishlab chiqing.

Yodda tuting! “ Imkoni yo’q, shunchaki oddiy so’z uning ortiga faqatgina kichkina insonlar berkinadi.

Boshqa mavzular (mavzuni ustiga bosing) :

Соғлом турмуш тарзининг 10 босқичи


Har qanday malumotni eslab qolish haqida 8 maslahat


Energiya va motivatsiyani kuchaytirishning 7 usuli.


Har qanday malumotni eslab qolish haqida 8 maslahat


☎️ Malumot uchun: +998951979969

Telegram: t.me/tashkentstudy

Facebook: https://www.facebook.com/tashkentstudyNTM/


Report Page