Ud (cholg‘u asbobi)
Madaniy meros: manba wikipedia
Ud (arab. — qora daraxt) — torli-mezrobli qadimgi musiqa asbobi. Arab, turk, fors, Kavkaz (ozarbayjon, arman) va Markaziy Osiyo (oʻzbek, tojik) xalqlarida keng qoʻllaniladi. Katta, noksimon va yupqa qopqoqli kosaxona, kalta va enli dastaga ega. Tovushi yumshoq va mayin. Ayritom xarobasidan, udsimon cholgʻuni ushlab turgan sozanda ayol tasvirlangan friz topilgan. 9— 15-asrlarda Sharq musiqa nazariyasi (tovushqator, parda, maqomlar) masalalarini sharhlab berishda Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, ash-Sheroziy va boshqalarning risolalarida Ud yetakchi soz hisoblangan. Uning dastlab 4 tori boʻlganligi, Ziryob ismli (9-asr) sozanda (ayrim manbalarda Forobiy) tomonidan 5 tor qoʻshilganligi maʼlum. Torlar kvartaga sozlanib forscha va arabcha — hodd, zir, masna, maslas, bam deb nomlangan (qarang zirubam). Ud pardalari esa mutlaq (ochiq tor), zoid (ochiq torga nisbatan orttirilgan), mujannab (qoʻshni parda), sabbob (koʻrsatkich barmoq bilan bosiladigan), vustai furs (oʻrta barmoq bilan bosiladigan fors pardasi), vustai zalzal (Zalzalga nisbat berilgani). Binsir (toʻrtinchi barmoq bilan bosiladigan parda), xinsir (jimjiloq bilan bosiladigan parda) deb yuritilgan. Risolalarda pardalar abjad tartibida arabcha harflar bilan belgilangan. Hozirda qoʻllaniladigan Ud pardasiz va 11 torli. Ulardan 5 tasi juft torlardan, pastki tori bitta boʻladi. Oʻzbekistonda musiqa kollejlari va Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida Ud cholg'usi sinflari mavjud. Ud, asosan, joʻrnavoz (mumtoz musiqa ansambllari) va yakkanavoz soz sifatida qoʻllaniladi. Ud asosida Yevropada lyutnya (torli tirnama cholg'u asbobi) cholgʻusi kashf etilgan.
Quyida berilgan atamalarni bilish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosing va birinchida berilgan Открыть ссылку в новой вкладке buyrug'ini tanlang.
Nota | Tablatura | Nyuans | Pauzalar | Tovushlarning nomlari va yozilishi | Oktavalar| Intervallar