Pauzalar

Pauzalar

#JavokhirErgashev

1. Pauza - musiqada tovush eshitilishini vaqtincha to‘xtalishi.

2. Pauza cho‘zimlarining nomlari - butun, yarim, chorak, nimchorak, o‘n oltitalik va h.k pauzalar.

Pauza - yunoncha «pausis» so'zidan olingan bo'lib, «tugallash», «to‘xtash» ma’nosini beradi. Pauza - tovush eshitilishining bir yoki bir necha ovozlarda vaqtincha to‘xtalishidir. Pauzalar musiqaviy tuzilmalami bir-biridan ajratish, ifoda kuchini yanada oshirish uchun xizmat qiladi va musiqaning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Pauzalar nota yozuvida alohida belgilar bilan ko‘rsatiladi. Ularning cho‘zimlari asosiy tovush cho'zimlariga muvofiqdir. Pauzalar - tovush cho‘zimlari kabi nuqta yoki fermatalar yordamida orttirilishi mumkin, ammo ular ligalar bilan bog'lanmaydilar.

pauzalar
Ko'rsatilgan cho'zimdagi notalar bilan pauzalar bir xil ma'no kasb etadi


Rasmda bir xilligi aytilgan,boshlang'ich foydalanuvchilar buni to'g'ri tushunishlari uchun soddaroq keltiramiz: Olma mevasi butun bo'lgani uchun unga "olma" deyishadi,o'tkir asbob bilan kesilsa u albatta ikkiga kesiladi va u yarimtaliklarni tashkil etadi,ularni ham yarimtadan kessa u choraktaliklardan to'rttani tashkil etadi,ularni yana yarimtalasa nimchoraltaliklardan sakkiztani tashkil etadi,shu zayilda batartib davom ettirilsa yarimtalanaverish ikki marotaba oshaveradi,shuningdek uning bor hajmini butunligidan tortib yeyishlik uning tugagunicha davom etganidek,uni chaynashlik vaqti ham shuncha devom etadi.

Xulosa,nota cho'zimi bilan qay tartibda sifatlansa, pauzasi bilan ham shunday tartibda sifatlanadi.

Quyida berilgan atamalarni bilish uchun sichqonchaning chap tugmasini bosing va birinchida berilgan Открыть ссылку в новой вкладке buyrug'ini tanlang.


Nota | Ud | Tablatura | Nyuans | Tovushlarning nomlari va yozilishi | Oktavalar | Intervallar


Report Page