4G nima va uning 3G dan, 3Gning 2Gdan farqi nimada?
4G – bu LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasi bo‘yicha to‘rtinchi avlod aloqasi bo‘lib, 3G uchinchi avlod mobil aloqasining asosiy taraqqiyot yo‘nalishidir. Mobil aloqasining istiqbolli standartlarini ishlab chiquvchi Third Generation Partnership Project (3GPP) Xalqaro birlashmasi, LTEni UMTS standartidan keyin navbatdagi keng polosali mobil aloqa tarmog‘i sifatida tasdiqlagan. Uchinchi avlod (3G) tarmog‘i 3,6 Mbit /s.gacha ma’lumotlar uzatish tezligini ta’minlaydi. LTE o‘tkazish polosasiga bog‘liq holda baza stantsiyasidan foydalanuvchigacha bo‘lgan yo‘nalishda ma’lumotlar uzatishning nazariy eng yuqori tezligini 326,4 Mbit/s.gacha, qayta yo‘nalishda esa 172,8 Mbit/s. gacha ta’minlaydi. Ikkinchi avlod, /2G/ tarmog‘i esa ma’lumotlar uzatishning nazariy jihatdan yuqori tezligini GPRS texnologiyasi yordamida 56-114 Kbit/s.gacha, EDGE yordamida esa 473,6 Kbit /s.gacha ta’minlashga qodir.