Paketlar jismoniy va yuridik shaxslar uchun abonent holati “faol” bo’lganda amal qiladi (M2M Basic abonentlari bundan mustasno).
Paketlarning amal qilish muddati - sotib olingan kundan boshlab 90 kun.
Internet-paketlar TAS-IX zonasiga kiritilgan resurslarda ma’lumotlar almashish (uzatish/olish) uchun amal qiladi.
Bir vaqtda bittadan ortiq Internet-paketlar faollantirilishi mumkin.
TAS-IX paketlarni o'chirish imkoni mavjud emas.
Joriy paketni yangilash boshqa TAS-IX paketini sotib olish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Navbatdagi bir turdagi paket faollashtirilganda TAS-IX uchun Internet-paket megabaytlari jamlanadi. Jamlangan megabaytlar amal qilish muddati oxirgi paket sotib olingan kundan boshlab 90 kun.
Navbatdagi bir turda bo‘lmagan paketlar (turli nominalli paketlar) faollashtirilishida – paketlarning amal qilish muddati har bir paketga alohida belgilanadi. Sarflangan trafik tartibi – faollashish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Internet-paket amal qilish muddati yakunlanishi bilan navbatdagi bir turdagi Internet-paketi faollashtirilmasa, megabaytlar qoldig‘i saqlanib qolmaydi.
Kiritilgan trafik yoki Internet-paket amal qilish muddati yakunlanganida trafik amaldagi paketga muvofiq narxlanadi.
Raqam yoki tarif rejalar almashtirilganida xizmatni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
Paketga balansda paket uchun yechib olishga yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganida ulanish mumkin.
Xizmat O‘zbekiston Respublikasi hududida, UZMOBILE GSM standarti tarmog‘Ida (2G/3G/4G) amal qiladi.
Internet-trafikni sarf qilish tartibi:
1) kundalik Internet-paketlar;
2) bonus Internet-paketlar (agar mavjud bo‘lsa);
3) TAS-IX uchun Internet-paketlar;
4) tarif rejaga kiritilgan bepul resurslar (tarif rejasida kiritilgan Internet limiti);
5) boshqa Internet-paketlar faollashtirish tartibida.
Xizmat Shartlari O‘zbekiston Respublikasi hududida UZMOBILE GSM tarmog‘ida amal qiladi.
Xizmatni boshqarish: paketlarni faollashtirish Shaxsiy kabinet, «O'zMobayl» ofislarida, Call-markaz orqali, shuningdek, USSD-menyu *121#: *121# ->Tilni tanlash/ Vybor yazika -> 3. TAS-IX -> yordamida vositasida amalga oshiriladi.
Holatni tekshirish 9999 raqamiga 1002 matnli SMSyuborish, *100*2# yoki *107#.