USMLE step 2 CK - 232 | Shukhrat
medcloud
Salom!
Men Abduxaliqov Shuhrat. Men USMLEni Medcloudning 1-chi gruppasida boshlaganman. 1-chi gruppada 8-12 tacha bollar bor edi. Farhod akaning “Bu gruppa ichidan hamma ham imtihon topshirmaydi, men bilaman ko`pchilik tashlab ketadi. Sanoqli odam oxiriga yetib boradi” degan gaplari haligacha eslayman. Men o`shanda o`ylagandim, bu gaplar menga qaratilgan bo`lsa kerak deb. (Bunday o`ylashimga sabab: Mendagi til bilish darajam, o`zimga bo`lgan ishonchsizlik). Bugungi natijam o`shanda men noto`g`ri o`ylaganligimni isbotladi deb o`ylayman. Men o`zimdan faxrlanaman.

Step 1: 2023 yil 31 yanvar step 1 –pass.
Step 2: 2023 14-fevraldan boshlaganman.
Duration
Step 2CK imtihoni uchun boshqalarga o`xshab 6 oy yoki 8 oy emas, naq 2 yil ketdi. To`g`ri orada chalg`ishlar bo`ldi, kasal bo`ldim, o`qish va boshqa muanmolar. Lekin men shu ikki yil ruhan bugungi kunni o`ylab o`tkazdim.
Used materials: Uworld, Anki, Amboss, Divine, CMS, NBME, ChatGTP
Dars rejasi
Men agar yana step 2 ga tayyorlanishni boshlaganimda nima qilardim?
0. Uwolrd, ChatGTP(Poe yoki DeepSeek(hozir chiqibdi) yillik sotib olardim.
1. Doimiylik(men chalg`ishlar ko`p bo`lgan)
2. Reja: chatGTP bilan reja tuzgan(Oylik,Haftalik) xolda ishlash.
3. 3-4 km kuniga yurish(qanchalik qila olardim bilmadim, lekin oxirgi oylarda qilganman va foydasini sezganman.
4. Telefondan uzoqlashish yo`llarini izlardim. Oddiy telefonga o`tardim. Foydasini sezganman.
5. Uworld. 20-30 case.(10-20 ta qilardim)
Chatgtp 4.0 latest(Poe) bilan tushunmagan joylarimni tez va samarali tushunardim(vaqtingizni ancha tejaydi). Menda ingliz tili yaxshi bo`lmagan, chatgtp menga tez va oson tushuntirardi. Oxirgi 3-4 oy ishlatganman va foydasini ko`rganman. CMS, NBME lardagi javoblarni ham tez tushunishda yordam beradi. Biostatistikada ham ko`p foydasi tekgan.
Anki-iloji boricha qilardim. Janki, Cheeze Dorian. Qaysi biri sizga maqul bo`lsa shuni qilsangiz bo`ladi.
Divine – 1 chi marta Uworldni tugatgandan keyin eshitishni boshlardim. Men boshida tushunmasdim. Oxirgi oylarda(2 oy) tushuna boshladim. Balkim ingliz tilim yaxshilangan.
CMS: Barchasi qilishni maslahat beraman.
Amboss HY: MUST DO IT. Umimiy 700 tacha case bor. Ularni ko`rib chiqish kerak(quality improvement, Risk factors, vaccine, 200 Hy concepts, ). Hammasini qilish kerak.
6. Imtihondan 1 kun oldin: tushlikgacha takrorladim(iloji bo`lsa dam oling). Tushlikdan keyin 3-7 km yurishga harakat qiling, charchab kelib uhlashda muanmo bo`lmaslik uchun.
Natijalarim
- Uworld: 2.5 marta tugatdim.
- Amboss HY: 500 tasini ishlaganman.
- CMS: 67-75% o`rtacha
- Self assessmentlarim:
- UWSA -1: 207 scored(07.04.2024)
- Amboss SA: 221 (27.04.2024)
- NBME 9: 220 (20.07.2024)
- NBME 11: 232 (05.10.2024)
- NBME 10: 236 (11.10.2024)
- NBME 12: 214 (15.10.2024)
- NBME 13: 224 (19.10.2024)
- UWSA 3: 224 (16.11.2024)
- UWSA 2: 212 (22.12.2024) depressiyaga tushdim. Jahongir, Muso, Ma'ruf larga rahmat, psixologik yordam berishdi.
- NBME 14: 226 (30.12.2024)
- NBME 15: 78% (05.01.2025) 12 kun vaqt olib imtihonni belgiladim.
- Free120: 70% (12.01.2025)
- Amboss predictor: 231.
- Real score : 232
Imtihon kuni
Nimalar oldim?
- Mevalar(ertalab turib, vilka bilan yeshga qulay qilib kesib oldim va idishga solib oldim. Yeshga qulay edi va vaqtim tejaldi)
- go`sht – 300 gr
- 2 protein botonchik
- suv: qaynatib, ilitib termozga solib oling. Men qishda topshirganim uchun plastic idishdagi suvim juda sovuq edi. Termosdagi suvim juda foydali bo`ldi.
- non
Imtihon vaqti: har bir blockdan keyin dam oldin
Imtihondan keyin: o`tganligimga ishondim. oxirgi blokdan keyin yana 1-2 blokga ishlay oladigan energiyam bor edi. NBME 14, free120 larga ko`proq o`xshadi.
Xarajatlar
Step1
ECFMG registration - 160$
Uworld - 450$
Uworld(2 chi marta olingan) - 450$
Imtihon + promertic - 1250$
Transport+ bilet - 400$
Hotel - 300$
Borganda(Dubai) ketadigan harajatlar (tejaganman) - 100$
Overall - 3110$
Step 2 CK
Uworld - 500$
Imtihon + promertic - 1225$
Transport+ bilet - 360$+200$ (cho`zdirganman)
Hotel - 80$
Borganda(Istanbul) ketadigan harajatlar - 100$
Overall - 2465
Kunlik harajatlarga ketadigan pullarni hisoblash kerak. Har bir odam uchun individual.
Kunlik Step 2 uchun 60 mln so`m ~ 4700$
Misol uchun step 2 ck imtihonim uchun 24 oy tayyorgarlik ketgan bo`lsa. Har bir oy uchun ~ 2,5 mln (tejab ishlatganman) ketadi desak. 60 mln bo`larkan.
Step 1 tayyorgarlik davridagi kunlik harajatlarni aniq hisobini aytolmayman. Hammada har xil.
Minnatdorchilik
Bu yo`lda meni qo`llab quvvatlagan otam-onamga, yaqinlarimga, turmish o`rtog`imga, kutubxonadagi bollarga, medcloud jamosiga va alohida Farhad aka rahmat!

Meni harakatlantirib turgan kuchlar:
1. Men 1 kishiga vada berganman.
2. Yaxshi, bilimli, yaratuvchan mutahasis bo`lish(step 1 ni shu maqsadda boshlaganman)
3. Pul. (xozirgi vaziyatimda yuqoridagi ikkitasini o`ylashga vaqtim ham yo`q).
“Bu gruppa ichidan hamma ham imtihon topshirmaydi, men bilaman ko`pchilik tashlab ketadi. Sanoqli odam oxirigacha yetib boradi” Farhod aka
Также отчёты студентов, которые недавно сдали экзамен:
Экзамен был к удивлению лёгким, казалось будто решаю Step 1 и даже начал думать не ошиблись ли они.
"идя по этому сложному и долгому пути, не бойтесь просить помощи, когда она вам действительно нужна."
Не деритесь с банком за этот кейс, смиритесь.
Наш сайт: https://www.medcloud.uz
Telegram: https://t.me/medcloud
Telegram bot: @medcloudsbot
Instagram: / medcloud_uz