Tarmoqga kirish
Otabek NurmatovO'tgan mavzu orqali biz Internet tarmoqlar tarmog'i ekanligini guvohi bo'ldik. Har bir tarmoq end systems deb nomlanadigan, bir-biri bilan aloqa linki orqali bog'langan qurilmalardan iborat. Keling bugun shular haqida chuqurroq gaplashsak.
End Systems
End System bu Internetga ulangan qurilma, misol uchun:
- Kompyuter
- Server
- Telefon
- IoT qurilmalar
Shuningdek end system bu televizordan tortib internetga ulangan kir mashinasigacha har qanday qurilma bo'lishi mumkin. Bu qurilmalarni ba'zan tarmoq tilida edge systems deb ataladi. Chunki ular texnik jixatdan Internetni chekkasida joylashgan va ma'lumotlarni bir qurilmadan boshqa qurilmalarga yetkazuvchi vazifasini bajarmaydi. Agar siz mijoz bo'lsangiz siz ham edge systemsiz chunki siz faqat pitsa buyurtma qilasiz, yetkazmaysiz.
The Network Edge
Ushbu so'zni o'zbek tiliga tarjima qilsak "Tarmoq burchagi" yoki "Tarmoq chekkasi" degan tarjimani beradi. Network edge shunchaki biz har kuni foydalanadigan qurilmalar desak bo'ladi, misol uchun: telefonlar, planshetlar, noutbuklar va h.k.z.
Biroq, xabarlarni yetkazuvchi qurilmalar (masalan, routerlar) Internetning bir qismi emasligini unutmang! (Router va Wi-Fi router ikkisi boshqa-boshqa narsalar)

Yuqoridagi rasmga e'tibor qiling. O'rtada juda ko'p ulanishlar yuzaga kelishi mumkin va ikki chetdagi end systemlar har qanday oraliq tarmoqlar orqali ulanishlari mumkin huddi ISP kabi. Hozir bizga o'rtadagi tarmoqlar muhim emasligi uchun uni cloud ya'ni bulut ko'rinishida berib o'tdik.
Internet Service Provider
Internet Servis Provayder bu siz u biz ishlatadigan Ucell, Uzmobile yokida kabel internetlardan UzTelecom, FreeLink va shu kabi kompaniyalar bo'lishi mumkin. Uning vazifasi sizni internetga ulanishingizni ta'minlash xisoblanadi.
Keling uni biz do'stingizni uyiga boradigan yo'lakga o'xshatsak.

Do'stingizni uyi esa siz kirmoqchi bo'lgan veb-sayt va unga bo'lgan yo'lak esa internet bog'lanishi. Siz uni uyiga borishingiz uchun yo'lni bilishingiz kerak bo'lganidek, biror veb-sahifaga kirish uchun ham internet bog'lanishi kerak bo'ladi.
Access Internet
Qachonki siz brauzeringizga veb-sahifa (URL) manzilni kiritganingizda, brauzeringiz ISPga shu veb-sahifaga kirish uchun so'rov jo'natadi. So'rov sizning kompyuteringizdan modemga boradi. Modem esa ISP va sizning kompyuteringiz o'rtasidagi bog'lovchi ro'lini o'ynaydi.

So'rov ISPga yetib borganda ISP uni olib o'qiydi va butun serverlarga xabar jo'natadi "bizning YYY degan ukaxon ZZZ degan veb-saytni manzilini so'rayabdi". Qaysi veb-serverda siz qidirgan o'sha "ZZZ" veb-sayti yashasa u server "mana bizni manzil" deb IP-Manzilini ISPga qaytarib jo'natadi. ISP esa uni olib sizning kompyuteringizga IP-Address ko'rinishda taqdim qiladi.
Va brauzeringiz o'sha veb-sahifaga kirishga muvaffaq bo'ladi. Eng qizig'i esa bu jarayon nechadir milisekundlarda sodir bo'ladi.
Siz jo'natgan google.com aslida bu DNS xisoblanadi ya'ni Domain Name System (keyinroq to'xtalamiz). Biz biror saytga kirish uchun DNSdan emas balkim IP-Addressdan foydalanamiz, xuddi siz biror qarindoshingizni uyiga borishda uni manzilidan foydalanganiz kabi.
IP-Addresslarni yodlab qolish insonlarga muammo chunki ular faqat raqamlardan iborat. Shuning uchun ham bu muammoni yechish uchun DNS o'ylab topilgan.
Qolgan ma'lumotlarni keyingi bo'limlarda yanada chuqurroq o'rganib ketamiz. Bugun uchun shularni o'zi yetadi.