OSI Modeli

OSI Modeli

Otabek Nurmatov

Tasavvur qiling Lego yordamida siz katta va murakkab arxitekturadagi qasr qurayabsiz. Qayerdan va qanday boshlashik biroz og'ir bo'lishi mumkin. Murakkab narsani bittada qurish o'rniga avval qasrni fundament qismini qurib keyin uni sekinlik bilan to'ldirib borishingiz sizni ishingizni ancha yengil qiladi.

Har safar har xil qavatlarni sekinlik bilan boyitib oxiri murakkab siz xohlagan qasrni qurishga muvaffaq bo'lasiz. Ya'ni bu orqali qurish jarayonida qasrga kirishni qanday odamlarga yengillashtirish, undagi kamchiliklarni yashirish va shunga o'xshagan qulaylashtirish imkoniyatlari sizda paydo bo'ladi. Abstraction bu yerda juda muhim.

Xuddi shunday qilib katta tizimlar va dasturlarni yaratishda ham huddi shu yondashuv sizga ko'p qo'l kelishi mumkin. Bu orqali katta loihlarni kichik bo'laklar yoki o'sha aytilganidek qavat(layer)larga bo'lib qurish sizni ishingizni ancha yenigillashtiradi.

Boshlashdan Oldin

Networkingdagi muhim bir konseptsiyalardan biri bo'lgan OSI modelini o'rganishdan oldin keling bir narsaga e'tiborimizni qaratsak.

Xabaringizni pochta orqali jo'natsangiz qanday qilib u siz jo'natgan odamga yetib borishini bilasizmi? Agar bilmasangiz quyidagi rasmga qarang, bilsangiz ham qarang men uchun siz bilmasvoysiz (xazil):

Pochta tizimini qavatlarga bo'lganda taxminan shunday ishlaydi.

Shuni aytishim kerakki Computer Networking (Kompyuter tarmoqlari)da ham xuddi shunday jarayonlar mavjud.

Qatlamlar bir-biriga xizmat qiladi

Tasavvur qiling, siz boshliq insonsiz va qo'lingizda 5ta ishchi bor. Har bir ishchini qo'lida esa 10tadan ishchi bor. Bu yerda boshliq nima kerakligini aytadi. Pastdagi insonlar esa buni bajarishdai. Boshliqga bu ishni qanday bajarilgani muhim emas unga muhim narsa bu mahsulot yoki u aytgan o'sha kerakli narsa. Bu ham abstraction ya'ni boshliq ishchilari qanday va qayerda nimani qilishi haqida umumman o'ylamaydi.

Xuddi shu tarzda, kompyuter tizimida har bir qatlam, yuqori qatlam qanday ishlashini aniq bilmasdan turib, uning ustidagi qatlamga xizmat ko'rsatadi. Bu qatlamlarning bir-biri bilan osongina aloqa qilishiga va butun tizimni muammosiz ishlashi uchun birgalikda ishlashga yordam beradi. Bu tushuncha "Vertical Fashion" deb ataladi.

Tarmoqdagi Vertical Fashion

Kompyuterlar bir-biri bilan aloqa qilish uchun ham xuddi pochta tizimi foydalanadigan yondashuvga o'xshab gaplashadi:

Application layer (Dasturiy qatlam) - Bu qavatni sizu biz har kuni bilib bilmay ishlatamiz. Aynan shu yerdan bizni so'rovlarimiz, xabarlarimiz, rasmlarimiz va h.k.z.lar biz yubormoqchi bo'lgan manzilga yo'l oladi. Start shu qavatda xullas.

Parralel Connection

Yuqoridagi pochta tizimida biz yana bir narsani ko'rsatib o'tganmiz ya'ni Parallellikni. E'tibor bersangiz xar bir qatlam o'zini paralleliga ega. Misol uchun "Jo'natuvchi"ni paraleli "Qabul qiluvchi". Jo'natuvchi xabar yozadi qabul qiluvchi o'qiydi, bir pochtalion xabarni pochta qutisidan olsa, narigisi pochta qutisiga soladi, bir pochta ofisi xabarni pochtaliondan olsa, narigisi uni pochtalionga topshirad va h.k.z.lar sodir bo'ladi ammo biz faqat jo'natish va qabul qilish qavatdagi ishlarni guvohi bo'lamimz xolos.

Xuddi shu ish application layerda ham sodir bo'ladi. Siz va do'stingizni telefonini olsak, ikkingizda ham telegram mavjud. Biringiz u orqali biringizga xabar yozasiz ikkinchingiz esa uni o'qiydi. Bu yerda ilovalar bir-biri bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilayotganga o'xshaydi ammo ular quyidagi joylashgan qatlamni bilishmaydi.

Ko'rib turibsizki barcha ko'plab ishlar yuqori qatlamda sodir bo'layabdi. Ular nafaqat xabarlarni balkim istalgan turdagi xabarlarni jo'natishi mumkin, pochtalar hozir xatto buyumlarni ham yetkazishayabdiku.

Encapsulation & Decapsulation

Har bir qatlam yuqoridan kelayotgan xabarga pastga uzatish jarayonida unga o'z sarlavhasini qo'shadi va pastdan yuqoriga chiqayotgan sarlavhalar o'chiriladi. Har bir sarlavhadagi ma'lumotlar esa xabarni yuqoridagi qatlamga yuborish uchun foydali. Sarlavha qo'shish "Encapsulation" deyilsa uni olib tashlash "Decapsulation" deyiladi. Bu jarayonni tasavvur qilishingiz uchun quyidagi rasmga qarang:

Encapsulation & Decapsulation

Biz qatlamlarga ism bermaganimiz sababi hozircha ular sizga noma'lum. Ular ma'lumo kelasi bo'limlarda ularni o'rganishingiz bilan siz bu rasmni yanada yaxshiroq tushinib yetasiz.

Modelllar

Kompyuter tarmoqlari turlicha tashkil topgan. Ulardan eng keng tarqalgan ikki turlari bu Open Systems Interconnection (Ochiq tizimlarning o'zaro aloqasi) va Transmission Control Protocol/Internet Protocol (Uzatishni boshqarish protokoli/Internet protokoli) qisqasiga OSI va TCP/IP.

OSI Model

Standartlashtirish tashkiloti (ISO) 1970 yilda OSI modelini yaratdi. O'sha paytda internet hali yangi va uning protokollari hali to'liq ishlab chiqilmagan edi. OSI modeli turli xil kompyuter tizimlarining bir-biri bilan aloqa qilishining standart usulini taqdim etadi.

OSI modelini 7 ta abstract layer(qatlam)lari quyidagilardan iborat:

Qavatlarning nomlari o'ng tomonda aks ettirilgan.
OSI modeli aslida 8 layerdan iboratligini bilarmidingiz? Agar bilmasangiz hech vaihma qilmang shunchaki bu xazilomus ma'lumot. "8 Layer" asosan "End User Layer" degani ya'ni foydalanuvchi qavati. Ko'plab xazillarda shu narsaga urg'u berilganini sabablaridan biri bu odatda ko'p xatolarni tizimlar emas balkim foydalanuvchilar yuzaga keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham buni ba'zan "Layer issues" deb ham atashadi.

Mana bu rasmda ko'rishingiz mumkinki bu 8 qavat nima vazifalarni bajaradi:

Ma'lumot layerlar orqali sayohat qilish ketmaketligi

TCP/IP qavatlari

TCP/IP 5 qavatli (Stack) tizimdan iborat. Har bir qavat biror vazifani bajarib o'zidan yuqoridagi va pastdagi vazifa bajaruvchilar bilan gaplashadi.

TCP/IP qavatlari

Sizlar bilan bugun uchun yetarlicha ma'lumotlar ololdik deb umid qilaman. Qolgan ma'lumotlarni keyingi bo'limlarda yanada chuqurroq o'rganib ketamiz. Bugun uchun shularni o'zi yetadi.

⬅️ Ortga qaytish | Keyingi bo'limga o'tish ➡️


Report Page