Tarixdagi eng "yaxshi" bashoratlar!

Tarixdagi eng "yaxshi" bashoratlar!

Salohiddin

TARIXDAGI "ENG YAXSHI" BASHORATLAR

Oldingi maqolalarim:

1. Root haqida.
2. Qanday qilib Hacker boʻlamiz!
3. Dark WEB haqida
Cheksiz olam


Jamoatchilik ayrim buyuk ixtirolar haqida nima deganligiga eʼtibor qarating.


— Samolyotlar – qiziq oʼyinchoq, lekin ular hech qanday harbiy ahamiyatga ega emaslar. (Ferdinand Fosh, professor, Ecole Superiyeure de Guyerre, 1882 y.)


— Kashf qilish mumkin boʼlgan narsalarning hammasi kashf qilib boʼlingan. (Charlz Dyuyel, Amerika patentlar byurosining maxsus vakili, 1899 y.)


— Lui Pasterning mikroblar haqidagi nazariyasi – kulgili fantaziyadir. (Per Pashe, Tuluza universiteti psixologiya professori, 1872 y.)


— Qorin, koʼkrak va miya hamisha dono va aqlli xirurg uchun yopiq boʼladi. (Ser Djon Erik Erikson, qirolicha Viktoriyaning bosh xirurgi, 1873 y.)


— 640 Kb operativ xotira har qanday odamga ham yetib ortib qoladi. (Bill Geyts, 1981 y.)


— 100 million dollar – Microsoft uchun haddan tashqari katta baho. (IBM, 1982 y.)


— Kelajakda kompyuterlar bir yarim tonnadan koʼp ogʼirlikda boʼlmaydi. (Popular Mechanics, 1949 y.)


— Menimcha, dunyo bozorida biz beshta kompyuter uchun xaridor topa olamiz. (Tomas Vatson, IBM kompaniyasi direktori, 1943 y.)


— Men mamlakatni boʼyiga ham eniga ham kezib chiqdim, aqlli odamlar bilan muloqotda boʼldim va sizga shuni aniq aytishim mumkinki, maʻlumotlarni qayta ishlash shunchaki injiqlikdir va bu moda bir yilga qolmay oʼtib ketadi. (Prenticye Hall nashriyoti muharriri, 1957 y.)


— Hech kimda uyida kompyuterga ega bolish ehtiyoji paydo boʼlishi mumkin emas. (Ken Olson, Digital Equipment Corp. Korporasiyasining prezidenti va asoschisi, 1977 y.)


— Ushbu narsada qanday foydali jihat boʼlishi mumkin? (Advancyed Computing Systems Division of IBM da mikrochip yaratish haqidagi muhokamada berilgan savol, 1968 y.)


— Telefon deb atalgan uskuna unga aloqa vositasi sifatida qarash uchun juda ko‘p kamchiliklarga ega. Shuning uchun ushbu ixtironing hech qanday qiymati yoʼq deb hisoblayman. (1876 yilda Wyestern Union da boʼlgan muhokamadan)


— Ushbu simsiz musiqali quti hech qanday tijorat qimmatiga ega emas. Kim birorta aniq odamga yoʼnaltirilmagan noma uchun haq toʼlaydi? (David Sarnoff assosiasiyasining hamkorlari radio loyihasiga investisiya qilishni soʼrashganda bergan javob, 1920 y.)


— Konsepsiya qiziqarli va yaxshi rasmiylashtirilgan. Lekin goya ishlay boshlashi uchun unda maʻno bolishi kerak. (Yale Universiteti professorlari Fred Smitning uyga eltish xizmatini tashkil qilish haqidagi taklifiga javobi; Fred Smit Federal Express Corp. yetkazish xizmatining asosichi boladi)


— Aktyorlarning gapirishlari qaysi ahmoqni qiziqtiradi? (Warner Brothers asoschisining kinemotografda ovozni qoʼllashga reaksiyasi, 1927 y.)


— Bizga uning ovozi yoqmaydi va umuman, gitara – bu kechagi kun. (Beatles guruhining 1962 yilda yozuvini rad qilgan Decca Recording Co.ning javobi)


— Havodan ogʼir boʼlgan uchuvchi mashinalar boʼlishi mumkin emas! (Lord Kelvin, Qirollik Jamiyati prezidenti, 1895 y.)


Bugungi ixtirolar 100 yil oldin tasavvur va ertakdan boshqa narsa emas edi.

Yana 100 yildan keyni odamzodni qanday fantastik kelajak kutib turibdi ekan?

Kanalimiz Secretius

Report Page