Root haqida batafsil...

Root haqida batafsil...

Salohiddin
Root

Assalomu alaykum doʻstlar! Yaxshilab oʻrnashib oʻtirib oling birozgina gʻala gʻovur, covid povid degan gaplaridan chetlashib quloqqa quloqchinda sokin musiqa qoʻyib maqolani oʻqib chiqing, qani ketdik🏃🤸🏃🤸🏃🤸🚶

Android operasion tizimidagi smartfon yoki planshet sotib olgan har qanday odam, birinchi navbatda uning uchun turli dasturlar va o‘yinlar qidira boshlaydi. Ilovalarni ko‘rib chiqayotib, ko‘pincha root huquqini talab etuvchi mana bunday yozuvlarga duch kelamiz: «Trebuyutsya root prava», «Nujen root», «Dlya raboi programmi neobxodimo poluchit root» va hokazo. Xo‘sh, root huquqi nima o‘zi? U qanday olinadi va afzalliklari nimalardan iborat?


Avvalo e’tibor bering: Android OS ochiq operasion tizim sanaladi hamda ayrim fayllar va funksiyalarga foydalanuvchilar tegishiga ruxsat bermaydi. Mana shu ruxsatni qo‘lga kiritish root huquqi deyiladi va u ko‘pgina turli funksiyalardan foydalanish imkonini beradi…Root androiddagi superadministratordir! Bu android operatsion sistemasi linux operatsion sistemasi yadrosi asosida ishlab chiqilganligi sabablidir! Yani, android va linux operatsion sistemalarida root, windows operatsion sistemasida administrator deb yuritiladi. Root orqali siz android operatsion sistemasining eng maxfiy joylarida yashirilgan sozlamalarni ham o'zgartirishingiz mumkin! Maʼlum dasturlar shu prinsp asosida ishlaydi! Telefonga root prava yozdirish - telefonni yuragini toʻxtatib harakat qilish desa ham bo'ladi. Lekin siz qo'rqmang. Bu shunchaki, telefonni, maxfiy joylarini ham ochib tashlash degani.

Rooted

Zarari:

1.Android OT dasturchilari yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan qurilmangizga hech qanday servis xizmatlarini ko'rsatmaydi — ya'ni agar siz super foydalanuvchi huquqini olsangiz unda siz ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat muddatini, ular tomonidan ko'rsatiladigan servis xizmatlarini va bir necha muddat oralig'ida ishlab chiqariluvchi tomonidan bulutli OT yangilanishlarini (OTA) unitishingizga to'g'ri keladi;

2.Android OT xavfsizligi kamayadi — bunda siz o'z xavfsizligingiz uchun o'zingiz javobgar bo'lasiz, sababi siz tizim xavfsizligi bo'lgan super foydalanuvchi bo'lish huquqini buzib egallagan bo'lasiz va sizning har bir qilgan ishingiz o'z xavfsizligingizga ta'sir qilishi mumkin. Chunki, siz bilib bilmasdan root huquqini talab qiluvchi dasturlarni o'rnatgan vaqtingizda bu dasturlar orasida turli tarkibiy virus dasturlar bo'lishi yoki Android OT uchun xavfli bo'lgan dasturlarni o'rnatib qo'yishingiz oqibatida o'zingizni xavf ostiga qo'yishingiz mumkin;

3.Bir xato va telefoningizni boshqa telefonga almashtirishga to'g'ri kelishi mumkin — ko'pchilik root huquqi haqida bilimlar ega bo'lmagan foydalanuvchi bilib bilmasdan biron tizim fayliga o'zgartirish kiritish vaqtida undan noto'g'ri foydalanish oqibatida o'z mobil qurilmalarini buzib qo'yishlari va xatto butunlay ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunda qat'iyan maslahat beriladi, yetarli tajribaga ega bo'lmagan foydalanuvchi bu huquqdan foydalanmaslik va agar foydalanishga qaror qilgan bo'lsa, turli web sayt yoki forumlarda ko'rsatilgan yo'riqnomalardan foydalanish maslahat beriladi (masalan, XDA-Developers yoki 4PDA).


Super foydalanuvchi huquqining kamchiliklarini to'liq tushinib olganimizdan so'ng endi uning foydali tomonlarini ko'rib chiqsak ham bo'ladi. Bular:



1.Tizim fayllariga o'zgartirishlar kitish mumkinligi — bunda siz Android OT ni o'zingizga qulay ko'rinishga keltirish mumkinligi, OT ish jarayonini tezlashtirishingiz (bu mobil qurilmani qizishiga ham olib kelishi mumkin), turli keraksiz elementlarni olib tashlash yoki boshqasini qo'shishingiz, OT yadrosini tezlashtirishingiz kabi o'zgarishlarni kiritishingiz mumkin bo'ladi. Bu bilan siz chegarasiz tizim fayllaridan foydalanishingiz imkonyati vujudga keladi.

2.Turli root huquqini talab qiluvchi dasturlani o'rnatishingiz mumkin bo'ladi. Masalan, xotiradagi o'chib ketgan ma'lumotlarni tiklash, turli o'yinlarni buzish (ko'p hollarda online bo'lmagan o'yinlar), hakkerlik dasturlaridan to'liq foydalana olish imkoniyati yuzaga keladi.

3.Turli reklamalardan qutilishning eng oson yo'li — sizni turli reklamalar bezovta qilayotgan bo'lsa, root huquqi orqali buni cheklashingiz mumkin bo'ladi. Sezgan bo'lsangiz root huquqisiz deyarlik reklamlarni to'liq cheklovchi dasturlar mavjud emas. Buning boisi Google bu reklamalar orqali ham o'z manfaatini boyitib boradi.

4.Turli Android OT larni o'rnatish (прошивка) — bu orqali sizning ishlab chiqaruvchi sizga kerakli yangilanishni bermayotgan bo'lsa va siz o'zingizga kerakli yangilanishlarga boy Android OT ni o'rnatib olishingiz mumkin bo'ladi. (Masalan sizning qurilmangiz Android 6.0 va qurilmangiz Android 7.1 yangilanishni qo'llay oladi lekin ishlab chiqaruvchi buni sizga bermayabdi, siz o'zingiz bu yangilanishni yuklab olib o'rnatishingiz mumkin bo'ladi).

Tizim fayllarini o‘zgartirish;

Standart ilovalarni (kalendar, xarita va turli servislarni) o‘chirish,

Mavzular va yorliqlarni o‘zgartirish va o‘chirish,

Qurilma yoqilishi jarayonida displeyga chiqib turadigan rasm o‘rnatish,

Bajariluvchi Linux fayllarini qo‘shish,

Qurilmaning ishini optimallashtirish, prosyessorni tezlashtirish,

Ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratish va hokazo...

Qanday qilib root qilamiz?!

Menga berilgan eng koʻp savollardan biri!

Hoʻsh root qilish uchun Bizga TWRP ( TWRP dasturi kompyuter orqali oʻrnatiladi) va versiyamizga tushadigan root dasturi kerak boʻladi(gap 5 versiyadan katta smartfonlar haqida ketyapti)

Uni esa mahsus ketma ketlik orqali Odin dasturi bilan oʻrnatish mumkin.

Keyin smartfonini oʻchirib ovoz koʻpaytirish, oʻchirish, va oʻrta tugmalarni bir vaqtda bosib turib bootloaderga kiramiz!?

Savol bootloader nima?

Bootloader bizga Android operatsion tizimiga chuqurroq kirish imkonini beradi, koʻpincha parol esdan chiqqanda hard reset (tizimni qayta yuklash) uchun kerak boʻladi.

Mavzuga qaytamiz

Bootloaderga kirgandan soʻng maʼlum ketma-ketlikda Zipdagi rootni chiqarib olamiz!

Bu amallarni batafsil tushuntirib berish uchun menda sharoit yoʻq afsuski, tushunasiz degan umiddaman!

Versiyasi 4dan baland va 5gacha bilan smartfonlar uchun kompyutersiz root qilish mumkin!🎉🎊

Framaroot, Universal AndRoot Vidionary+ va boshqalar

Xulosa

Xulosa

Demak biz kelishib olamiz?!

4dan baland va 5gacha versiyaga robot oʻrnatish darsligini iloji boricha qilishga harakat qilamiz, shunday versiyasi smartfon topib albatta)))

5dan yuqori versiyaga hech qanday gap soʻzsiz ustaga olib boring Root oʻrnatib beradi, kelishsangiz Malikada 15-25ming soʻm atrofida.

Oʻzingiz oʻrnatishingiz mumkin, qachonki oʻrnatishganini diqqat bilan tomosha qilsangiz va albatta bunga sharoit boʻlsa


P.s Maqolada bilgmaganlar uchun koʻk yozuvda silka yashirilgan va bu silka soʻzdagin narsaga olib boradi. ⚠️ Ehtiyot boʻling bu sizda trafik sarfiga olib kelishi mumkin.

Maqola boʻyicha savol berishdan oldin uni yana bir qayta oʻqib chiqing, yana savol tugʻilsa yana qayta oʻqing. Chunki deyarli barcha maʼlumot keltirib oʻtildi!

Report Page